Keyingi 8 yil mobaynida valyuta bozori uncha katta bo'lmagan xususiy investorlar uja juda qiziqarli va jozibali moliya bozori bo'lib qolmoqda. Kimki global tarmoqqa kirish imkoniyatiga va cho'ntagida besh dollar bo'lgan har bir kishi hoziroq Foreksda treyder bo'lishi mumkin. Biroq Siz baribir vositachisiz, boshqacha aytganda broker-kompaniyasiz hech qanday ish qila olmaysiz, chunki bunday kompaniya barcha zarur kirish imkoniyatlariga va litsenziyaga ega bo'lgani holda xususiy kishilarga dunyo valyuta birjasiga chiqishni taklif etadi. Mana shu yerga kelganda, bu muhim ishni, ya'ni brokerni tanlashni yaxshiroq tushunib olish uchun biroz to'xtab turish lozim bo'ladi, chunki bu brokerga - Foreks bozoriga yo'l boshlovchiga treyderlik martabasining samaradorligi va davomiyligi, shuningdek uning muvaffaqiyatli odam tashlashi ham ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi.

Bugungi kunda Foreks bozorida hatto yuzta emas, balki minglab brokerlar va diling markazlari o'z xizmatlarini taklif etmoqda. Biroq aldanib qolmaslik kerak - bu kompaniyalarning ko'pchiligi mayda Diling markazlari bo'lib, ular yoki to'liq xizmatlar spektrini taqdim qila olmaydilar, yoki ishonchli emas, yohud firibgarlik qilish maqsadida ma'lum bir muddatga ochiladi. Shuning uchun Foreks-brokerni tanlash masalasida uning o'lchami ahamiyatga ega. Yirik, universal, butun dunyoda e'tirof etilgan, bozorda ishlashning kamida uch yillik tajribasiga ega bo'lgan brokerni tanlang. Agar mijozlari bazasi bo'yicha ma'lumot bo'lsa, u holda bu baza eng katta bo'lgna brokerni qo'rqmasdan tanlang. U yoki bu broker bilan kamida uch yil birga ishlayotgan yuz minglab, yoki hatto millionlab treyderlar - bu broker kamida jiddiy ekanining eng ishonchli kafolatidir. Mohiyatiga ko'ra, bozorda savdo qilishning eng jozibali shartlaridan birini taklif etuvchi, servis va xizmatlarning keng spektriga ega bo'lgan, shuningdek brokerga uzluksiz innovatsion rivojlanishni ta'minlovchi xodimlarning ancha katta shtati.

Xalqaro InstaForex brokeri Foreks bozorida 7 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda, shu yillar mobaynida yetakchi Foreks-kompaniyalarning o'ntaligi qatoriga kirib, jahondagi eng yirik kompaniyalardan biriga aylandi. Bozorda faoliyat yuritish mobaynida kompaniyaning hayrihoh mijozlari miqdori milliondan ortdi. 2010 yildan boshlab, kompaniya britaniyaning World Finance nashrining versiyasiga ko'ra Osiyoda 1-raqamli broker deb uch karra tan olindi. Brokerning butun dunyo bo'ylab vakolatxonalari soni 200 ta ofisdan ortdi. Har qanday kompaniya ham bozorga chiqishga va bir necha yil ichida uning yetakchilaridan biriga aylanishga qodir bo'lavermaydi. Biroq har bir muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning o'z sabablari bo'ldi.

Singapore Business Magazine, 2012 yil, Noyabr

InstaForex kompaniyasi - bu eng avvalo, yuqori sifatli servislar va xizmatlar, biznesni rivojlantirish uchun uzluksiz mablag' kiritish, professional va tajribali personaldir. Biroq bularning barchasidan tashqari, yana bitta, uncha muhim bo'lmagan sabab bo'lib, u har holda oddiy muvaffaqiyatli kompaniyani sohaning haqiqiy yetakchisiga aylantiradigan - bu innovatsiyalardir.

InstaForexga o'zining ko'p sonli mijozlariga qulay, tushunarli va xavfsiz treydingni taqdim etishga imkon bergan innovatsiyalar. Aynan shunday yondashuv muvaffaqiyatli kompaniyaning faoliyat yuritishini va qoniqqan treyderning ishlashini kafolatlaydi.

InstaForex kompaniyasi savdo vositalarining juda keng to'plamidan tashqari o'z mijozlariga shunday noyob servislar va xizmatlar to'plamini taklif etadiki, ular kamdan-kam hollarda birdaniga bitta brokerda taqdim etilishi mumkin. Birinchidan, InstaForexning har bir treyderini ish staji va investitsiyalarning hajmidan qat'inazar o'zining savdo depozitini kiritish bosqichida yoqimli yangilik kutadi - hisob-varag'ini har bir to'ldirish uchun 30% bonus beriladi. Bunday bonusni hozirgi vaqtda hech bir broker taklif qila olmaydi. Ikkinchidan, kompaniyaning har bir mijozi treydingning zamonaviy texnologiyalari: muvaffaqiyatli treyderlarning savdosiga investitsiya kiritish servisi - PAMM-tizim; bir chaqirishda tezkor treyding - One Click Trading; kompaniya mijozining universal elektron hamyoni — InstaWallet; binar opsionlar bilan savdo qilish tizimi; muvaffaqiyatli treyderlarning bitimlaridan nusxa olish tizimi — ForexCopy va shu kabi boshqa texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, kompaniyaning mijozlarining barcha savdo operatsiyalari, hisob-varaqlari va mablag'lari yirik xalqaro banklarning moliyaviy xavfsiz tizimigan o'xshash bo'lgan ko'p darajali xavfsizlik tizimi bilan himoyalangan. Treydingning juda yuqori sifatda va tezlikda bo'lishini ta'minlash uchun InstaForex kompaniyasi dunyoning turli qismlarida joylashgan 11 ta savdo serverlari va 35 tadan ortiq data-markazlarni ishga tushirgan. Shu bilan birga serverlar soni kompaniyaning mijozlari miqdoriga mutanosib ravishda doimo oshib bormoqda.

Bularning hammasi savdoning qulay bo'lishini, oddiyligini va xavfsizligini kafolatlaydi. Shunday qilib, treyder uchun muvaffaqiyatli ish olib borishga barcha shartlar yaratildi. Unga o'z mablag'larini himoya qilish, bitimlar ijrosining tezkorligi va bozorda paydo bo'layotgan yangi texnologiyalar to'g'risida qayg'urish kerak emas.

InstaForex brokerida valyuta bozorida ishni ko'ngil ochish bilan qo'shib olib borishni biladiganlar uchun ham maxsus takliflar bor. 2009 yilda kompaniya avtomobillarni yutuqqa qo'yish seriyasini boshladi. Mijozlar o'rtasida Hummer H3 avtomobili va Lotus Elise hamda Lotus Evora sportkarlari yutuqqa qo'yildi, oldinda yana uchta premium-sinfidagi avtomobillar (Lotus Evora, Porsche Cayenne va Porsche Cayman) yutuqqa qo'yilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Miss Insta Asia go'zallik internet-tanlovi juda keng mashhur bo'ldi. Hozir tanlovning uchinchi mavsumi davom etmoqda, bu tanlovda dunyoning 60 ta mamlakatidan 700 dan ortiq go'zallar ishtirok etishdi. InstaForex kompaniyasi o'tkazadigan tanlovlar va aksiyalarning umumiy sovrin jamg'armasi yarim million AQSh dollaridan ortib ketdi.

Shunday qilib, yangi g'oyalarning aynan so'nmas oqimi InstaForex kompaniyasiga Foreks bozorining yetakchilaridan biri bo'lishga va butun dunyodagi milliondan ortiq treyderlar uchun ishonchli hamkor bo'lishga imkon berib, kompaniyani ilgari tomon harakatlantiradi.

Singapore Business Magazine, 2012 yil, Noyabr

Orqaga

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.