Xarid qilishga buqalarning kechiktirilgan orderlarining o'rtacha darajasi

Ko'rsatkich o'z ichiga Buy Limit turidagi xarid qilishning kechiktirilgan va Buy Stop turidagi xarid qilishga kechiktirilgan orderlarning o'rtacha darajalarini aks ettiruvchi ikki chiziqni qamrab oladi. Ikkala qiymat Forex bozori treyderlarining mazkur juftlik bo'yicha xarid qilishga uzun pozitsiyalarga kirishga tayyor turishini ko'rsatadi.

Buy Limit orderlari o'rtacha narxining qiymati savdolarning borish vaqtida kursning tushib ketishi holatiga valyuta juftligini qo'llab-quvvatlashning taxminiy darajasini ko'rsatadi, ya'ni Buy Limit orderlarining o'rtacha kirish nuqtasiga yaqinlashganda kursning tushishi sekinlashuvini kutish kerak. Buy Stop orderlarning o'rtacha narxi qiymati savdolarning borishida kursning ko'tarilishi holiga valyuta juftligining taxminiy "teshib o'tish" darajasini ko'rsatadi.Bu Buy Stop orderlari chiqarib qo'yiladigan o'rtacha daraja demakdir, bu shunday darajaki, unda buqalar ko'tariluvchi trendga ko'shilishga tayyor bo'ladilar.

Buy limit va Buy Stop orderlarining o'rtacha kirish nuqtalarining ikkala qiymati hech qachorn joriy narxga etmaydi, chunki narxning u yoki bu tomonga qarab harakatlangani sari xaridga kechiktirilgan orderlarning bir qismi ishlab ketadi, bu esa Buy limit va Buy Stop orderlarining hisoblanadigan o'rta nuqtasining uzoqlashishini vujudga keltiradi. Shu munosabat bilan mazkur ko'rsatkich faqat Buy Limit yoki Buy Stopning o'rtacha drajasi joriy narxga nisbatan ayni paytda qanchalik yaqin joyshlaganini tahlil qilish nuqtasi nazaridagina foydalanish mumkin.

InstaForeksdan MetaTrader terminalida mazkur statistikaning ko'rinishi XXYYYYYYY simvoli ko'rinishida keltirilgan, bunda XX quyidagi qiymatlarga ega:

EURUSD uchun XX=EU
GBPUSD uchun XX=GU
USDCHF uchun XX=UC
USDJPY uchun XX=UJ
USDCAD uchun XX=UD
EURCHF uchun XX=EC
EURJPY uchun XX=EJ
GBPCHF uchun XX=GC
GBPJPY uchun XX=GJ

Simvolni akslantirish uchun InstaForeks kompaniyasidan MetaTrader 4 savdo terminalida Bozor sharhida o'ng tugmachani bosish va "Hamma simvollarni ko'rsatish" menyusining bandini tanlab olish zarur.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.