Facebook
 
 

Foreksda valyuta juftliklari harakatni tushunishga asosiy elementlaridan biri - yangiliklar asosida ishlash hisoblanadi. Yangiliklar asosida ishlash ko'nikmasi ishni endi boshlayotgan treyderlar uchun ham, o'z mahoratini orttirishga intilayotgan tajribali spekulyant uchun ham juda muhimdir.

Har kuni savdo strategiyasini tuzib, treyder bo'lg'usi savdo davriga mos yangiliklar taqvimini tahlil qilishi kerak. Chiqayotgan Foreks yangiliklari orasida treyding muvaffaqiyatli bo'lishi uchun:

- kuchli yangiliklarning chiqishini kutish mumkin bo'lgan taxminiy vaqt davrini bilish;

- yangiliklar chiqqanda bozor qanday ishlashini va bozorda ishlab turib, qanday qilib foyda olish mumkinligini tushunish;

- yangiliklarni va texnik tahlilni bir-biriga bog'lash zarur.

Siz qanday ma'lumotlar bozorga ancha faol ta'sir ko'rsatishini, qandaylari ta'sir ko'rsatmasiligini tushunishingiz kerak. Bu ancha oson. Juda ko'p yillar mobaynida shakllangan savdo amaliyoti shuni ko'rsatadiki, hozir valyuta kurslarining harakatiga jiddiy ta'sir ko'rsatuvchi bir qator iqtisodiy omillar qaror topdi. Mana ulardan ayrimlari:

• Markaziy banklarning foizli stavka bo'yicha qarorlari.

• Inflyatsiya darajasi.

• YaIM va sanoat ishlab chiqarishi.

• Omilkor faollik indekslari.

• U yoki bu mamlakat moliya xodimlarining chiqishlari (ko'p darajada AQSh, Buyuk Britaniya, shuningdek Yevroittifoq mamlakatlari, Yaponiya, Shveysariya va Kanadaning yuqori martabali shaxslari ta'sir ko'rsatishadi).

Foerks bozorida tasodifiy yangiliklar nihoyatda kamdan-kam chiqadi. Odatda, bozorda chiqadigan yangiliklar rejalashtiriladi. Valyuta bozori bu yangiliklarning chiqishini kutadi va unga har tomonlama tayyorgarlik ko'rishga harakat qiladi. Yangilik rasman chiqishidan avval ekspertlar valyuta kurslarining taxminiy o'zini tushishiga nisbatan o'zlarining bashortalarini e'lon qilishadi.

Chiqayotgan yangiliklarga bozorning bo'lishi mumkin bo'ladigan aks ta'siri quyidagi tarzda ko'rinishi mumkin:

• Agar yangilik kutishlarni oqlasa, u holda u yoki bu valyuta kursi jiddiy o'zgarmaydi.

• Agar Foreks tahlilchilari to'g'ri bashorat qilishgan bo'lib, lekin bozorning o'zini tushishi oqibatlari to'liq darajada baholanmagan bo'lsa, berilgan yo'nalishda davom ettiradi, biroq valyuta kurslarining harakati ortishi kuzatilishi mumkin.

• Agar Foreks-ekspertlari noto'g'ri bashorat qilishgan bo'lishsa, u holda valyuta kursi o'z yo'nalishini o'zgartiradi va harakatni qarama-qarshi tomonga boshlaydi.

Fundamental ma'lumotlar valyuta kursiga qanday ta'sir qilishini tahlil qilib, albatta trendning yo'nalishini hisobga olish lozim.

Agar chiqqan yangilik trendga qarama-qarshi bo'lsa, bu bunday yangilikning ta'siri uzoq bo'lmasligini va bor yo'g'i bir necha soat davom etishini anglatadi.

Agar chiqqan yangilik ustuvor trend bilan mos tushsa, bu holat trendning tezlashishini anglatadi.

Foreks bozori yangiliklari chiqqanda shuni yodda tutish kerakki, tahlil qilishning fundamental asoslaridan foydalanib, agar bu ma'lumotlar texnik tahlil ma'lumotlari bilan mos tushgandagina, maksimal foyda olish mumkin.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.