Служба поддержки
×

Foreks valyuta bozori nima?

Foreks bozori - bu xalqaro valyuta bozoridir. Bu nom unga valyuta almashinuvi operatsiyalarining qisqartirilgan inglizcha nomidan berildi: FOReign EXchange. Foreks bozori moliyaviy munosabatlarning boshqa institutlari ichida yosh bozor bo‘lishiga qaramay va XX asrning 70 yillari boshlaridan mavjud bo‘lib, u hajmi bo‘yicha sig‘imdor va ancha tez rivojlanayotgan  bozor hisoblanadi. Forex bozoridahar kuni taxminan 4 trillion AQSh dollari miqdorida bitimlar amalga oshiriladi, bu esa masalan, AQShdagi birgalikda olingan barcha fond bozorlari hajmlari yig‘indisidan 30 marta katta.
 
Foreks bozorida, boshqa bozorlardagi kabi faoliyatning asosini u yoki bu tovarlar bilan savdo qilish tashkil etadi. Foreks holida tovarlarning bunday yig‘indisi tarzida turli mamlakatlarning milliy valyutalari ishtirok etadi.
 
Valyuta kurslarining u yoki bu harakatining asosiy tamoyili butun dunyo bo‘ylab davlat muassasalari, shuningdek tijorat tuzilmalarining chet elda olingan foydani milliy valyutaga konvertatsiya qilishga bo‘lgan ehtiyojlari hisoblanadi. Biroq, Foreks valyuta bozorining umumiy aylanma hajmining taxminan 5% ularning ulushiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 95% ini valyutalar kursi harakatidan foydal olishga intiluvchi valyuta treyderlarining oldi-sotdi kapitali ta’minlaydi.
 
Foreks bozorining farq qiluvchi jihati uning o‘zgarmas barqarorligi hisoblanadi. Istagan moliya bozorida bosh xatar uning tanazzul bo‘lishi, birja indeksining tushib ketishi hisoblanadi. Biroq boshqa bozorlardan (fond va tovar) farqli ravishda Foreks asosiy va yagona tovar - valyutaning o‘ziga xos hususiyati tufayli bundan himoyalangan. Agar aksiyalar qadrsizlansa - bu tanazzuldir. Agar dollar kursi tushib ketsa, bu boshqa valyuta kuchliroq bo‘lganini anglatadi, demak bozorda harakat faollashganini bildiradi, bu esa savodli savdo tufayli treyderlarning qo‘shimcha daromad olishiga olib keladi. Bozorning va u bilan bog‘liq biznesning noyob barqarorligi aynan ana shundadir: valyuta barcha mavjud savdo vositalari ichida eng likvid va ishonchli hisoblanadi.
 
Spekulyantlar uchun eng qiziqish uyg‘otuvchi eng keng tarqalgan (eng likvid), ya’ni "asosiy" valyutalar hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, barcha bitimlarning 85% idan ortig‘i asosiy valyutalar bilan bitimlar tashkil etadi, bunday valyutalarga AQSh dollari (USD), Yapon ienasi (JPY), Yevro (EUR), Britaniya funti (GBP), Shveytsariya franki (CHF), Kanada (CAD) va Avstraliya dollari (AUD).
 
Forex dan hamma vaqt va hamma joyda foydalanish mumkin. Internet tufayli Siz dunyoning istagan nuqtasidan yer sharining boshqa bir uchidagi mijoz bilan bitimlar tuzishingiz mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, valyuta bozori Sizga ishlab pul topish uchun doim imkoniyat beradi, chunki u yoki bu miqdordagi valyuta kurslarining o‘zgarishi kuniga bir necha marta yuz beradi. Shunday qilib, valyuta kurslari Sizning intellektual salohiyatingiz va eng yangi kompyuter texnologiyalari bilan birgalikdagi harakatdagi faollik hozir yuqori daromadli biznes yaratish imkonini beradi.
 
Foreks bozorining yana bir ijobiy jihati - bu bozorga kirishning osonligidir. Kirish bo‘sag‘asi bir dollarga teng, Foreksda ishlash asoslarini o‘rgatishga, kompyuter sotib olishga va depozitni shakllantirishga sarflangan pullarga hech bir haqiqiy biznesni ishga tushirib bo‘lmadi. Qolgan barchasi Foreksga kirmoqchi bo‘lgan bo‘lgan kishining o‘ziga bog‘liq.
 
Siz Forex bozori to‘g‘risida juda ko‘p foydali ma’lumot bo‘lgan biznesning o‘rgatuvchi saytimizga tashrif buyurishingiz mumkin. Shuningdek, Siz demo-hisob-varag‘ini ochilgan savdo terminalini yuklab olishingiz mumkin. Unda savdo qilish sharoitlari haqiqiy savdo hisob-varag‘idan hech ham farq qilmaydi, bundan demo-hisob-varag‘ida o‘z pullaringizni xatarga qo‘ymaysiz.
 

Поделитесь мнением

Была ли информация полезной?

Комментарии:

не обязательно для заполнения

Благодарим за уделенное время и отзыв.
Ваше мнение очень важно для нас.

smile""