InstaForeks: Moliya dunyosida sening brokering, sening ishonchli yordamching

InstaForeks o'z mijozlariga eng dolzarb yangiliklarga, tadqiqotlarga va eksklyuziv tahliliy ma'lumotlarga ega axborot resurslaridan foydalanishga imkon beradi.

Biz hozir axborotlar va yangiliklarning uzluksiz oqimi asrida yashamoqdamiz, bu ma'lumotlarni butun dunyo diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ba'zi birovlarni sport olamidagi oxirgi voqealar qiziqtirsa, boshqalar dunyodagi siyosiy maydonlarda yuz berayotgan voqealarning rivojini kuzatib boradi. Biroq iqtisodiyot va moliya dunyosidagi yangiliklar ustuvor hisoblanadi.

Oddiy odam o'ziga shunday savol berishi mumkin: "Yaqinlashayotgan inqirozlar, MVFning moliyaviy yordami, Xitoyda sanoat ishlab chiqarishning o'sishi yoki pasayishi, neft narxlarining dinamikasi va mening kundalik hayotimga aloqasi bo'lmagan boshqa shunga o'xshash narsalar to'g'risida bilishimning nima keragi bor?". Haqiqatan ham, jahon iqtisodiyotidagi voqealar rivoji haqida xabardor bo'lish mumkinmi? Yaqinlashayotgan inqiroz va retsessiya davri haqida oldindan bilish foydalimi?

Ehtimol, bunga o'xshash narsalarga qiziqish baribir foydalidir. Bilasizmi, butun dunyo bo'ylab yuzlab ishbilarmon odamlar har kuni umumiy foydalaniladigan ma'lumotlar yordamida juda katta mablag'larni ishlab topishadi?

Bunday odamlar iqtisod va moliya dunyosidagi yangiliklardan samarali foydalanishadi. Ular - fond va valyuta treyderlaridir. Faoliyatining turiga ko'ra treyderlar dunyodagi iqtisodiy voqealar rivojidan xabardor bo'lishlari shart. Undan tashqari, ular moliya dunyosidagi har qanday o'zgarishlarga darhol o'z munosabatlarini bildirib, o'z vaqtida olingan ma'lumotlar asosida qaror qabul qilishlari kerak.

Brokerni to'g'ri tanlab olish foyda miqdoriga qanday bog'liq bo'ladi
Eng keng ma'noda barqaror foyda ishonchli ma'lumotni o'z vaqtida olish imkoniyatlariga bog'liq. Shuning uchun savdoni boshlashdan oldin avval ishonchli brokerni tanlab olish shunchalik muhimdir. Yaxshigina foyda olish uchun quyidagi uchta shartdan juda bo'lmaganda bittasini bajarish zarur: savdo qilishda tajribaga ega bo'lish, texnik tahlil malakalarigi ega bo'lish yoki fundamental tahlilda ekspert bo'lish kerake.

Bir paytda ham savdo qilish va juda ko'p axborot resurslari orasidan zarur ma'lumotlarni izlash nihoyatda qiyin. Fundamental tahlilchi afzal ko'radigan va o'z qarorlarini oxirgi iqtisodiy yangiliklarga asoslaydigan treyderlarga InstaForeks Foreks bozorida ishlab pul topishning ajoyib imkoniyatini taklif etadi.

InstaForeks kompaniyasi Forek bozorida savdo qilish uchun sifatli va ishonchli xizmatlarni taqdim etish sohasida jahonda etakchi hisoblanadi. Undan tashqari, kompaniya o'z mijozlarini eng dolzarb yangiliklarni, tadqiqotlarni va eksklyuziv tahliliy ma'lumotlarni o'z ichiga qamrab olgan ishonchli axborot bilan qo'llab-quvvatlab ta'minlaydi.

Siz navbatdagi savdo qarorini qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni izlashga diqqatingizni bo'lmasdan turib, savdoni olib borishingiz mumkin. Bu haqda InstaForeks g'amho'rlik qiladi. Eng dolzarb voqealarni kuzatib borishga imkon beruvchi Instaforeksdan beriladigan juda keng axborot resursi Foreks bozorida savdo qilish uchun eng maqbul yechim hisoblanadi.

InstaForeksning mijozi bo'lganingizdan so'ng Siz doimiy ravishda yangilanib turadigan, har 10 minutda chop qilinadigan eksklyuziv axborotga, tahliliy prognozlarga va sharhlarga kirish huquqini qo'lga kiritasiz. Bundan tashqari, Siz kundalik asosda Foreks-yangiliklari sharhiga bag'ishlangan ixtisoslashtirilgan yangiliklar kanali InstaForeks TV yordamida voqealar rivojini kuzatib borishingiz mumkin.

Ertami yoki kechmi Siz fundamental tahlil asosida savdo qilishdan tashqari biror yangilikni sinab ko'rishni istab qolasiz. InstaForeks turli xil xizmatlarni taqdim etadi. Masalan, Siz mablag'laringizni boshqa muvaffaqiyatli treyderlarning hisob-varaqlariga o'tkazib PAMM-Investor sifatida o'z kuchingizni sinab sinab ko'rishingiz mumkin yoki InstaForeks kompaniyasidan ForexCopy tizimida ro'yxatdan o'tishingiz mumkin, u tajribali treyderlarning bitimlaridan nusxa olishga imkon beradi. Sizning diqqat e'tiboringizga binar opsionlar bilan savdo qilish, InstaWallet (savdo hisob-varag'ining har bir egasi foydalanishi mumkin bo'lgan ko'p funksionalli elektron servis), VebTreyder (har qanday qulay brauzerda savdo faoliyatini amalga oshirishga imkon beruvchi savdo vebterminali), bepul VPS-xosting va h.k. shu kabi xizmatlar taqdim etiladi.

InstaForeks kompaniyasi 2007 yilda tashkil etilgan edi. Bugun bu kompaniya Foreks bozorida dunyodagi eng yirik xizmatlar yetkazib beruvchilarining o'ntaligi qatoriga kiradi. Butun dunyodagi 2 000 000 dan ortiq kishi InstaForeksning mijozlari hisoblanadi. Kompaniyaning 200 dan ortiq vakolatxonalari dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida faoliyat ko'rsatadi. InstaForeksning faoliyati 25 ta xalqaro mukofatlar bilan taqdirlangan, jumladan, Osiyoning eng yaxshi Foreks-brokeri, eng yaxshi ECN-broker, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida eng yaxshi broker va boshqa faxriy sovrinlar.

InstaForeksning yutuqlari World Finance Awards, European CEO Awards, UK Forex Awards va International Finance Magazine ekspertlari tomonidan e'tirof etilgan edi.

Singapore Business Review jurnali (2015 yil, sentabr)

Orqaga

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.