empty
 
 

Tavsifi

Aroon indikatori 1995 yilda "Tuscarora Capital Management" kompaniyasi rahbari va treyder Tushar Chande (Tushar Chande) tomonidan ishlab chiqilgan. Ko'rsatkich trendning kuchini va yo'nalishini aniqlash uchun foydalaniladi: u trendning so'nishini qayd etadi va uning keyingi almashishini yoki tuzatilishini (avvalgi yo'nalishda rivojlanishini) bashorat qiladi.

Hisoblash formulasi

Aroon Up = ((N davr - eng ko'p maksimumli N davr) / N davr) * 100

Aroon Down = ((N davr - eng ko'p minimumli N davr) / N davr) * 100

Savdoda qo'llanishi

Fond va tovar-xomashyo trend bozorlariga to'g'ri keladigan Aroon indikatoridan foydalanishning klassik uslublari amalda zamonaviy valyuta bozori sharoitlarini qanoatlantirmaydi.

Shu munosabat bilan bozorning to'g'ri tomonida bo'lish va "kontr-trend qopqoniga" tushib qolmaslik uchun indikatorning yanada aniq signallarni o'tkazish kerak.

Indikatorning asosiy signali Aroon Up chizig'ining (grafikda ko'k rang bilan ajratilgan) Aroon Down chizig'ini (qizil rang bilan ajratilgan) kesib o'tishi hisoblanadi. Agar Aroon Up chizig'i Aroon Down chizig'ini pastdan yuqori tomon kesib o'tsa, bu holat o'rtacha muddatli ko'tariluvchi trendning shakllana boshlanayotganidan dalolat beradi. Bu signal asosida xaridlardan chiqishni Aroon Up chizig'i Aroon Down chizig'ini yuqoridan pastga tomon kesib o'tganda amalga oshirish zarur.

Bunga teng kuchli holda Aroon Up chizig'i bilan Aroon Down chizig'i kesib o'tishi narx harakatining pastga tomon rivojlanishidan dalolat beradi, buning oqibatida aktivlarni sotish to'g'risida qaror qabul qilish zarur. Indikator bo'yicha chiqishni signal chiziqlari teskari tomondan kesishganda amalga oshirish mumkin.

Agar signal ekstimal hududlar deb atash mumkin bo'lgan (lekin ortiqcha xarid qilinganlik/ortiqcha sotilganlik hududlari emas) 40 dan yuqori va -40 dan past sohalarda shakllansa, u holda bu signalning ahamiyatini orttiradi va natijada narx o'zining bundan keyingi rivojlanish imkoniyatlariga kuchli aks ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Signalning yana bir muhim omili bo'lib narxning va Aroon Up chizig'ining harakati hisoblanadi.

Agar Aroon Up indikatorining chizig'i o'ssa, narx esa tushsa, u holda tez vaqt oralig'ida narx yo'nalishining pastga tushishidan yuqoriga ko'ritilishi tomonga almashinishini kutish mumkin (divergensiya signali).

Agar Aroon Up indikatori chizig'i pastga tushsa, u vaqtda narx yuqoriga tomon harakatni shakllantirsa, bu harakat yo'nalishini pastga tushuvchiga almashishi mumkinligadan dalolat beradi.

Aroon indikatori

InstaForeks Aroon indikatorining parametrlari

Aroon_Period = 9

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.