Сайт харитаси
العربية Български 中文 Čeština English Français Deutsch हिन्दी Bahasa Indonesia Italiano Bahasa Malay اردو Polski Português Română Русский Srpski Slovenský Español ไทย Nederlands Українська Vietnamese বাংলা Ўзбекча O'zbekcha Қазақша

InstaForeks mijozining kabineti

  • Kabinetning shaxsiy sozlanmalari
  • Kompaniyaning barcha servislariga kirish
  • Batafsil statistika va bitimlar bo'yicha hisobot
  • Moliyaviy operatsiyalarning to'liq to'plami
  • Bir qancha hisob-varaqlarini boshqarish tizimi
  • Ma'lumotlarni himoya qilishning maksimal darajasi

InstaForeks hamkorining kabineti

  • Mijolar va komissiyalar to'g'risida batafsil ma'lumot
  • Hisob-varaqlari va kliklarning grafik statistikasi
  • Vebmaster uchun kerakli vositalar
  • Tayyor veb-echimlar va bannerlarning keng tanlovi
  • Ma'lumotlarning yuqori xavfsizligi
  • Kompaniya yangiliklari, RSS-tasmalar va Foreks-informerlar
Savdo hisob-varag'ini ochish
Hamkorlik dasturi
cabinet icon

InstaForeks – har doim faqat oldinga!Savdo hisob-varag'ini och va InstaForex Loprais jamoasining bir qismi bo'l!

Alesh Loprays boshchiligidagi ekipajning g'alabalari tarixi sening muvaffaqiyating tarixi bo'lishi mumkin! Huddi shunday quvvatli savdo qil va ishonch bilan yetakchilikka intil, buni "Dakar" rallisining doimiy ishtirokchisi va "Ipak yo'li" rallisining g'olibi InstaForex Loprais jamoasi kabi amalga oshir!

InstaForeksga qo'shil va birgalikda g'alabaga erish!

Hisob-varag'ini tez ochish

O'rgatuvchi xatni olish
toolbar icon

Savdo platformasi

Mobil qurilmalar uchun

Brauzerda savdo qilish uchun

Innovatsiyalar - asos sifatida

Innovatsiyalar - asos sifatida

Xalqaro onlayn Foreks – broker InstaForeks kompaniyasi butun dunyodagi treyderlarning keng ommasiga yaxshi tanish, undan tashqari, InstaForeks kompaniyasi Foreks bozori etakchilarining qatoriga barcha asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha kiradi. InstaForeks brokeri bozorga nisbatan yaqinda taqdim etilgan, ya'ni 2007 yilda kirgan, biroq kompaniya bir qator nufuzli nashrlar va ko'rgazma loyihalarining e'tirofini olishga ulgurdi. Masalan, 2008-2011 yillarda britaniyadagi World Finance jurnali InstaForeks kompaniyasini Osiyoda 1-raqamli broker deb e'tirof etgan. Boshqa bir britaniya jurnali CNBC Business InstaForeks kompaniyasini Yevropada eng harakatchan rivojlanayotgan broker deb atadi. ShowFx World xalqaro ko'rgazma loyihasi Kuala-Lumpur va Moskvada o'tkazilgan ikkita ko'rgazma natijalariga ko'ra InstaForeks kompaniyasini ikki marta eng yaxshi broker deb e'tirof etdi.

InstaForeks kompaniyasining bunday muvaffaqiyatlari orqasida nima turadi va boshqa brokerlardan nimasi ajratib turadi? Birinchi navbatda - bu biznesni qurishga fundamental yondashuvdir. Avval boshidanoq InstaForeks kompaniyasi bu ishga juda katta mablag' kiritib, bu mablag'lar kompaniyaga birinchi qadamlaridanoq bozorda mustahkam o'rinni egallashga va butun dunyo bo'ylab mijozlarga haqiqatan ham eng yaxshi savdo qilish sharoitlarini taklif etishga imkon berdi. Kompaniya muvaffaqiyatining ikkinchi sharti - bu doimiy rivojlanishdir. Foreks bozorining brokeridj kabi juda zich segmentida doimo harakatda va hamma narsadan xabardor bo'lish hamda mijozlarga yanada yangidan yangi servislar va xizmatlarni taklif qilish juda muhimdir. Kompaniyaning statik holati yoki biznesning to'la stagnatsiyasiga olib keladi, yoki kompaniyani bozordan butunlay ketishiga olib ketadi. Va nihoyat, etakchining bozorning boshqa qolgan ishtirokchilaridan asosiy farqi - innovatsion tashkil etuvchisidir. InstaForeks kompaniyasi yaxshi moliyaviy asos va katta kadrlar resursi mavjud bo'lganda innovatsiyalarni pisand qilmaslikka haqqi yo'q edi. Kompaniyaning ichki tuzilmasida ham, tashqi faoliyati maydonidan ham qo'llaniladigan innovatsiyalar tufayligina raqobatchilarga nisbatan gandikap yaratish mumkin va o'sha uzluksiz rivojlanishni ta'minlash mumkin.


media about us, publications

InstaForeks kompaniyasida innovatsion tashkil etuvchi kompaniyaning butun tuzilmasiga integratsiya qilingan, innovatsiyalar va kundalik tezkor faoliyat sintezi kompaniyaning barcha bo'limlari va uning butun vertikalini: vakolatxonalarning IB oddiy menedjerlaridan tortib to bosh kompaniyaning top menedjmentigacha singib o'tadi.

InstaForeks kompaniyasida katta IT – departament bo'lib, unda ayni paytda 50 kishi ishlaydi. Bu yerdagi 25 ta mutaxassisning har biri axborot texnologiyalari, web - dasturlash, dizayn, sahifalash va SEO – optimallashtirish sohasida zarur darajadagi bilimga ega bo'libgina qolmay, balki shaxsiy noyob ishlanmalariga ham ega bo'lib, ulardan ma'lum bir qismi InstaForeks kompaniyasining ishini takomillashtirish maqsadlarida qo'llaniladi. Undan tashqari, InstaForeks kompaniyasining IT – departamentida InstaTechLab™ dasturi bir yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritadi, bu dastur doirasida bo'lim xodimlari IT – programminga sohasidagi shaxsiy ishlanmalariga qo'shimcha vaqt va mablag' taqdim etiladi. Ishlanmalarning ma'lum bir qismi InstaForeks kompaniyasida muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda: Foreks bozorida investitsiyalarni boshqarishning noyob servisi – PAMM-hisob-varaqlari; muvaffaqiyatli treyderlarning bitimlaridan nusxa olish tizimi - ForexCopy, binar opsionlar bilan savdo qilish tizimi, shuningdek ham kompaniyaning, ham uning mijozlarining mablag'larini himoya qilishning eng yuqori darajasiga kafolat beruvchi axborot xavfsizligi tizimi - InstaGuard™; treyderlar uchun Foreks tanlovlar g'oliblarini aniqlashning o'z shaffofligi bo'yicha noyob bo'lgan tizim – numberrency™.

InstaForeks kompaniyasining innovatsiyalari faqat IT – departament bilan cheklanmagan. Mana, masalan, marketing bo'limi xususiy televideniening katta loyihasi – InstaTVni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshiradi. Bundan tashqari, marketing bo'limi treyderlar uchun miqdori va sovrin jamg'armasining hajmi bo'yicha tengi bo'lmagan tanlovlar to'plamini joriy qiladi. Ayni paytda InstaForeks kompaniyasining har bir mijozi umumiy sovrin jamg'armasi 350 000 AQSh dollaridan ortiq bo'lgan 10 ta tanlov va aksiyalarda ishtirok etishi mumkin. Ish jarayonini boshqarish tizimiga ham e'tibor qaratish lozim. Ish jarayonini maqbullashtirish va vazifalarni tezkor boshqarish uchun maxsus ravishda kompaniya menejerlari loyihalash soft-byurosi kompaniyaning xodimlari tomonidan bandlik sohasiga bog'liq bo'lmagan holda u yoki bu loyihani yoki vazifani yaratish, amalga oshirish va joriy qilish jarayonlarini ma'murlashtirish uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minotga buyurtma berilgan edi.

InstaForeks kompaniyasining kadrlari resurslariga kelsak, avval boshdanoq kompaniya yoki mutaxassislarni jalb qilish siyosatiga amal qilib keldi. Mana, masalan, InstaForeks kompaniyasida xodimlarning o'rtacha yoshi 25 yoshni tashkil etadi, bunda barcha mutaxassislar nisbatan yosh bo'lishlariga qaramay zarur ma'lumotlarga va tajribaga ega. Shu bilan birga, yuqorida aytib o'tilganidek, InstaForeks kompaniyasining kadrlar tarkibining katta qismi professional o'sishda, shuningdek kompaniyada ishlash vaqtida mutaxassisligining yangi qirralarini o'rganishni davom ettirmoqda. InstaForeks rahbariyati professional rivojlanishga intilayotgan xodimlarga har tomonlama imkon beradi va rag'batlantiradi. Bunda har bir xodim uchun barcha sharoitlar (ovqatlanish, fitnes, ta'lim davrida sayohatlar, korporativ tadbirlar) yaratilgan bo'lib, bu raqobatdagi kompaniyalar tomonidan xedxanting xatarini amaliy jihatdan istisno qiladi.

Agar yuqorida sanab o'tilganlarning hammasiga geografik ekspansiyani (ayni paytda kompaniyada dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida 160 dan ortiq vakolatxonalar qayd etilgan) va hamkorlar bilan yaqin ishlashni (hamkorlar bilan ishlash bo'limida 25 dan ortiq mutaxassislar bo'lib, ular muntazam chet el xizmat safarlarida bo'lishadi) qo'shadigan bo'lsak, u holda Foreks bozorida savdo qilishda o'zining kelajakdagi muvaffaqiyatini mantiqan boshlash mumkin bo'lgan zamonaviy, harakatchan va oyog'ida mustahkam turuvchi Foreks - brokerning qiyofasi hosil bo'ladi.


Shares jurnali, 2012 yil, mart
Orqaga

Yopish
Обратный звонок
5 minutdan so'ng
maslahatchi
qo'ng'iroq qiladi
Biz saytda izlash bilan yordam beramiz va Sizning barcha savollaringizga javob beramiz!
Aloqa turi
Tanlangan til
  • English
  • Русский
  • العربية
  • Bahasa Indonesia
  • Bahasa Melayu
  • বাংলা
  • Български
  • 中文
  • Español
  • हिन्दी
  • Asụsụ Igbo
  • Português
  • اردو
  • ไทย
  • Українська
  • Tiếng Việt
  • Èdè Yorùbá
Qo'ng'iroq uchun buyurtma qabul qilindi.
Yaqin vaqt ichida bizning mutaxassislar Siz bilan bog'lanadilar.
Xatolik yuz berdi.
Urinishni keyinroq takrorlang.
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.