loader

Asosiy tushunchalar: valyutalar, kotirovkalar, spred

Mazkur videorolik sizlarni Foreks bozorining asosiy tushunchalari valyuta, kotirovka va spred bilan tanishtiradi. Bu vositalar bilan siz valyuta bozorida ishlashning dastlabki bosqichlaridayoq duch kelasiz. Videoni o'rganish tufayli Foreksdagi ilk qoidalardanoq bozorning faoliyat yuritishining mohiyatini tushunib olishingiz va savdoni zarur bilimlar hajmi bilan boshlay olasiz.

"Marjinal savdo" videosi

Videorolik marjinal savdo asoslariga bag'ishlangan bo'lib, u Foreks bozorida ishlashning poydevori hisoblanadi. Mazkur videomaterialni o'rganish xususiy investor, ya'ni treyder ishtirokida savdo qanday tarzda amalga oshirilishi va treyding maksimal darajada samarali va foydali bo'lishi uchun kredit elkasining o'lchovini qanday qilib to'g'ri tanlash kerakligini tushunishga imkon beradi.

Svoplar

Videorolik valyuta treydingining muhim jihati - svoplar bilan ishlashga bag'ishlangan. Agar siz svoplar bilan qanday ishlash kerakligini oxirigacha tushunmagan bo'lsangiz yoi mazkur masalaga birinchi marta duch kelgan bo'lsangiz - video dars sizga svoplar bilan ishlashning nozik jihatlarini tushunishga imkon beradi, siz Carry Trader strategiyasini o'rganib olasiz.

Texnik tahlil

Moliya bozorlarida savdoning rivojlanishi davomida tahlil qilishning turlicha usullari yaratilib, ular bozorning o'zgarishini oldindan bilishga imkon beradi. Bu videorolik texnik tahlil uslublari nimaga asoslanganligini, qanday parametrlar va ma'lumotlar foydalanishini bilib olasiz, shuningdek siz Foreks valyuta bozorida ishlash uchun siz Foreks valyuta bozorida ishlash uchun sizga texnik tahlil to'g'ri kelish-kelmasligini aniqlashingiz mumkin.

Fyucherslar

Rolik CFD bilan fyucherslarga ishlashga bag'ishlangan. Videomaterialdan siz farqqa bitimlar qay tarzda tuzilishini, turli ko'rinishdagi fyucherslar uchun qanday belgilashlardan foydalanishini va qanday fyuchers birjalari eng mashhur ekanligini bilib olasiz.

Valyuta juftliklarining xususiyatlari

Har bir valyuta juftligi o'zining xususiyatlariga ega va bozorda muvaffaqiyatli ishlash uchun valyuta kurslarining harakatiga ta'sir ko'rsatishiga qodir bo'lgan omillarni tushunib etish muhimdir. Bu videorolik juda keng tarqalgan valyuta juftliklari to'g'risida hikoya qiladi. Videomateriallari siz qanday hodisalar valyuta kurslarining o'zgarishiga eng ko'p ta'sir ko'rsatishini, nimadan xavfsirash kerakligini, savdo ijobiy natijalarga erishish uchun nimadan foydalanish zarurligini bilib olasiz.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.