empty
 
 

Условия акции «Выиграй BMW X6 от ИнстаФорекс!»


1. Umumiy qoidalar

    • 1.1 Tadbirning nomi – "InstaForeksdan BMW X6 yutib ol" (bundan keyin – Tadbir).
    • 1.2 Tadbir InstaFintech kompaniyalari guruhi (bundan keyin – Tashkilotchi) tomonidan tashkil etilgan.
    • 1.3 Tadbir doirasida BMW X6 avtomobili o'ynaladi.
    • 1.4 Tadbirni o'tkazishning umumiy muddati – 2015 yil 28 dekabrdan 2017 yil 28 dekabrgacha (bundan keyin – Tadbirni o'tkazish davri).

2. Tadbir ishtirokchilari

    • 2.1 Tadbirda Instaforeks kompaniyasida haqiqiy savdo hisob-varaqlari egasi bo'lgan layoqatli voyaga yetgan fuqarolar (bundan keyin - Ishtirokchi) ishtirok etishi mumkin.
    • 2.2 Tadbirda ishtirok etish uchun Tadbir o'tkazish davrida haqiqiy savdo hisob-varag'ini 1500 AQSh dollariga yoki undan ortiqqa to'ldirish va www.instaforex.com veb-saytida ro'yxatdan o'tish zarur. Instaforeks klub kartalari egalariga Tadbirda ishtirok etish uchun zarur minimal depozit 1000 AQSh dollarini tashkil etadi.
    • 2.3 Ishtirokchi Tadbirda bittadan ortiq hisob-varag'ini ro'yxatdan o'tkazish huquqiga ega, bu bilan bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun o'z imkoniyatlarini oshiradi. Biroq, 100 tadan ortiq hisob-varag'i ochilgani aniqlangan holda talov ma'muriyati mazkur mijozning Tadbir ishtirokchisi hisob-varaqlari sonini 100 tagacha kamaytirish huquqiga ega.
    • 2.4 Tadbirda A - B + C > 1500.00 USD, shartini qanoatlartiruvchi istagan hisob-varag'i ishtirok etishi mumkin, bu yerda A – 2015 yilning 28 dekabridan to'ldirishlar summasi, B – 2015 yil 28 dekabridan yechilishlar summasi, C – savdo natijasi. InstaForeks klub kartalari egalari uchun hisob-varag'i A - B + C > $1000 shartni qanoatlantirishi kerak, bu yerda A – 2015 yilning 28 dekabridan to'ldirishlar summasi, B – 2015 yilning 28 dekabridan yechilishlar summasi, C – savdo natijasi. Agar C<0 bo'lsa, shart A - B > $1000 gacha qisqartiriladi

3. Savdo shartlari

    • 3.1 Bozor narxlari bo'yicha bo'lmagan barcha savdo orderlar bekor qilinishi kerak.
    • 3.2 Ishtirokchi savdo maslahatchilari va savdo strategiyalaridan cheklanmagan holda foydalanishi mumkin.
    • 3.3 Ishtirokchi istagan paytda Texnik qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish vositasida o'zining hisob-varag'ini Swap-Free (va aksincha)ga o'zgartirishi mumkin.
    • 3.4 Tadbirda ishtirokchi hisob-varaqlar uchun qolgan barcha savdo shartlari InstaForeks kompaniyasidagi haqiqiy savdo varaqlari uchun savdo shartlariga o'xshash.

4. G'oliblarni aniqlash

    • 4.1 BMW X6 avtomobili o'yinining g'olibini aniqlash (bundan keyin - Tadbir g'olibi).
      • 4.1.1 Tadbir g'olibining hisob-varag'i quyidagi sxema vositasida aniqlanadi: g'olibni aniqlash alrotimida hisob-varag'ining keyingi 5 ta raqamidan foydalaniladi (u 5 xonalili, 6 xonalili yoki 7 xonali bo'lishidan qat'iy nazar). Ko'rsatilgan 5 ta raqam BMW — soni bilan mos tushganda, bu hisob-varag'i egasi BMW X6 egasi bo'ladi.
      • 4.1.2 2017 yilning 29 dekabri juma soat 23:59 da quyidagi juftliklar bo'yicha savdolarning yopilishi paytida kurslarni qayd etish o'tkaziladi:
        • BMW-sonining birinchi raqami – EURUSD ning yopilishidagi oxirgi raqam
        • BMW-sonining ikkinchi raqami– GBPUSD ning yopilishidagi oxirgi raqam
        • BMW-sonining uchinchi raqami - USDJPY ning yopilishidagi oxirgi raqam
        • BMW-sonining to'rtinchi raqam - USDCHF ning yopilishidagi oxirgi raqam
        • BMW-sonining beshinchi raqam – USDCAD ning yopilishidagi oxirgi raqam
      • 4.1.3 Agar generatsiyalangan BMW-son bilan mos tushgan hisob-varag'ili Ishtirokchi bo'lmasa, u holda undan keyingi yoki undan oldingi hisob-varag'i g'olib deb tan olinadi. G'oliblar eng katta depozit tamoyili bo'yicha tanlab olinadi, u A - B + C formula bo'yicha hisoblanadi.
      • 4.1.4 Agar shu tarzda generatsiyalangan BMW-son bilan bir necha raqamlar mos tushsa – 5-xonali hisob raqami 6 xonali hisob raqamining birinchi raqamini tashlab yuborish natijasi va 7 xonali savdo hisob-varag'ida birinchi ikki raqamni tashlab yuborish natijasi, u holda bosh sovrin - BMW X6 - eng katta depozitli hisob-varag'i egasiga tegishli bo'ladi (eng katta depozit A - B + C formula bo'yicha aniqlanadi).

5. Natijalarni e'lon qilish

    • 5.1 Ishtirokchilarning tanlov hisob-varaqlarini ro'yxatga olinishiga chiqqan mamlakatlar va hududlarning statistikasi e'lon qilinishi mumkin.
    • 5.2 Tadbir natijalari tadbir tugagandan so'ng va barcha zarur tekshirishlar o'tkazilgandan so'ng 7 kun ichida e'lon qilinadi.
    • 5.3 Tanlov yakunlari va taqdirlash marosimidan reportaj www.instaforex.com veb-saytida va bir qator televizion va bosma OAVlarida e'lon qilinadi.

6. Sovrinlarni olish

    • 6.1. Umumiy qoidalar.
      • 6.1.1 Tadbir g'olibi tadbir va o'yin natijalari e'lon qilingandan so'ng 20 kun mobaynida Tashkilotchi bilan sovrinni olish sanasi, vaqti va joiyini telefon orqali kelishadilar.
      • 6.1.2 G'olibning savdo hisob-varag'i aniqlangandan so'ng Tashkilotchi Ishtirokchi to'g'risidagi axborotni, shuningdek uning mazkur qoidalarning 2.1-2.3 bandlariga muvofiqligining haqqoniyligini tekshiradi. Agar birorta ma'lumot haqiqiy bo'lmasa, shuningdek agar ishtirokchilar Tadbirda ishtirok etish huquqiga ega bo'lmasalar, o'yin haqiqiy deb tan olinmaydi.
      • 6.1.3 Sovrinni olish tartibi buzilgan holatda (pasport bo'lmaganda, yoki uning amal qilish muddati o'tib ketganda va boshqalar) Tashkilotchi sovrinni berishni rad etish huquqini saqlab qoladi.
    • 6.2 Tadbirning bosh sovrinini – BMW X6 avtomobilini olish.
      • 6.2.1 BMW X6 g'olibga kompaniyaning RFdagi markaziy vakolatxonalaridan birida (Kaliningrad va Moskva) topshirilishi yoki g'olib bilan kelishuvga muvofiq dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berilishi mumkin.
      • 6.2.2 Tadbir G'olibiga sovrinlarni topshirish faqat uning shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat ko'rsatilganda va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatgan holda imzolanganda amalga oshiriladi: ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sanasi, pasport ma'lumotlari, aholi punktining kodini albatta ko'rsatilgan holda aloqa telefon raqami. Yuqorida sanab o'tilgan ma'lumotlardan istalganini taqdim etishni rad etish g'olibni sovrinni olish huquqidan mahrum qiladi.
      • 6.2.3 Agar Tadbir G'olibi sovrinni mustaqil olish imkoniga ega bo'lmasa, topshirish shartnomasi g'olibning notarial ishonchnomasi asosida boshqa shaxsga tuzilishi mumkin.
      • 6.2.4 Sovrin olingan paytdan boshlab Tadbirning istagan Ishtirokchisi amaldagi qonunchilikda belgilangan barcha soliqlar va boshqa mavjud majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatini zimmasiga oladi.
      • 6.2.5 Avtomobilni G'olibning yashash manziliga yetkazib berish xarajatlarini Instaforeks kompaniyasi o'z zimmasiga oladi. Biroq G'olib o'z zimmasiga soliqlar va bojxona yig'imlari bo'yicha harajatlarni oladi.
      • 6.2.6 Tadbirning bosh sovrini – BMW X6 avtomobili o'rniga g'olib muqobil sovrinni - 120 000 AQSh dollariga teng summani boshqarishga savdo hisob-varag'ini ochishni tanlashi ham mumkin. Mazkur savdo hisob-varag'i bir qator hususiyatlarga ega:
        • 120 000 AQSh dollari miqdoridagi boshlang'ich mablag'lar g'olib ikki bosqichli verifikatsiyadan o'tkazilgandan so'nggina savdo hisob-varag'iga o'tkaziladi;
        • 120 000 AQSh dollari miqdoridagi boshlang'ich mablag'larni yechib olish mumkin emas, biroq ulardan olingan daromadning 50%i cheklashlarsiz yechib olinishi mumkin;
        • ochiq bitimlarning maksimal soni 10 dan ortiq bo'lmasligi, barcha bitimlar bo'yicha lotlar yig'indisi 600 dan ortiq bo'lmasligi kerak;
        • bitimning minimal miqdori 6 ta lotni tashkil etadi;
        • sovrin mablag'lariga maksimal darajada mumkin bo'lgan miqdordagi lotlarning yagona bir xil yo'naltirilgan orderlarini ochish kabi, yoki bunday orderlar juda ko'p bir xil yo'naltirilgin pozitsiyalarni ochish yo'li bilan sun'iy ravishda shakllantirish stratigiyalaridan foydalanish taqiqlandi;
        • foyda chiqarish uchun maksimal mumkin bo'lgan summa sovrin mablag'larining ikki karra summasi hisoblanadi.

7. Yakuniy qoidalar

    • 7.1 Tashkilotchi Tadbirning o'tkazish bilan bog'liq ma'lumotlar va axborotlarni himoya qilish, ulardan ruxsatsiz foydalanishga qarshi choralarni ko'radi va uchinchi shaxslarga Tadbirni o'tkazish bilan bog'liq axborotni taqdim etishga majbur emas.
    • 7.2 Tadbirda ishtirok etishning o'zi Ishtirokchining u yutib chiqqan holda quyidagilarga rozi ekanligidan dalolat beradi:
      • intervyu berish, shu jumladan radio, televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida;
      • uning tasviridan (fotosuratlaridan va h.k.) Tashkilotchi reklama maqsadida foydalanishiga;
      • Tashkilotchi tomonidan uning ismi, familiyasidan qo'shimcha haq to'lamasdan reklama maqsadlarida foydalanishi mumkinligidan;
      • mazkur bandda ko'rsatilgan ob'ektlardan foydalanib tayyorlangan reklama materiallariga barcha mualliflik huquqi Tashkilotchiga tegishli bo'ladi.
    • 7.3 Tadbirni o'tkazish va uning natijalari munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo'ladigan barja janjallar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo'li bilan hal etilishi lozim.
    • 7.4 Tadbirda ishtirok etish Ishtirokchilarning uni o'tkazish shartlari va qoidalari bilan tanishganliklari va to'la roziliklarini avtomatik tarzda nazarda tutadi.
    • 7.5 Agar Tadbir g'olibi uni o'tkazishning barcha shartlari va qoidalariga amal qilishdan bosh tortsa, uning Tadbirda ishtirok etishi bekor qilinadi.

8. Tadbir shartlari tili.

    • 8.1. Shartlarning asosiy tili ingliz tili hisoblanadi.
    • 8.2. Mijozlarga qulaylik uchun Kompaniya tomonidan Tadbir shartlarining boshqa tillarga tarjimasi ham taqdim etilishi mumkin. Mazkur tarjima mutlaqo axborot berish xususiyatiga ega.
    • 8.3. Tadbirning mazkur shartlarining ingliz tilidagi versiyasi bilan uning tarjimasi o'rtasida har qanday har xillik paydo bo'lgan hollarda ingliz tilidagi versiyasi ustuvor hisoblanadi.
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.