Asosiy cheklashlar shundan iboratki, mablag‘larni yechib olish mablag‘ bilan to‘ldirishda foydalanilgan to‘lov tizimi yordamida va aynan o‘sha hisob-varag‘iga yoki hamyoniga amalga oshirilishi kerak. Shuni ham hisobga olish kerakki, hisob-varag‘ini bir necha valyuta bilan va bir qancha to‘lov tizimlari yordamida to‘ldirishda mablag‘larni aynan shu to‘lov tizimlari yordamida to‘ldirishga mos keluvchi nisbatda chiqarish lozim.
1-misol: Hisob-varag‘iga bank o‘tkazmasi orqali 500 AQSh dollari va NETELLER hamyonidan 300 AQSh dollari to‘ldirildi. Foiz hisobida u quyidagicha ko‘rinadi: bank o‘tkazmasi bilan 500 AQSh dollari - 62,5%, NETELLER hamyonidan 300 AQSh dollari - 37,5%. Savdo natijasida treyder depozitni ikki barobar ko‘paytirdi va hisob-varag‘idagi erkin mablag‘lar 1600 AQSh dollarini tashkil etdi. Agar mazkur foizli nisbatni ikki barobar ko‘paytilgan depozit bilan taqqoslasak, u holda ulardan dollarli hisob-varag‘iga bank o‘tkazmasi bilan 1000 AQSh dollarini, NETELLER ga 600 AQSh dollarini chiqarishi mumkin.
Hisob-varag‘ida baracha erkin mablag‘lar yo‘qotilgan holda, masalan stop-out yuzaga kelgandan va hisob-varag‘idagi balans nolga teng bo‘lgandan so‘ng turli hamyonlardan va to‘lov tizimlardan mablag‘ to‘ldirish nisbatlari hisobga olinmay qo‘yiladi. Ya’ni, agar avval hisob-varag‘i ikkita turli usullar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa va mablag‘larni chiqarish uchun nisbatni hisobga olish zarur bo‘lgan bo‘lsa, u holda nolga keltirilgan hisob-varag‘ini har qanday usulda to‘ldirish uchun bunday zaruriyat bo‘lmaydi.
2-misol: faraz qilaylik, 1-misoldagi hisob-varag‘ini to‘ldirgandan so‘ng treyder depozitni ikki barobar ko‘paytirmay, o‘zining barcha mablag‘larini yo‘qotgan bo‘lsin. Shundan so‘ng hisob-varag‘ini NETELLER hamyonidan 500 AQSh dollariga yana to‘ldirgan bo‘lsin. Shundan keyin u o‘zi ishlab topgan barcha mablag‘larni NETELLER hamyoniga o‘tkazishi mumkin.
InstaForeks mijoz tomonidan savdo hisob-varag‘idan pul mablag‘lari yechib olishni hech ham cheklamaydi. Istagan paytda Siz o‘zingizning hisob-varag‘ingizdagi barcha erkin mablag‘larni yechib olishingiz mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, mablag‘ni yechib olish tomonidan faqat ish vaqti (08:00 dan 17:00 GMT00 gacha, shanba va yakshanba - dam olish kunlari)da ishlov beriladi, biroq hisob-varag‘idan mablag‘larni bevosita yechib olish Mablag‘larni yechish bo‘limida yechishga buyurtma to‘ldirilgandan so‘ng darhol amalga oshiriladi.