Facebook
 
 

Treyding — bu, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko'nikmalarini; chidamni, sabrni, tez aks ta'sir ko'rsatishni va tavakkal qilishga tayyor turishni talab etuvchi ishdir; bu mashg'ulot psixologiyadan bir oz xabari bo'lganlar uchun mo'ljallangan.


Foreks bozoridagi muvaffaqiyat yoki omadsizlik shaxsiy sifatlariga ko'p jihatdan bog'liq. Agar Siz tizimli savdo qilishga o'tishga qaror qilgan bo'lsangiz ham bu Sizdan savdoda qaror qabul qilishingizda Sizdan hissiy yuklanmani olib tashlamaydi. Ko'pincha Foreks-treyderlar bunday deb hisoblashadi: hissiyot qancha kam bo'lsa, savdo shuncha muvaffaqiyatli bo'ladi, go'yoki hissiyotlar to'g'ri qaror qabul qilishga halal beradi. Ammo pulni yo'qotishdan havotirlanish, qo'rqish, muvaffaqiyatga ilinj va ishonch, achinish, xursand bo'lish, hafsalasi pir bo'lish va yana xursand bo'lish - bu hislarning hammasi treyding bilan birga yurishi muqarrar. Hislar jo'shqin urganda hisni tutib turish kerakmi? Ichdan his qilishni yoki anglashni nima qilish kerak?


Ma'lumki, hislarni chiqarib tashlash - bu faqat xursandchilikni mustahkamlash emas, balki salbiy narsani ham ishlab chiqishdir, hissiyotni tahlil qilish esa bizga yana qimmatli axborot oqimini ham beradi. Biz shu axborotga tayanamiz, bu axborot ta'sirida harakat qilamiz. O'z hissiyotlarimizga aks ta'sirni tahlil qilish o'z navbatida bizga ana shu hislarni, demak harakatlarni ham nazorat qilish imkonini beradi.


Hislarni boshqarishning bir qancha usullari mavjud.


Birinchidan, hislarning to'planishi ob'ektni almatirib, o'z hislarini o'rgartirish mumkin. Odatda, bu juda natija beruvchi uslubdir. Biz o'z diqqat-e'tiboringizni qaratgan narsa, biz uchun yanada ta'sirchan bo'lib qoladi. Fikrning yo'nalishini o'zgartiring, vaziyatga munosabatni o'zgartiring, yo'qotishlar ehtimolini qarab chiqish mumkin, foyda ehtimolini qarab chiqish mumkin.


Ikkinchi usul: o'z e'tiqodingizni o'zgartirib, Siz o'z hissiyotingizni ham o'zgartirasiz. Biz butun hayotimiz mobaynida egallagan barcha e'tiqodlar bizning ongimizga kirib keladigan barcha axborotga ma'lum bir bo'yoq beruvchi ma'lum bir filtr bo'lib hisoblanadi. Bu ehtiqodlar hodisalar interpretatsiyasiga ham ta'sir qiladi.


Uchinchi usul: hissiyotni almashtirish, ya'ni "psixo"ni "soma" tanaga almashtirish vositasida. Yuz mimikasini, turish uslubini o'zgartirish, nafas olishning diagfragma orqali turiga (qorin bilan) o'tish, ovoz tonini, tembranishi, kuchini va nutq sur'atini o'zgartirish - bularning hammasi teskari aloqa tamoyili bo'yicha fiziologik o'zgarishlarga olib keladi, demak organizmning hissiy tashkil etuvchisini ham o'zgartiradi, bu esa Foreks-treyderning ishiga ta'sir qiladi. Eng oddiy va qiziqarli bo'lmagan fiziologik manipulyatsiya o'zining hissiy holatini o'zgartirish va uni boshqarish uchun samarali vosita bo'lib xizmat qilishi mumkin. O'z hislarizni boshqaring va bu Sizni yanada omadli treyder bo'lishga yordam berishi muqarrar.


Diqqatni jamlash — bizning hissiy va ruhiy holatimizni eng muhim tashkil etuvchilaridan biridir, chunki Siz Foreks bozorida savdo qilish vaqtida aynan nimaga diqqatingizni jamlagan bo'lsangiz, u yuz berayotgan borliqning faqat ob'ektigina bo'lib qolmay, balki haqiqiy borliqni tushunish vositasi ham bo'ladi. Yuz berayotgan barcha narsalar vaziyatni tahlil qilishga, voqealarni, hislarni talqin qilishga ta'sir ko'rsatadi va endi ular hulq ulsubiga, u yoki bu qaror foydasiga tanlovga ko'rsatma beradi.


Bu holda ustuvorliklarni to'g'ri joylashtirish lozim. Siz yo'qotishlar bo'lishi mumkinligini nazarda tutasizmi? Yoki foyda kelishini kutasizmi? Doimo shuni yodda tutish kerakki, treyding - bu chetlashishlar o'rtasidagi muvozanatni saqlab qolishga urinishdir. Treyder o'z diqqatini foyda olish imkoniyatlariga ham, yo'qotishlar bo'lishiga ham qaratishi kerak, hamda ular o'rtasidagi muvozanatni tutib turishiga qaratish kerak. Treyder o'z uslublarining ehtimolligini doim baholashi, bozor beradigan axborotni tahli qilishi kerak, chunki bu aniq va ishonchli axborotdir.


Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.