Служба поддержки
×

Verifikatsiyalashga yuklanadigan ID-kartaga qanday talablar qo‘yiladi?

Hisob-varag‘ini verifikatsiyalashga yuklanadigan ID-kartaga quyidagi talablar qo‘yiladi.
 
1. Nusxa rangli va aniq bo‘lishi kerak.
 
2. Suratdagi tasvir to‘liq bo‘lishi kerak (jumladan burchak yoki laminatsiya chetlari). Qabul qilmaslikning asosiy sababi qora fotosurat va ID-kartadagi ma’lumotlarning o‘qib bo‘lmasligi. *
 
3. Identifikatsiya kartasi ikkita tomondan skan qilingan bo‘lishi kerak.
 
4. Tasvirda aniq tozalangan joylash, tuzatishlar, ustiga chiziq tortilgan so‘zlar yoki boshqa kelishilmagan tuzatishlar, grafik montaj izlari bo‘lmasligi kerak.
 
5. Hujjatdagi fotosuratning sifati yaxshi bo‘lishi kerak.
 
6. Ism (ismlar) va tug‘ilgan sana hisob-varag‘idagi ma’lumotlarga to‘la mos bo‘lishi kerak.
 
7. Hujjat talab qilingan paytda amalda bo‘lishi kerak (identifikatsiya kartasining amal qilish muddati verifikatsiyaga buyurtma berilgan kundan kamida 6 oydan keyin tugashi kerak), shuningdek barcha zarur muhr va imzolar bo‘lishi kerak.
 
8. Verifikatsiyaning ikkala darajasi uchun aynan bitta hujjat yuklanmasligi kerak. **
 
9. Yukladanadigan fayllarning yo‘l qo‘yilgan formatlari: .png, .jpeg, .jpg, .gif va .pdf. Fayl o‘lchami 8 MB dan ortiq bo‘lmasligi, aniqligi kamida 400 piksel bo‘lishi kerak.
 
10. Akkauntda, hisob-varag‘i va profilda ismni ko‘rsatishda yuqori registrdan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Ismning faqat birinchi harflari katta bo‘lib qolishi kerak.
 
11. ID-kartaning taqdim etilgan nusxasini qo‘shimcha himoya qilish uchun Siz ularning ustiga "verifikatsiya uchun" yoki "InstaForeks uchun" degan yarim shaffof yozuv qoldirishingiz mumkin. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, bu yozuv hujjatning bo‘sh joyiga yozilishi va shaxsiy ma’lumotlarni yopib qo‘ymasligi kerak. ***
 
* Fotosuratni butun bo‘y bilan yoki belgacha qilishning zaruriyati yo‘q. A’lo darajadagi fotosurat olish uchun ID-kartani yuzingiz sathida yoki undan biroz pastroqda tuting. Bunda Sizning barmoqlaringiz identifikatsiya kartasi ma’lumotlarini, hujjat esa Sizning yuzingizning bir qismini yopib qo‘ymasligi kerak. Siz turgan joy yaxshi yoritilganiga ishonch hosil qiling. Yoritilganlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, fotosurat shuncha aniq chiqadi. Shuningdek, ID-kartadagi axborot chapdan o‘ngga qarab o‘qilishi kerak, ya’ni "ko‘zgudan" qaytishga yo‘q qo‘yilmaydi.
 
** Verifikatsiya qilishning ikkala darajasi uchun aynan bitta hujjat qabul qilinishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi talab, agar mijoz ID-kartaning aynan bir tomonini taqdim etgan hoga ham taalluqlidir (verifikatsiyaning birinchi va ikkinchi darajasi uchun). Mazkur talab ID-kartaning yuz va orqa qismi to‘g‘risida gap borganda unga taalluqli bo‘lmaydi. Ya’ni agar birinchi daraja uchun kartaning yuz va orqa tomoni taqdim etilgan bo‘lsa, u holda ikkinchi daraja uchun kartaning orqa tomonini takroran yuklab qo‘yish mumkin. Bu bitta hujjat bo‘lsa ham mazkur betlar darajani oshirish uchun yetarli bo‘ladi.
 
*** Ommaviy oferta shartnomasiga muvofiq Mijozning shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek Mijoz taqdim etadigan ID-kartaning ma’lumotlari maxfiy hisoblanadi va oshkor etilmaydi.
 
 

Поделитесь мнением

Была ли информация полезной?

Комментарии:

не обязательно для заполнения

Благодарим за уделенное время и отзыв.
Ваше мнение очень важно для нас.

smile""