Facebook
 
 

Tonggi dodji-yulduz

Bozorda pasaytiruvchi trend paydo bo'lganda uzun qora sham paydo bo'ladi, uning ketidan dodji-yulduz keladi. Xuddi odatdagi tonggi yulduz signari uchinchi kungi tasdiqlash trendning to'la orqaga qaytganidan dalolat beradi. Shunday qilib, tonggi dodji-yulduz trendning ancha katta burilishiga ishora qilishi mumkin, demak mazkur model odatdagi tonggi yulduzga qaraganda ancha ahamiyatli ekan.

Kechki dodji-yulduz

Dodji-yulduz ko'tariluvchi trendda paydo bo'ladi. Uning ketidan yopilish narxi bilan uzun qora tana keladi, u birinchi kunning oq tanasi ichiga qarab chuqur ketadi va maksimal cho'qqida burilib qaytishini tasdiqlaydi. Kechki yulduzning odatdagi modeli kichik tanaga ega, ayni paytda kechki dodji-yulduzda yulduz sifatida dodji paydo bo'ladi, bu esa kechqurungi dodji-yulduzni yanada muhim qiladi. Bundan tashqari, kechki dodji-yulduzga janubiy xoch tarzida havola qilinadi.

Modelning qanday qilib ajratib olish mumkin?

  • Birinchi kun rangi bozor trendining yo'nalishini aks ettiradi.
  • Ikkinchi kun dodji-yulduz bo'lishi kerak (uzilishli dodji).
  • Uchinki va birinchi kunlarning ranglari bir-biriga qarama-qarshi.

Model ortida turuvchi senariy va psixologiya

"Tonggi dodji-yulduz" va "Kechki dodji-yulduz" modellari ortida turuvchi psixologiya tonggi va kechki yulduzlarning oddiy modellaridagi psixologiyaga o'xshaydi. Ularni faqat shu narsa farqlantiradiki, dodji-yulduz avvalgi trendga katta xavf tug'diradi, demak yana ham muhim ekan.

Modelning moslashuvchanligi

Modelning moslashuvchanligi uchinchi kunning birinchi kun tanasi ichiga singish darajasida namoyon bo'ladi. Agar bu singib kirish 50%dar ortiq bo'lsa, u holda bu model grafikda namoyon bo'lishiga barcha imkoniyatlarga ega bo'ladi.

Tonggi dodji-yulduz bolg'acha (to'qmoqqa) keltiriladi, ba'zida aynan dodji-ajdahoga o'xshatiladi.

Kechki dodji-yulduz tushuvchi yulduzga keltiralida, ba'zida esa dodji-qabr toshiga.

Redutsiyalangan model dodjiga qanchalik yaqin bo'lsa, bu model shunchalik kuchli bo'ladi, chunki uchinchi kun yopilishi narxi birinchi kun tanasi ichiga uzoqroq signib ketadi.

Tonggi dodji-yulduz
Tonggi dodji-yulduz
Kechki dodji-yulduz
Kechki dodji-yulduz

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.