Сайт харитаси
العربية Български 中文 Čeština English Français Deutsch हिन्दी Bahasa Indonesia Italiano Bahasa Malay اردو Polski Português Română Русский Srpski Slovenský Español ไทย Nederlands Українська Vietnamese বাংলা Ўзбекча O'zbekcha Қазақша

InstaForeks mijozining kabineti

  • Kabinetning shaxsiy sozlanmalari
  • Kompaniyaning barcha servislariga kirish
  • Batafsil statistika va bitimlar bo'yicha hisobot
  • Moliyaviy operatsiyalarning to'liq to'plami
  • Bir qancha hisob-varaqlarini boshqarish tizimi
  • Ma'lumotlarni himoya qilishning maksimal darajasi

InstaForeks hamkorining kabineti

  • Mijolar va komissiyalar to'g'risida batafsil ma'lumot
  • Hisob-varaqlari va kliklarning grafik statistikasi
  • Vebmaster uchun kerakli vositalar
  • Tayyor veb-echimlar va bannerlarning keng tanlovi
  • Ma'lumotlarning yuqori xavfsizligi
  • Kompaniya yangiliklari, RSS-tasmalar va Foreks-informerlar
Savdo hisob-varag'ini ochish
Hamkorlik dasturi
cabinet icon

InstaForeksdan yana bir Lamborghini!Rulda aynan Sen bo'lishingi mumkin!

Savdo hisob-varag'ini 1000 dollardan boshlab summaga oddiy to'ldir!

Eng yaxshi savdo sharoitlari va hashamatli bonus takliflarini ol! Biz 6 ta afsonaviy sportkarlarni topshirishga ulgurdik! Va bu chegaradan ancha uzoq! Navbatdagi oxirgi avloddagi Lamborghini Huracan seniki bo'lishi mumkin!

InstaForeks – o'z g'alabangga investitsiya kirit!

Hisob-varag'ini tez ochish

O'rgatuvchi xatni olish
toolbar icon

Savdo platformasi

Mobil qurilmalar uchun

Brauzerda savdo qilish uchun

"InstaForeks Snayper" tanlovining qoidalari

I. Umumiy qoidalar

  • 1. Tanlov nomi – "Foreks-Snayper" (bundan buyon – Tanlov).

    2. Tanlov InstaForeks kompaniyalar guruhi (bundan buyon - Tashkilotchi) tomonidan tashkil etilgan.

    3. Tanlov haftalik hisoblanadi va dushanba kuni soat 00:00 dan juma kuni soat 23:59 gacha o'tkaziladi.

    4. Har bir haftalik tanlovning sovrin jamg'armasi 1500 USDni tashkil etadi, bu mablag' g'oliblar o'rtasida quyidagicha taqsimlanadi:

    • - 1-sovrin – 500 USD;
      - 2-sovrin – 400 USD;
      - 3-sovrin – 300 USD;
      - 4-sovrin – 200 USD;
      - 5-sovrin – 100 USD.

    5. Navbatdagi haftalik tanlovda ro'yxatga olish butun avvalgi hafta mobaynida o'tadi va tanlov boshlanishidan 1 (bir) soat ilgari tugaydi.

    6. Tanlov natijalari soat 12:00 da shanba kuni qayd etiladi. Yozgi va qishki qaytga o'tish AQSh standartlariga muvofiq mos holda mart oyining ikkinchi yakshanba kuni va noyabr oyining birinchi yakshanba kuni amalga oshiriladi.

II. Ishtirokchilar

  • 1. InstaForeks kompaniyasidagi hisob-varag'i egasi har haftada Tanlovda ishtirok etishi mumkin (bundan buyon - Ishtirokchi).

    2. Tanovda ishtirok etishga 18 yoshga to'lgan kishilar rusxat etiladi.

    3. Tanlovning har bir ishtirokchisi InstaForeks kompaniyasining saytida ro'yxatdan o'tishi kerak.

    4. Har bir haftalik tanlovda ishtirok etish uchun Ishtirokchi alohida DEMO-hisob-varag'i ochadi.

    5. Ishtirokchi ro'yxatdan o'tishda haqiqiy ma'lumotlarni, shaxsni tasdiqlovchi hujjatga mos to'liq ismni, amaldagi elektron aloqa manzilni taqdim etishi zarurligiga rozi bo'ladi.

    6. Savdo bitta IPdan ikkita va/yoki undan ortiq hisob-varaqlarida savdo olib borilayotgani aniqlangan holda ma'muriyat bu hisob-varaqlari egasi (egalari)ni tanlovdan chiqarib tashlash huquqiga ega, shu munosabat bilan biz GPRS- va 3G-modemlaridan foydalanishni qat'iy tavsiya etmaymiz.

    7. Tashkilotchi sababini izohlamasdan Ishtirokchini ro'yxatga olishni rad etishi va tanlov jarayonida Ishtirokchini tanlovdan chiqarib yuborish, yoki Tanlov o'tkazilishi tugaganda chiqarib yuborish sababini izohlash huquqini saqlab qoladi. Tanlovdan chiqarib yuborish uchun sabab aynan bir xil juftliklar bo'yicha taxminan o'xshash vaqtlarda yirik hajmdagi qarama-qarshi bitimlarni turli hisob-varaqlarida ochish, shuningdek kafolatli foyda olish uchun kotirovkalar oqimida to'xtalib qolishlardan foydalanish bo'lishi mumkin.

    8. Ishtirokchi Tanlovda ro'yxatdan o'tishda Tanlovga tegishli barcha cheklashlar va qoidalarni tan oladi.

    9. Tanlovda yaqin qarindoshlarning hisob-varaqlarining ishtirok etishi taqiqlangan. Agar Ishtirok etuvchining hisob-varag'ining ro'yxatdan o'tish ma'lumotlaridan birortasi boshqa Ishtirokchining ro'yxatdan o'tish ma'lumotlari bilan bir xil bo'lib qolgan hollarda Kompaniya bunday mos kelishni ishtirokchilarni o'yindan chiqarish uchun asos deb hisoblashga haqli.

III. Savdo shartlari

  • 1. Tanlovda ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng Ishtirokchi DEMO-hisob-varag'ini oladi.

    2. Boshlang'ich depozit 10 000 USD ni tashkil etadi va o'zgartirilishi mumkin emas.

    3. Yelka 1:500.

    4. Bozordan tashqari baholar bo'yicha ochiladigan barcha savdo orderlari bekor qilinishi lozim. Shuningdek Tanlov ma'muriyati agar hisob-varag'ida bozordan tashqari narxlarda savdo qilinganligi aniqlansa, hisob-varag'ini o'yindan chiqarib tashlash huquqiga ega.

    5. Ishtirokchi savdo maslahatchilaridan va har qanday savdo strategiyalaridan cheklovlarsiz foydalanishi mumkin.

    6. Savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun faqat asosiy valyuta juftliklari va kross-kurslar juftliklaridan foydalanish mumkin.

    7. Bitimning eng kichik miqdori 0.01 lot, eng katta miqdori - 1 lotni tashkil etadi.

    8. Ishtirokchi o'z savdo hisob-varag'ini texnik qo'llab-quvvatlashga murojaat qilish vositasida Swap-Freega o'zgartirishi mumkin.

    9. Bir vaqtda ochilgan bitimlarning maksimal miqdori, kechiktirilgan orderlarni ham hisobga olganda 5 tani tashkil etadi.

    10. Stop Out darajasi 10% ga teng.

    11. Tanlov hisob-varaqlari uchun qolgan barcha savdo qilish shartlari InstaForeks kompaniyasidagi haqiqiy hisob-varaqlari uchun savdo shartlari bilan bir xil.

IV. Natijalarni e'lon qilish

  • 1. Ishtirokchilarning hisob-varaqlaridagi mablag'lar darajasidan tanlov borishining butun davomida Tashkilotchining saytida erkin foydalanish mumkin.

    2. Tashkilotchi tanlov tugagandan so'ng Ishtirokchilarning hisob-varaqlari tarixini e'lon qilish huquqini saqlab qoladi.

    3. Ishtirokchilarning tanlovdagi hisob-varaqlarini ro'yxatga olish amalga oshiriladigan mamlakatlar va hududlar statistikasi e'lon qilishini mumkin.

    4. Tanlov natijalari u tugagandan so'ng va barcha zurur tekshirishlar o'tkazilgandan so'ng 14 kun mobaynida e'lon qilinadi.

V. G'oliblarni aniqlash

  • 1. Joriy tanlov tugagandan so'ng Ishtirokchilarning barcha bitimlari joriy narxlar bo'yicha avtomatik tarzda yopiladi.

    2. Eng ko'p depozitlar egalari g'olib deb e'lon qilinadi.

    3. Agar tanlov yakuniga ko'ra ikki Ishtirokchining depozitlari o'lchovi bir xil bo'lib qolgan holda bu ikki ishtirokchi o'rtasida o'rinlarni taqsimlash to'g'risidagi qarorni Tashkilotchi qabul qiladi.

    4. Tanlov g'oliblari ularning F.I.Sh. e'lon qilinishiga rozi bo'lishadi.

    5. Aynan bitta Ishtirokchi bir oy mobaynida sovrinni ikki marta olish huquqiga ega emas. Agar Ishtirokchi bir oy mobaynida bir martadan ko'proq marta sovrinli o'rinni egallasa, ishtirokchi sovrindorlar qatoridan olib tashalanda va sovrinlar chizig'i uning o'rnidan boshlab pastga qarab suriladi.

    6. Sovrinni olish uchun g'oliblardan har biri quyidagi shartlarni bajarishi kerak: umumiy daromadning kamida 5%i GBPUSD va GBPJPY juftliklarining har biri bo'yicha savdo qilish natijasidan olinishi kerak.

    7. Tashkilotchi Ishtirokchining sovrin mablag'lari bilan biror hiyla qilishga urinishining to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita isboti asosida Tanlov o'tkazilishi yoki tugashi jarayonida Ishtirokchini ro'yxatdan o'tkazishni rad etishi yoki Ishtirokchini o'yindan chiqarib yuborish huquqiga ega.

    8. Agar mijozning bitta yoki bir nechta hisob-varaqlarida sovrin mablag'larining to'planishi amalga oshirilayotgan holda kompaniya sovrinni o'tkazmaslik huquqini saqlab qoladi.

VI. Sovrinni olish

  • 1. G'oliblar tanlov natijalari e'lon qilingandan so'ng 30 taqvim kuni mobaynida hisob-varaqlarini ochish va verifikatsiya qilishlari kerak.

    2. Sovrin mablag'lari mijoz ochadigan verifikatsiya qilingan haqiqiy savdo hisob-varag'iga o'tkaziladi.

    3. Tanlov ma'muriyati yoki g'olibning o'zi ochadigan haqiqiy hisob-varag'idagi har qanday faoliyat u tomonidan amalga oshiriladi va InstaForeks kompaniyalar guruhining kelishuvlari va qoidalariga muvofiq tartibga solinadi deb tan olinishini g'olib e'tirof etadi.

    4. Barcha sovrinlar yechib olinmaydigan hisoblanadi, biroq ulardan ulardan foyda yechilishi mumkin.

    5. Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan tanlovning mablag'larini o'zlashtirishga qaratilgan biror hiyla ishlatishga urinishlarni to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita isboti asosida avval berilgan sovrinni haqiqiy emas deb tan olish va bekor qilish huquqini saqlab qoladi.

    6. Hisob-varag'idan mablag'larni olib tashlash mablag'larni chiqarishga buyurtmani rasmiylashtirishda avtomatik amalga oshiriladi. Savdo hisob-varag'i balansini va erkin mablag'larni (free margin) chiqarishga buyurtmaga mos kelishini tekshirish buyurtmaga bilvosita ishlov berishda moliya bo'limi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Agar mos kelmay qolgan holda e'lon qilingan mablag'lar hisob-varag'iga qaytariladi.

VII. Tanlov shartlari tili

  • 1. Shartlarning asosiy tili ingliz tili hisoblanadi.

    2. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Kompaniya Tanlov shartlarini boshqa tillarga tarjima qilib taqdim etishi mumkin. Mazkur tarjima mutlaqo axborot hususiyatiga ega bo'ladi.

    3. Tanlovning mazkur shartlarining ingliz tilidagi versiyasi va ularning tarjimalari orasida har qanday farq topilgan holda uning ingliz tilidagi versiyasi ustuvor hisoblanadi.