Facebook
 
 

Bitimlarning umumiy sonidan mazkur valyuta juftligi bo'yicha bitimlar soni foizi

Har bir vosita bo'yicha bitimlar miqdori treyderlarning u yoki bu valyuta juftligidan foydalanishdagi faolligining statistik darajasini ko'rsatadi. U yoki bu valyuta juftligi bo'yicha bitimlar sonining o'sishi mazkur valyuta vositasiga qiziqishning ortishidan savdolarning haqiqiy hajmining ortishidan va eng yaqin vaqt ichida yanada keskin harakatlar bo'lishi mumkinligidan dalolat beradi. U yoki bu valyuta juftligi bo'yicha bitimlar sonining kamayishi savdolar hajmining kamayishidan va kuchsiz yon tomonga harakatga nisbatan ehtimolligining orta borishidan dalolat beradi. Ba'zida mazkur valyuta vositasi bo'yicha savdolar hajmining kichik bo'lishi, aksincha, mazkur valyuta juftligining yuqori darajada o'zgarishiga olib kelishi mumkin, biroq ko'pincha valyuta juftligidagi bitimlar soni bilan (savdolar hajmi bilan) keyin o'zgarish o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishni kuzatish mumkin.

Mazkur ko'rsatkich valyuta vositasi bo'yicha Foreksda savdolar hajmining eng aniq indikatori sifatida foydalanishi mumkin.

InstaForeksdan MetaTrader terminalida mazkur statistikaning ko'rinishi XXYYYYYYY simvoli ko'rinishida keltirilgan, bunda XX quyidagi qiymatlarga ega:

EURUSD uchun XX=EU
GBPUSD uchun XX=GU
USDCHF uchun XX=UC
USDJPY uchun XX=UJ
USDCAD uchun XX=UD
EURCHF uchun XX=EC
EURJPY uchun XX=EJ
GBPCHF uchun XX=GC
GBPJPY uchun XX=GJ

Simvolni akslantirish uchun InstaForeks kompaniyasidan MetaTrader 4 savdo terminalida Bozor sharhida o'ng tugmachani bosish va "Hamma simvollarni ko'rsatish" menyusining bandini tanlab olish zarur.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.