Служба поддержки
×

Valyuta juftliklari bo‘yicha

Punkt narxi uch usulda hisoblanishi mumkin va bitim hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Hisob-kitob usulini tanlash valyuta juftligining turiga bog‘liq bo‘ladi.
 
 
1. Agar valyuta juftligida USD ikkinchi o‘rinda taqdim etilgan bo‘lsa (masalan EUR/USD, GBP/USD va boshqalar), u holda bitim hajmi 1 lot bo‘lganda punktning qiymati $1 ga teng bo‘ladi, bitim hajmi 0.1 lot bo‘lganda esa mos ravishda $0.1 va h.k.ga teng bo‘ladi.
 
 
2. Agar valyuta juftligida USD birinchi o‘rinda taqdim etilgan bo‘lsa (masalan USD/CHF, USD/CAD va boshqalar), u holda 1 lotga teng bitim hajmida punktning narxi 1/(mazkur valyuta juftligining joriy kursi) ga teng bo‘ladi.
 
 
USD/CHF = 1/(USD/CHF) => 1/1.0418 = 0.9598 (1 lotga teng bitimda)
 
 
Bundan faqat USD/JPY valyuta juftligi istisno bo‘lib, bunda kurs juda past bo‘lgani uchun biz 1 ni joriy kursga emas, balki 100 ni bo‘lamiz.
 
 
USD/JPY = 100/(USD/JPY) => 100/105.06 = 0.9518 (1 lotga teng bitimda)
 
 
3. Agar valyuta juftligida USD umuman taqdim etilmagan bo‘lsa (masalan EUR/AUD, CAD/CHF va boshqalar), u holda punktning narxi quyidagicha bo‘ladi.
 
 
EUR/AUD juftligi bo‘yicha punkt narxi punktning AUD/USD juftligi bo‘yicha bitim hajmiga ko‘paytirilgan narxiga teng bo‘ladi. EUR/AUD juftligida EUR ni USD ga almashtiramiz va USD/AUD juftligini hosil qilamiz, yozilishi bo‘yicha u ikkinchi punktga tushadi, binobarin u 1 ning USD/AUD joriy kursi bo‘yicha nisbatiga teng. Ammo USD/AUD juftligi mavjud emas. Mavjud bo‘lmagan USD/AUD juftligini mavjud bo‘lgan AUD/USD juftligiga aylantirish uchun 1 ni AUD/USD joriy kursiga bo‘lish kerak. Natijada quyidagilarni hosil qilamiz:
 
 
EUR/AUD = USD/AUD = 1/( USD/AUD) = 1/(1/( USD/AUD)) = AUD/USD => 0.9527 (1 lotga teng bitimda)
 
 
Shuningdek quyida keltirilgan formulalardan foydalanish mumkin:
 
 
1. XXX/USD
 
 
p.n. = 1 * (bitim hajmi)
 
 
2. USD/XXX
 
 
p.n. = 1/(USD/XXX) * (bitim hajmi)
 
 
3. AAA/BBB
 
p.n. =(AAA/USD)/ (AAA/BBB) * (bitim hajmi)

Фикр билан бўлишиш

Раҳмат! Яна ниманидир қўшасизми?

Жавоб билан қай даражада қониқдингиз?

Ўзингизнинг шарҳингизни қўшинг (бу мажбурий эмас)

Ажратилган вақт ва шарҳ учун раҳмат.
Сизнинг фикрингиз биз учун жуда муҳим.

smile""