Facebook
 
 

Foreks valyuta birjasi nima?

Foreks birjasi – bu valyuta bozori infratuzilmasining elementi bo'lib, bu yerda chet el valyutalarining oldi-sottisi bitimlari amalga oshiriladi. Valyuta birjasining asosiy faoliyati - savdoni tashkil etish va yuritish bo'yicha xizmatlarni taqdim etishdir. Asosiy vazifa - bozor metodlari yordamida vaqtincha bo'sh bo'lib turgan valyuta resurslarini iqtisodiyotning turli sohalari o'rtasida taqsimlash, shuningdek qonuniy savdo sharoitida milliy va chet el valyutalarining haqiqiy bozor kursini o'rnatishdir. Foreks birjada eng asosiy savdo operatsiyasi - bu valyutani sotib olishdir. Masalan, yevro (EUR)ni shveysariya franki (CHF)ga yoki yapon ienasi (JPY)ga sotib sotib olish savdoda foydalaniladigan hamma valyutalar birjada valyuta kursi suzuvchi valyuta juftliklari ko'rinishida ishtirok etadi.

Valyuta bozorining asosiy ishtirokchilari:

  • markaziy va tijorat banklari;
  • tashqi savdo operatsiyalari bilan shug'illanuvchi firmalar;
  • investitsiya fondlari;
  • brokerlik kompaniyalari;
  • xususiy shaxslar.

Nimadan boshlash kerak?

Treyder uchun yutuq - bu xarid qilish va sotish narxlari orasidagi farqdir. Ammo har qanday yangi ishga kirgan xodim ham Foreksda darhol pul ishlab topa olmaydi. Shuning uchun mablag'larni yo'qotib qo'yish xavfini kamaytirish uchun va shaxsiy strategiyani ishlab chiqish uchun avval o'quv hisob-varag'ini ochishni taklif etamiz. Shundan so'ng Siz haqiqiy hisob-varaqlari bilan ishlashga osonlik bilan o'tishingiz mumkin. Har qanday ishda ham bilim zarur. Foreksda ishlashga o'rganish uchun Siz bepul kursdan o'tishingiz yoki vebinarga yozilishingiz, yoki kitob o'qishingiz mumkin. Bu yerda barcha vositalar ham foydalidir.

Valyuta birjasi qaysi vaqt ishlaydi?

Banklararo valyuta birjasida savdolar sutkasiga 24 soat olib boriladi (dam olish kunlari va ayrim bayram kunlaridan tashqari). Foreksning ish vaqtini savdo sessiyalariga ajratish qabul qilingan, ularning nomlari bank operatsiyalarining sayoraning turli xil qismlarida bank operatsiyalarining yuqori darajada faolligi tufayli shakllanib qolgan: Amerika (AMERICA), Yevropa (EUROPE) va Osiyo (ASIA) sessiyalari. Yangi sessiya boshlangan, avvalgisi esa tamom bo'lishga ulgurmagan soat ana shu vaqt oralig'ida turli valyutalar kurslarining katta o'zgarishi munosabati bilan treyderlar uchun katta qiziqish uyg'otadi.

InstaForeks o'z mijozlariga o'z kuchlarini Foreks birjasida mutlaqo bepul sinab ko'rishni taklif etadi. Bizning kompaniyamizda Namoyish hisob-varag'ini ochib uyingizdan chiqmagan holda birjada savdo qilishning barcha afzalliklarini baholashingiz mumkin.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.