Служба поддержки
×

Kartani verifikatsiya qilish

Savdo hisob-varag‘ini bank kartasi orqali to‘ldirishda bank kartasining yuz va orqa tomonlarini Mijozlar kabinetida verifikatsiya bo‘limida >> Kartani verifikatsiya qilish yuklab uni verifikatsiyadan o‘tkazish zarur.
 
Bank kartasi verifikatsiya qilish uchun yuklashga talablar:
 
1. Kartaning ikkala tomonining rangli va aniq nusxalarini yuklab olish.
 
2. Kartaning yuz tomoni nusxasida quyidagi axborot ko‘rinishi kerak:
 
- karta egasing ismi;
 
- kartaning amal qilish muddati;
 
- kartaning birinchi 6 va oxirgi 4 ta raqamlari.
 
3. Orqa tomonida karta egasining imzosi ko‘rinishi kerak.
 
4. CVV kodi albatta YOPIQ bo‘lishi kerak.
 
5. Agar Siz ismsiz kartani verifikatsiya qilayotgan bo‘lsangiz, Siz hujjatni qo‘shimcha tarzda yuklashingiz kerak bo‘ladi, bunda yuqorida sanab o‘tilgan ma’lumotlar ko‘rinishi (egasining imzosidan tashqari) kerak. Bu bankdan olingan ko‘chirma yoki onlayn-bankdan skrinshot bo‘lishi mumkin. Onlayn-bankdan skrinshotni yuklashda URL sahifasining bo‘lishi majburiydir.
 
6. Agar karta ekasining nomi va raqami kartaning turli tomonlarida bo‘lsa, u holda bank ko‘chirmasi yoki onlay-bank skrinshotini qo‘shimcha tarzda yuklash zarur, bunda karta ekasining nomi, kartaning oxirgi 4 ta raqami va URL sahifasi (skrinshot uchun) ko‘rinishi kerak.
 
E’tibor bering: uchinchi shaxslarning kartalarini verifikatsiya qilishga hech bir sharoitda ruxsat etilmaydi.

Поделитесь мнением

Была ли информация полезной?

Комментарии:

не обязательно для заполнения

Благодарим за уделенное время и отзыв.
Ваше мнение очень важно для нас.

smile""