Служба поддержки
×

InstaForeks savdo serverlarining tizimi

Bugungi kunda InstaForeks kompaniyasi Forex bozorida yetakchi jahon brokerlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya mijozlari soni butun dunyo bo‘yicha 7 000 000 kishidan ortdi. InstaForeks savdo tizimi doirasidagi operatsiyalar hajmi kun sari ortib bormoqda. Shu munosabat bilan InstaForeks kompaniyasi xizmatlari savdo servislari tizimning to‘xtovsiz va sifatli ishlashini ta’minlashga katta e’tibor beradi, bu tizim esa katta miqdordagi serverlar, shu jumladan oraliq data markazilar o‘rtasida mijozlar bitimlariga buyurtmalar oqimini taqsimlashni ta’minlaydi. Ayni paytda InstaForeks savdo tizimi o‘z ichiga to‘qqizta 9 ta to‘la quvvatli savdo  serverlarini oladi. 
 
Barcha to‘qqizta savdo serverlari yuklamani butun dunyo bo‘ylab joylashgan 25 dan ortiq qo‘shimcha serverlarni o‘z ichiga oluvchi oraliq data markazlar tizimi vositasida taqsimlaydi. Oraliq data markazlardan biri ortiqcha yuklangan holatda mijozlar terminali kamroq yuklangan data markazga avtomatik ulanadi.
 
AQShda InstaForeksning savdo serveri 9 ta data markazga ega va butun dunyo bo‘yicha, xususan, Shimoliy Amerika, Rossiyadagi mijozlar uchun mo‘ljallangan. Amerikaning eng yaxshi provayderlaridan biri ta’minlaydigan kuchli texnik yechimlar va ishonchli aloqa kanallari AQShda InstaForeksning savdo serverini Shimoliy Amerika, Rossiya va Yevropa mamlakatlaridagi mijozlari orasida mashhur qiladi.
 
Singapurdagi InstaForeksning savdo serveri 10 ta data markazga ega va Yaqin Sharq hamda Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlaridagi mijozlar tomonidan foydalaniladi. Chetdagi mijozlar tomonidan serverga ulashning qisqa vaqti Osiyolik mijozlar uchun uni jozibador qiladi. Osiyodagi eng yiriik moliya markazi - Singapurdagi yetakchi provayderlarning quvvatida joylashgan 10 ta data markaz savdo serveriga yuklanishni shunday taqsimlaydiki, bunda InstaForeks mijozlari uchun maksimal darajada uzluksiz savdo vaqti ta’minlanadi.
 
Yevropadagi ikkita savdo serveri bir nechta data markazlarga ega va treyderlar qaerda bo‘lishdan qat’inazar ularning juda ko‘pchilining talaablarini tezkor ta’minlashga qodir. Yevropadagi serverlar faqat yuqori sifat va Yevropadagi treyderlar uchun orderlarni ijro etish tezligini ta’minlabgina qolmay, balki InstaForeksning boshqa savdo serverlari ishini yengillashtiradi. Yevropa va AQSh dagi savdo serverlari (InstaForeks-USA2.com) 5 xonali kotirovkalar formatidan foydalaniladi.
 
InstaForeksning har bir yangi mijozi dunyoning qaysi qismida bo‘lishidan qat’inazar o‘z afzalliklariga bog‘liq holda kompaniyaning to‘qqizta savdo serverlaridan birini tanlab olishi mumkin. InstaForeksning savdo serverlaridan har biri Internet orqali o‘z investitsiyalarini boshqarishning ishonchli vositasi hisoblanadi, dunyoning turli qismlaridan sevrelargacha yetishish vaqtidagi farq 0.2 sekunddan ortmaydi. Kompaniyaning ko‘pchilik mijozlari ikki, uch yoki to‘rtta serverda bir yo‘la bir necha hisob-varaqlari ochib, ular har birining amalda ishlash sifatini baholash imkoniga ega bo‘ladi.
 
 
Yuqorida joylashgan sxema InstaForeks kompaniyasiga savdo serverlari tizimining ishlash printsipi va o‘zaro ta’sirlashuvini aks ettiradi.
 

Поделитесь мнением

Была ли информация полезной?

Комментарии:

не обязательно для заполнения

Благодарим за уделенное время и отзыв.
Ваше мнение очень важно для нас.

smile""