Bitim hajmini hisoblash uchun quyidagi shartlardan kelib chiqamiz:
- hisob-varag‘ining summasi 1000 RUB;
- EUR/USD juftligi;
- 1/100 yelka.
RUB ni USD ga o‘tkazamiz.
Buning uchun hisob-varag‘i summasi = 1000 RUB ni joriy kursga bo‘lamiz USD/RUB = 23.6550 =>1000/23.6550 = 42.27 USD
USD da hosil bo‘lgan miqdorni yelkaga ko‘paytiramiz => 42.27*100 = 4227 USD
EUR ni USD ga o‘tkazamiz.
EUR/USD juftligi bo‘yicha 1 lot (10000 EUR) hajmi bitimni amalga oshirish uchun 10000 EUR ga ekvivalent bo‘lgan USD miqdorini bilish zarur. Buning uchun 10000 EUR ni EUR/USD joriy kursga ko‘paytiramiz => 10000*1.5475 = 15475 USD
Bitim hajmi.
Bitim hajmini aniqlash uchun hisob-varag‘i hajmini bitim hajmiga bo‘lish kerak =>
V bitim = 4227 USD/15475 USD = 0.27 lot
1/500 yelkada 1,35 lotni olamiz