Служба поддержки
×

Ikki faktorli avtorizatsiya

Ikki faktorli avtorizatsiya — bu biror servisdagi foydalanuvchini ikki turlicha xildagi autentifikatsiya ma’lumotlarini so‘rov yordamida identifikatsiyalash usulidir, bu akkauntni ruxsatsiz kirishdan ikki qatlamli, demak yanada samarali himoyani ta’minlaydi.
 
Uni faollashtirishdan so‘ng shaxsiy kabinetda avtorizatsiyalashda paroldan tashqari tizim Google Authenticator ilovadan o‘zgartiriladigan pin-kodni so‘raydi. Ilova Internetga kirish zaruriyatisiz ishlaydi va har 30 sekundda olti xonali pin-kodlarni generatsiya qiladi.
 
Ikki faktorli avtorizatsiyani faollashtirish uchun qadam baqadam amallarni tavsiflash.
 
1. Ikki faktorli avtorizatsiyani o‘rnatish uchun Mijoz kabinetida tegishli punktni tanlab olish zarur (hisob-varag‘ini sozlash ichqo‘ymasi >> Ikki faktorli autentifikatsiya).
 
 
 
2. Keyin foydalanilayotgan qurilmaga Google Authenticator (yoki mos keluvchi analogni) yuklang, uning yordamida QR-kodni skanlang (yoki qizil rang bilan ajratilgan kodni kiriting) va keyin qurilmadagi ilovaning o‘zidan olti xonali kodni kiritib aktivatsiyani tasdiqlang.
 
3. Bu qadamdan so‘ng ikki faktorli avtorizatsiyani faollashtirish yakunalanadi va mjioz kabinetiga har kirishda paroldan tashqari Google Authenticator ilovasidan olti xonali kod so‘raladi.
 
 
 
4. Ikki faktorli avtorizatsiyani o‘chirish uchun shuningdek Google Authenticator dan pin-kodni kiritish kerak. Agar qurilma yo‘qotilgan yoki singan holda (pin-kodni so‘raganda «Google Authenticator ga kirish mumkin emasmi?» havolasi orqali) maxfiy pin-kod yordamida deaktivatsiya qilish imkoniyat mavjud, u mijozga xizmatni aktivatsiya qilishda jo‘natiladi.
 

Поделитесь мнением

Была ли информация полезной?

Комментарии:

не обязательно для заполнения

Благодарим за уделенное время и отзыв.
Ваше мнение очень важно для нас.

smile""