ECN - Electronic Communications Network (Elektron savdo tizimlari) - ECN Forex-broker turil mijozlarning orderlarini bitim tomonlaridan biri (kontragent) sifatida brokerning aralashuvisiz bir-biri bilan o'zaro kliringi texnologiyasini ta'minlaydi. Xususiy treyderlar uchun ECN-Forex-broker (inglizcha tarjimasida retail traders deb yozamiz) - bu maydoncha bo'lib, u yerda ularning har bir orderi yoki kompaniya ichida, yoki uning uchun likvidligini etkazib beruvchi bo'lib hisoblanadigan ECN-broker kontragentida qarama-qarshi orderni topadi. Odatda bular Amerika yoki Yevropaning yirik kompaniyalari yoki banklaridir. ECN-brokerning mijozlari bir-birlari bilan savdo qiladi va market-meyker orqali savdo qilishda vujudga keladigan bozordan tashqari xatarlardan himoyalanganlar. ECN-brokerga qo'yiladigan bosh talablardan biri treyderlarning bir-birlari bilan amalga oshiradigan bitimlarning katta qismini kompaniya ichida bajarish imkonini ta'minlovchi yuqori ichki likvidlikning mavjudligi hisoblanadi. Bugungi kunda InstaForeksning 7 000 000 dan ortiq savdo varaqlari ECN-tizimning ehtiyojini to'la hajmda ta'minlashga qodir bo'lgan juda katta likvidlikka kafolat beradi.

Agar ECN-broker mijozinning bitimi broker ichida kontragentini topa olmasa, u brokerning kontragentiga chiqariladi, bunday texnologiya STP (Straigh Through Processing) deb ataladi. ECN-broker bilan savdo qilib, ECN-brokerning mijolari ko'pincha likvidlikni ko'rishlari va bitimlarni amalga oshirishlari mumkin, ECN-savdo market-meykerlar bo'lib hisoblangan brokerlar orqali bo'ladigan savdolarga qaraganda afzalliklarga ega, chunki ECN-brokerlarda Forex-treyderlarning bitimlari brokerga qarshi ijro etilmaydi, balki, yoki ECN-brokerning boshqa bir mijozi ko'rinishida, yoki ECN-brokerning hamkori taqdim etadigan likvidlik ko'rinishida o'zining kontagentiga ega bo'ladi.

ECN-broker market-meykerlar va boshqa turdagi brokerlik kompaniyalari kabi mijozga qarshi o'yinchi bo'lib hisoblanmaydi. InstaForeks mijozlari yuqori ichki likvidlikva kompaniyaning ishonchli kontragentlari tufali ECN-savdoga kunu-tun kirish imkoniga egalar. Bugungi kunda InstaForeks ECN-treyding xizmatlarini taklif etuvchi dunyodagi eng mashhur brendlardan biri bo'lib hisoblanadi.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.