Facebook
 
 

Hisoblash formulasi

RVIorig = 100*( EMA[W14] of U)/( EMA[W14] of S)

RVI = (RVIorig of highs + RVIorig of lows)/2, bu erda


S = Stddev (10 kun) — bu 10 kunlik davr ichidagi standart og'ish;

U = S, agar joriy narx oldingi davr narxidan yuqori bo'lsa;

U = 0, agar joriy narx oldingi davr narxidan past bo'lsa;

EMA (w14) = 14 kunga teng davr ichidagi eksponensiyal o'rtacha sirpanuvchi;

RVIorig of highs – maksimumlarning nisbiy o'zgarishi indeksi;

RVIorig of low – minimumlarning nisbiy o'zgarishi indeksi.

Savdoda qo'llanilishi

Mazkur texnik tahlil indikatorning asosiy afzalligi shundan iboratki, RSI indikatorga asoslangan bo'lib, u nisbiy kuch indeksi indikatori o'tkazib yuborgan diversifikatsiyasining barcha darajalarini hisobga oladi. Biroq RVI indikatori - bu klassik ossillyator emas, balki o'zgaruvchanlik indikatoridir, shuning uchun undan savdoda mustaqil vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiq emas. Natijasi sifatida, mazkur indikatordan foydalanishning maqbul varianti uning signallarining texnik tahlil ossillyatorlari signallari bilan, masalan RSI ossillyatorlari signallari bilan birga qo'shib olib borish hisoblanadi.

Agar RSI indikatori 70% darajadan oshsa va shu bilan o'ta harid qilinganlik zonasiga o'tsa, va RVI indikatori 70% chegarani oshib o'tsa, bu narxning o'sishi tez orada tugashi va pasayish boshlanishiga juda kuchli signal bo'ladi.

Shuningdek, agar RSI va RVI indikatorlarining ko'rsatkichlari 30% dan pastga tushganda, jumladan o'ta sotilganlik zonasiga o'tsa, tez orada narx o'sishiga tayyor bo'lish kerak. Bundan kelib chiqib, har bir indikatorni alohida qo'llagandan ko'ra ikki indikatorning birga qo'llanishi juda kuchili vositaga aylanadi.

Agar nisbiy kuch indeksi 70% dan oshsa, yoki 30% dan kam bo'lsa, RSI nisbiy o'zgaruvchanlik indeksi RSI signallarini tasdiqlamasa, u holda pozitsiyalarni ochish to'g'risidagi qarorni qabul qilishni ikkala indikator ham o'xshash manzarani ko'rsatadigan paytgicha qoldirib turish zarur.

RVI indikatorini qo'llanishning yana bir varianit divergentsiyalarni va konvergentsiyalarni narx bilan belgilash hisoblanadi. Narx o'sayotganda, nisbiy o'zgaruvchanlik indeksi esa pastga tushayotgan holat bu divergentsiya bo'lib, u narx tez vaqt oralig'ida pasaya boshlashini anglatadi.

Teskari xolat ham o'rinlidir: agar nisbiy o'zgaruvchanlik indeksi postga tushsa, bunda narx o'ssa, bu holat konvergentsiya hisoblanadi va narxning tez orada ortishini ko'rsatadi.

Agar RVI o'ta harid qilinganlik yoki o'ta sotilganlik zonasida bo'lsa, biroq hatto nisbiy o'zgaruvchanlik indeksi “neytral zona” ichida (30% va 70% orasida) harakatlansa, mazkur signallarning shakllanishi juda zarur bo'lib, divergensiya yoki konvergentsiya signallari ham namunali bo'lishi mumkin.

RVI nisbiy kuch indeksiga qaraganda parametrlarning kattaroq hajmini hisobga olganligi sababli mazkur signallar unda RSI ga qaraganda ancha yaxshiroq ishlab beriladi.

Nisbiy o'zgaruvchanlik indeksi

InstaForex RVI indikatorining parametrlari

RVIperiod = 14

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.