Facebook
 
 

Foreks bozorida kerri-treyd operatsiyasi valyutalash sanalari turlicha bo'lgan ikki qarama-qarshi bitimlarni bir paytda tuzishdan iborat bo'lib, ulardan biri oldin ochilgan pozitsiyani yopadi, boshqasi esa darhol uni ochadi. Ya'ni bu — pul miqdori bir xil va qarama-qarshi yo'nalishlarda valyutalashning turli xil sanalariga ega bitim kombinatsiyasidir.

Bunday operatsiyalarning bosh maqsadi ochiq savdo pozitsiyasini tun orqali ko'chirishdan iborat.

Kerri-treydni amalga oshirishda valyuta juftligidagi xarid qilinadigan valyuta shartli ravishda depozitga qo'yiladi, sotiladigani esa - kreditga olinadi. Savdo pozitsiyasini tutib turish muddatlari oldindan ma'lum bo'lmagani uchun depozit va kredit pul o'tkazmalari ochiq pozitsiyani keyingi sutkaga o'tkazishda amalga oshiriladi.

Broker svoplardan foydalanganda bu strategiya ish beradi. Svopni o'tkazish yoki hisobdan chiqarish depozit va kredit foizli stavkalar orasidagi farqqa bog'liq bo'ladi. Agar depozit stavka kredit stavkasidan yuqori bo'lsa, u holda svop savdo hisob-varag'iga o'tkaziladi. Agar kredit stavka depozit stavkadan yuqori bo'lsa, u hoda svop savdo hisob-varag'idan yechib olinadi.

Svopni hisoblash uchun misol tariqasida mamlakatlarning markaziy banki belgilagan foizli stavkalardan foydalanamiz. Xususan, EMB ning foizli stavkasi — 0,05%, AQSh da — 0,25%. 1.2702 kurs bo'yicha 1 lot EUR/USD ni xarid qilish yoki sotish (InstaForeks kompaniyasida — bu tayanch valyutaning, mazkur holda EUR ning 10 000 birligi). Svop uchun bir yildagi to'lov quyidagini tashkil etadi: ((0,05% – 0,25%) x 10 000 x 1,2702) / 100% = -25,404 USD yoki sutkada: -25,404 USD/365 = -0,0696 USD. Agar biz uzun pozitsiyani (xarid qilishda) EUR/USD bo'yicha ochsak, yillik 0,25% li dollar hisobidagi o'zlashtirishi va depozitni yevroda yillik 0,05% da joylashtirish yuz beradi. Kredit stavkasi depozit stavkasidan yuqori bo'ladi, shuning uchun hisob-varag'idan har kuni 0,0696 USD chiqariladi.

EUR/USD bo'yicha qisqa pozitsiya ochilganda (sotuvda) teskari vaziyat yuz beradi: yevroda yillik 0,05% li o'zlashtirish va dollarlarda yillik 0,25% li depozitni joylashtirish. Depoizit stavkasi kredit stavkasidan ortiq, shuning uchun savdo hisob-varag'iga har kuni 0,0696 USD pul o'tkaziladi.

Pozitsiyani chorshanba kuni kechasidan payshanba kuniga ko'chirilgani uchun uch karra miqdorida svop undiriladi/hisob qilinadi. Bu holat chorshanba kuni ochilgan pozitsiya valyutalash sanasiga — juma kuniga ega bo'lgani sababli yuz beradi. Pozitsiyani chorshanba kuni kechasidan payshanbaga ko'chirishda — valyutalash sanasi kuniga emas, balki 3 kunga orttirilishi va dushanba kuni bo'lishi kerak. Shuning uchun chorshanbadan payshanbaga svop uch karra ortiq miqdorda undiriladi yoki ko'shib o'tkaziladi.

Kerri-treyd strategiyasi valyutalar bo'yicha foizli stavkalarda maksimal farqqa ega bo'lgan valyuta juftliklari bo'yicha yaxshi ishlaydi. Masalan: NZDJPY, AUDJPY va boshqalar.

Hisob-kitob uchun 2014 yil oktabr oyida dolzarb hisoblangan ma'lumotlardan foydalanildi. O'qish paytidan materialda keltirilgan banklarning stavkalari va valyuta juftligi kursi haqiqatga to'g'ri kelmasligi mumkin.

Kerri-treyd asosida yo'qotishlarsiz qanday savdo qilish to'g'risida qadamba qadam yo'riqnomali videoni ko'ring:

loader
Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.