Standard Deviation indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi

Standart og'ish (Standard Deviation, StdDev) texnik indikatori bozorning o'zgarishini o'lchash va trendni aniqlash uchun qo'llaniladi. Mazkur indikator narxning sirpanuvchi o'rtacha qiymatiga nisbatan tebranishlari o'lchovini ifodalaydi. Ko'pincha bu indikator boshqa texnik indikatorlarning tarkibiy qismi sifatida foydalaniladi.

Agar indikatorning qiymati katta, barlar narxlari ega o'zgarib tursa va sirpanuvchi o'rtachaga nisbatan sochilgan bo'lsa, u holda bozorni o'zgaruvchan deb hisoblash mumkin. Agar bozor fletda bo'lsa, u holda barlarning narxlari sirpanuvchi o'rtachaga yetarlicha yaqin bo'lib, bozor esa o'zgaruvchanligi past bo'lishi bilan ifodalanadi.

Xususan, Bollinger Bandsni hisoblashda vositaning standart og'ishi qiymati uning sirpanuvchi o'rtachasiga qo'shiladi.

Bozor dinamikasi tinchlik va faollik chayqalishlari davrlarining ketma-ket almashinib kelishidan iborat, shuning uchun mazkur indikatorga yondashuv oddiy. Agar indikatorning qiymati nihoyatda past bo'lsa, u holda tex orada faollikning ko'tarilishi yuzaga kelishi mumkmn. Va, aksincha, agar indikator ekstremal yuqori qiymatni ko'rsatayotgan bo'lsa, u holda bu bozorning tez orada tinchlik holatiga o'tishidan dalolat beradi.

standard deviation indikatori

Ҳисоблаш

StdDev (i) = SQRT (AMOUNT (j = i - N, i) / N)

AMOUNT (j = i - N, i) = SUM ((ApPRICE (j) - MA (ApPRICE (i), N, i)) ^ 2)

bu yerda:

StdDev (i) — Joriy barning standart og'ishi;

SQRT — kvadrat ildizosti;

AMOUNT(j = i - N, i) — j = i - N dan i gacha kvadratlar yig'indisi;

N — silliqlash davri;

ApPRICE (j) — j baring qo'llanilgan narxi;

MA (ApPRICE (i), N, i) — N davrlar uchun joriy barning istagan sirpanuvchi o'rtachasi;

ApPRICE (i) — joriy barning qo'llanilgan narxi.

   Indikatorlar ro'yxatiga qaytish   
Indikatorlar ro'yxatiga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.