empty
 
 

AQSh iqtisodiyotining va dollar kursining neft narxiga ta'siri

Neftning joriy qisqa muddatli narxiga neft mahsulotlarining asosiy iste'molchilari hisoblangan AQSh va Xitoydagi xom neft zaxiralari darajasi to'g'risidagi muntazam nashrlar jiddiy ta'sir ko'rsatadi. AQSh va Xitoyda neft zaxiralarining kamayishi dastavval mazkur mamlakatlar sanoatining retsessiya holatidan chiqqanligi va shu mamlakatlarning hamda umuman qolgan butun dunyo iqtisodining umumiy sog'lomlashganligidan dalolat beradi. Hozircha, AShQ energetika axborot agentligi (EIA) ning hisobotidagi katta neft zaxiralari to'g'risida e'lonlari neft ishlab chiqaruvchilarini xursand qilmayapti.

Neft narxlarining o'sishiga ta'sir qiluvchi yana bir omil jahon tovar bozorlarining valyuta bozorlaridagi vaziyatga bog'liqligi hisoblanadi. Neft oltin singari dollarning evroga va asosiy jahon valyutalariga nisbatan susayishi natijasida qimmatlashadi.

Neftni qazib olish hajmlari

Keyingi o'n yil ichida neftga talab yillik 1,6% tezlikda o'sdi. Neftni qazib olish darajasini kamaytirish to'g'risida iloji boricha kamroq gapirishni afzal ko'rishadi. Bu to'g'risida esa o'ylab ko'rish kerak. Keyingi yillarda AQSh, Meksika, Novegiya va Buyuk Britaniyada neft qazib olish pasaymoqda. bu mamlakatlar qazib olishning cho'qqisini egallab bo'lishgan va pasayish an'anasi yildan yilga faqat kuchayib boradi. Bunda ularning zimmasiga jahondagi neft qazib olishning 17%i to'g'ri keladi (BP World Energy Outlookning ma'lumotlariga ko'ra, 2008). Eng xavfli vaziyat Norvegiya va Meksikada kuzatilmoqda, bu erda 2007 yilda neft qazib olish mos holda 7,7% va 5,5% pasaydi. 2009 yilda bu mamlakatlarga Rossiya qo'shildi, 2007 yilda jahondagi neft qazib olishning ulushi 12,6%ni tashkil etgan edi. Hozirdanoq Sharqiy Sibirdagi neft konlarini geologik qidiruv ishlari to'xtatib qo'yilgan. Ayni patda neft qazib olishning yangi o'choqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish rentabelligi nolga yaqin. Bunday vaziyat bin barrel neft juda bo'lmaganda 60-70 dollargacha ko'tarilmaguncha davom etadi.

Shunday qilib, keyingi yilda beshta eng yirik neft ishlab chiqaruvchilar deyarli kafolatli tarzda xomashyo etkazib berish hajmlarini kamaytirishadi. Agar Rossiya, AQSh, Meksika, Norvegiya va Buyuk Britaniyada neft qazib olish 1% pasaysa, OPEK esa uni va'da qilganidek 12% ga kamaytirsa (yoki juda bo'lmaganda 10% ga kamaytirsa), u holda neft qazib olishning jahondagi darajasi 4,5-5% ga pasayadi (agar boshqa mamlakatlar neft qazib olishni avvalgi darajada saqlab qolganlarida).

Neftni etkazib berishning hajmi bo'yicha hozirgi pasayishni 1973 yildagi "Neft embargosi" deb ataluvchi tanazzul bilan taqqoslash o'rinli, u payt OPEKga kiruvchi bir qator aram mamlakatlari "Oktyabrdagi urushda" Isroilni qo'llab-quvvatlovchi mamlakatlarga neft etkazib bermaslikka qaror qilishgan edi. Eslatib o'tamiz, o'shanda umumjahon neft qazib olish hajmi 4-5% pasaygan edi, 1 barrel neftning narxi esa 3 dollardan 9 dollargacha ko'tarilgan edi. Biroq neftni qazib olishning pasayishi o'shanda va hozir turli xil omillar asosida bo'lgan edi. 1970 yilda neftni iste'mol qilish faqat o'sib borayotgan bo'lsa, hozir u qisqarmoqda. 1973 yildagi qisqarishni harbiy-siyosiy tanazzul keltirib chiqargan bo'lsa, hozir esa mutlaqo iqtisodiy sabablarga ko'ra yuz bermoqda. Shuning uchun bu safar neft narxining o'sishini kutish kerak emas. 1978 yildagi "Neft embargosi" kambekini eslashning hojati yo'q, unda "Erondagi voqealar" tufayli neft qazib olish qisqargan edi, bunda 1973 yildagidan farqli ravishda bu qisqartirish AQShdagi ishlab chiqarish ko'tarilishiga to'g'ri keldi. O'shanda shunda ham narxi yuqoriga ko'tarilib borayotgan neft 40 dollardan 100 dollargacha qimmatlashdi.

Zamonaviy tanazzulning bunday sharoitlarida taklifning tushishi tezligi rivojlanayotgan bozorlar tufayli to'xtab qolishi mumkin bo'lgan talabning tushishi tezligiga qaraganda ancha yuqori bo'lishi mumkin. Bundan tashqari Xalqaro energetika agentligining aytishicha, 2011 yilda neftga bo'lgan taklif etarli emasligi tufayli dunyo energetika falokatiga uchrashi mumkin. MEA ning mantiqi juda sodda. Neft qazib olishni oshirish uchun sohaga har yili 300 milliard dollar mablag' kiritish zarur. Moliyaviy tanazzul va xomashyoga narxlar past bo'lishi sharoitlarida kompaniyalar aksincha investitsiyalarini qisqartirishadi, bu esa qazib olish darajasining keskin tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Tanazzuldan so'ng neftga bo'lgan talab tiklana boshlaydi, ammo uni qazib chiqarish esa - yo'q, chunki kompaniyalar kerakli vaqtda zarur investitsiyalarni amalga oshirishmaydi. Bu talabning taklifdan ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, neftning hozirgi narxi uni qazib olish nuqtai nazaridan ob'ektiv hisoblanmaydi. Arzon neft davri o'tib ketdi va neftni qazib olish tannarxi har yili jadal sur'atlar bilan o'sib bormoqda. An'anaviy mintaqalarda (masalan Rossiyada) neftni qazib olishning o'rtacha tannarxi bir barrel uchun to'rtdan etti dollargacha etishi mumkin. Tannarxga tashish va boshqa harajatlarni qo'shamiz va ishlab chiqaruvchilarni qanoatlantirish mumkin bo'lgan narx (va qazib chiqarishni bundan keyin ham orttirishga imkon beruvchi narx) bir barrel uchun 60 dollar darajasida bo'ladi. Past narxlar borish qiyin bo'lgan hududlarda neft qazib olishni to'xtatib qo'yish xavfini vujudga keltiradi.

Neftning kelajagi

2009 yilda neft bahosi 1998 yilda kuzatilgan me'yoridan ko'tariluvchi trend darajasiga qaytishi mumkin. Me'yordagi trendga qaytish deganda narxlarni bir barrel uchun 40-80 dollar atofida bo'lishi tushuniladi. Yilning birinchi yarmida bozor juda ko'p chayqovchilarning ta'siridan qutala olmaydi, shuning uchun neftning narxi bir barreli uchun 40-50 dollarlar atrofida qolishi mumkinligini kutish kerak. Bunda narxlarning vaqtincha bir barrel uchun 20-25 dollargacha tushib ketili ehtimoli mavjud. 2009 yilning ikkinchi yarmida bozor mahsulot kelishining kamayishini sezishi mumkin. Jahon iqtisodi 2008 yil kuzidagi ta'sirlanishdan so'ng asta-sekin moslashishni boshlashi mumkin. Bozor sarosimada ko'pchilik aktivlar sotib yuborilganini asta-sekin anglay boshlaydi. Taklifning kamayishi yilning ikkinchi yarmiga yaqin kuchliroq sezila boshlaydi. Bunday omillar munosabati bilan 2009 yilda neftning o'rtacha narxi prognozi bir barrel uchun 60 dollar darajasida o'rtaladi. Yil oxiriga kelib maqsadli narx bir barrel uchun 65 dollar bo'ladi. Biroq, bularning hammasi bashorat, haqiqiy manzara boshqacha ham bo'lishi mumkin. "Obamaning rejasi" qay darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, dollar kursi qaydarajada barqaror bo'lishi va retsessiyaning yangi o'rami jahon iqtisodiyotiga ta'sir qilishi yoki qilmasligi noma'lum. Biroq neft qazib oluvchi mamlakatlarning hukumatlari voqealar rivojining tushkunlikka tomon yuz tutishiga tuzatish kiritib, neft byudjetini va byudjetichi narxini operatsion tartibda qayta ko'rib chiqishmoqda.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Qo'ng'iroq uchun qaytish