Служба поддержки
×

Verifikatsiya qilish uchun yuklanadigan hujjatlarga qanday talablar qo‘yiladi?

Hisob-varag‘ini verifikatsiya qilish uchun yuklanadigan barcha hujjatlarga quyidagi talablar qo‘yiladi.
 
1. Nusxa rangli va aniq bo‘lishi kerak.
 
2. Tasvirda zarur yoyilmalar to‘liq bo‘lishi kerak (jumladan burchaklari laminatsiya chetlari):
- identifikatsiya kartasi ikki tomonlama skan qilingan bo‘lishi kerak;
- agar qoidalarga ko‘ra pasport ma’lum yoshgacha o‘zgartirilmasa, unga fotosurat yelimlanadi yoki amal qilish muddati qo‘shimcha yozilgan bo‘lsa, u holda bu varaqning nusxasi ham yuklanishi kerak;
- agar pasportdagi ism ikki tilda ko‘rsatilgan bo‘lib, ammo ma’lumotlar hujjatning turli betlarida joylashgan bo‘lsa, u holda skanda ikkala yoyilma bo‘lishi kerak.
 
3. Tasvirda aniq tozalangan joylar, qo‘shimcha yozuvlar, o‘chirilgan so‘zlar yoki boshqa tuzatishlar, grafik montaj izlari bo‘lmasligi kerak.
 
4. Hujjatda fotosurat sifati yaxshi bo‘lishi kerak.
 
5. Hisob-varag‘idagi ism (ismlar) va hujjatdagi ism bir xil bo‘lishi kerak.
 
6. Savdo hisob-varag‘ining verifikatsiyasining bir darajasi uchun manzilni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish kerak. Hisob-varag‘idagi va hujjatdagi manzillar to‘liq bir xil bo‘lishi kerak.
 
7. Talab qilinadigan paytda hujjat haqiqiy bo‘lishi kerak (shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalarning amal qilish muddati verifikatsiyaga berilgan kundan boshlab kamida 6 oydan kam muddatda tugallanmasligi kerak), shuningdek barcha kerakli muhrlar va imzolar bo‘lishi kerak.
 
8. Verifikatsiya qilishning ikkala darajasi uchun aynan bitta hujjat yuklanmasligi kerak.*
 
9. Agar hisob-varag‘i yuridik shaxs nomiga ochilgan bo‘lsa, u holda verifikatsiyani tasdiqlash uchun yuridik shaxsning ro‘yxatga olinishini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklash kerak.**
 
10. Yuklanadigan fayllarning yo‘l qo‘yilgan formatlari: .png, .jpeg, .jpg, .gif va .pdf. Fayl o‘lchami 8 MB dan oshmasligi, aniqligi 400 piskeldan kam bo‘lmasligi kerak.
 
11. Bank elektron ko‘chirmalari va kommunal xizmatlar uchun elektron hisob-varaqlar verifikatsiya qilish uchun qabul qilinmaydi. Bank ko‘chirmalari faqat hujjatda bankning vakolatli xodimlarining muhr va imzolari bo‘lgandagina qabul qilinishi mumkin, ularni hisob-varag‘ini to‘lovi to‘g‘risidagi cheki bilan birga yuklash kerak. Agar kvitantsiyada shtrix kodi yoki QR kod bo‘lsa, u holda to‘lov to‘g‘risidagi chekni yuklash talab etilmaydi.
 
12. Ismni yuqori registrda ko‘rsatish ruxsat etilmaydi. Ismning faqat birinchi harflarigina bosh harflarda bo‘lishi kerak.
 
* Verifikatsiya qilishning ikkala darajasi uchun aynan bitta hujjatni qabul qilinmasligi to‘g‘risidagi talab, agar mijoz pasportning aynan bitta sahifasini (verifikatsiya qilishning birinchi va ikkinchi darajasi uchun) taqdim etgan holda amal qiladi. Mazkur talab gap pasportning birinchi sahifasi va propiskali sahifasi to‘g‘risida borgan holda amal qilmaydi. Ya’ni, agar propiskali sahifasi taqdim etilgan bo‘lsa, u holda ikkinchi daraja uchun pasportning propiskali sahifasini yuklash mumkin. Va bu bitta hujjat bo‘lsa ham pasportning bu sahifalari darajani oshirish uchun yetarli.
 
** Agar hisob-varag‘i yuridik shaxsga ochilgan bo‘lsa, u holda verifikatsiya qilishning birinchi darajasi uchun yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklash zarur. Ikkinchi daraja uchun hisob-raqami qayd etilgan jismoniy shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish zarur.
 
Birinchi daraja uchun hujjatlar:
a) muassislik hujjatlar (ustav, muassislik shartnomasi yoki uning analoglari);
b) yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma, inkorporatsiya seritifikati va h.k.);
v) rahbarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (qaror, rahbarni saylash to‘g‘risida bayonnoma, lavozimdagi shahslar to‘g‘risida sertifikat va h.k.).
 
Ikkinchi daraja uchun hujjatlar:
a) hisob-varag‘idan foydalanib savdo qilish vakolatiga ega shaxs (yoki agar rahbar savdo qilsa, rahbar) pasportining skan-nusxasi;
b) savdo hisob-varag‘idan foydalanib operatsiyalarni bajarishga ishonchnoma (agar tashkilot rahbari savdo qilmasa).
 

Поделитесь мнением

Была ли информация полезной?

Комментарии:

не обязательно для заполнения

Благодарим за уделенное время и отзыв.
Ваше мнение очень важно для нас.

smile""