Сайт харитаси
العربية Български 中文 Čeština English Français Deutsch हिन्दी Bahasa Indonesia Italiano Bahasa Malay اردو Polski Português Română Русский Srpski Slovenský Español ไทย Nederlands Українська Vietnamese বাংলা Ўзбекча O'zbekcha Қазақша

InstaForeks mijozining kabineti

  • Kabinetning shaxsiy sozlanmalari
  • Kompaniyaning barcha servislariga kirish
  • Batafsil statistika va bitimlar bo'yicha hisobot
  • Moliyaviy operatsiyalarning to'liq to'plami
  • Bir qancha hisob-varaqlarini boshqarish tizimi
  • Ma'lumotlarni himoya qilishning maksimal darajasi

InstaForeks hamkorining kabineti

  • Mijolar va komissiyalar to'g'risida batafsil ma'lumot
  • Hisob-varaqlari va kliklarning grafik statistikasi
  • Vebmaster uchun kerakli vositalar
  • Tayyor veb-echimlar va bannerlarning keng tanlovi
  • Ma'lumotlarning yuqori xavfsizligi
  • Kompaniya yangiliklari, RSS-tasmalar va Foreks-informerlar
Savdo hisob-varag'ini ochish
Hamkorlik dasturi
cabinet icon

InstaForeksdan yana bir Lamborghini!Rulda aynan Sen bo'lishingi mumkin!

Savdo hisob-varag'ini 1000 dollardan boshlab summaga oddiy to'ldir!

Eng yaxshi savdo sharoitlari va hashamatli bonus takliflarini ol! Biz 6 ta afsonaviy sportkarlarni topshirishga ulgurdik! Va bu chegaradan ancha uzoq! Navbatdagi oxirgi avloddagi Lamborghini Huracan seniki bo'lishi mumkin!

InstaForeks – o'z g'alabangga investitsiya kirit!

Hisob-varag'ini tez ochish

O'rgatuvchi xatni olish
toolbar icon

Savdo platformasi

Mobil qurilmalar uchun

Brauzerda savdo qilish uchun

InstaForeks bonuslari

InstaForeks bonuslari

Oltin kapitalni, boylikni yoki farovonlikni o'lchashning eng eski va samarali o'lchovi hisoblanadi. Oltin bilan birga shu maqsadlarda boshqa rangli metallardan ham foydalanilgan. Odamlarning avlodlari bir-birini almashtiradi va barcha uchun oltin pul vazifasini bajarib keldi, keyin pul ekvivalenti bo'lib hisolana boshladi. XIX-XX asrlarda iqtisodiyotning rivojlanishiga uning negizida qaror topgan "Oltin standarti" tizimi katta ta'sir ko'rsatdi. Oltin oldida milliy chegaralar ham chekindi va XX asrning taxminan 70-yillarigacha u jahon valyuta tizimining asosi bo'lib xizmat qildi, shu munosabat bilan qimmatli metallar bilan bajariladigan operatsiyalar qattiq nazoratga olingan edi. Asosan operatsiyalar monitar hokimiyatlar, davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari darajasida amalga oshirilar edi.

Biroq tizimda to'planib qolgan ziddiyatlar natijasida sifat jihatidan o'zgarishlar yuz berdi va valyuta kurslari qad qilingandan o'zgaruvchi kurslarga aylandi. Natijada, oltinning roli o'zgardi, yuridik jihatdan u jahon valyuta aylanmasidan chiqib ketdi. Oltin bilan bitimlarning liberallashuvi boshlandi, xususiy shaxslarning metallga egalik qilish huquqi kengaydi. Qimmatli metallar bozori butunlay o'zgarib ketdi, bozorning tuzilmasi ham, uning ishtirokchilari tarkibi ham, bozordagi operatsiyalar spektri ham o'zgardi.

Hozir oltin to'lov vositasi sifatida boshqa ishlatilmaydi, biroq u iqtisodiy munosabatlar tizimini tark etgani ham yo'q. Bugungi kunga kelib jahon oltin bozori davlat tomonidan juda kam tartibga solinadigan ichki va xalqaro bozorlar yig'indisidan iborat. Bu qimmatbaho metallning o'zi bilan ham, hosilaviy vositalar bilan ham kunu-tun va global savdo qilishni ta'minlaydi.

Jahon oltin bozorida talab tuzilmasini shartli ravishda uchta sektorga ajratish mumkin – barcha darajalarda tezavratsiya, sanoat-maishiy iste'mol, chayqovchilik bitimlari. Taklif yangi qazib olingan qimmatli metallar, xususiy va davlat zaxiralarini sotishdan, ikkilamchi oltinni bo'lgan xomashyoni qayta ishlash va kontrabandadan iborat. Taklifning asosiy manbalari yangi oltinni ishlab chiqaruvchilar, asosiy xaridorlar - uni sanoat maqsadlarida foydalanuvchilar hisoblanadi. Bularning ikkalasi ham turli omillar munosabati bilan bozorda muntazam paydo bo'lmaydi. Ammo qimmatli metallar bozoridagi ko'tarilishlar va tushishlar to'g'risida biz keyinroq gaplashamiz.

Gold Trading

Oltin bozorlari
Xalqaro oltin bozorlari Syurix, Gonkong, London, Nyu-York, Dubay kabi shaharlarda joylashgan. Xalqaro bozorlarning uncha ko'p bo'lmagan ishtirokchilariga nisbatan yuqori talablar qo'yiladi. Bunday ishtirokchilar odatda obro'si yuqori va moliyaviy ahvoli yaxshi bo'lgan ixtisoslashgan kompaniyalar va yirik banklardir. Qimmatbaho metallar bilan yirik operatsiyalar bozorlarda kunu-tun o'tkaziladi, bu esa oltinga aloqasi bo'lgan keng tarmoqlangan mijozlar tarmog'i bilan ta'minlanadi. Operatsiyalar qat'iy tartibga solinmagan, qoidalarni bozor ishtirokchilarining o'zlari belgilashadi. Oltinning ichki bozorlari - bular bitta yoki bir nechta mamlakatning bozorlari bo'lib, ular asosan mahalliy investorlarga mo'ljallangan. Ular erkin va tartibga solinuvchi bozorlarga bo'linadi. Erkin bozorlarga ko'pchilik Yevropa bozorlari, masalan, Milan, Parij, Amsterdam, Frankfurt-na-Maynedagi bozorlar kiradi. Tartibga solinuvchi bozorlarga - ko'pchilik uchinchi dunyo mamlakatlari bozorlari kiradi. Ichki bozorlarda bitimlar asosan mayda quymalar va tangalar bilan amalga oshiriladi, hisob-kitob vositasi sifatida esa mahalliy valyutalar ishtirok etadi.

Qora bozorlar toifasiga Osiyo qit'asidagi ayrim mamlakatlarning oltin bozorlari kiradi. Ularning vujudga kelishi oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirishga yoppasiga davlatlar tomonidan cheklashlar kiritilishi bilan bog'liq. Qora bozorlar yopiq bozorlar bilan parallel ravishda mavjuddir. Qora bozorlar - bu radikal tarzda tashkil etilgan ichki bozorlarning bir shakli bo'lib, bu erda oltinni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan va soliq tartibi tufayli qimmatli metallar bilan savdo qilish ichki narxlar jahon narxlaridan ortiq bo'lgani sababli foyda keltirmaydi.

Gold Trading

Oltin bozorining ishtirokchilari

Oltin qazib oluvchilar

Asosan birlamchi oltin bozorga oltin qazib oluvchi kompaniyalardan kelib tushadi. Ular ham uncha katta bo'lmagan korxonalar shalida, ham yirik korporatsiyalar shaklida ishtirok etishadi. Kompaniyaning bozorga ta'sir ko'rsatishi uning etkazib berayotgan oltin miqdoriga bog'liq bo'lishi mantiqan to'g'ridir. Demak, bozorning boshqa ishtirokchilari yirik oltin qazib oluvchilarning faoliyatiga alohida e'tibor berishadi.

Sanoat

Bu toifaga sanoat va zargarlik kompaniyalarini, shuningdek affinaj (oltinni tozalash va sifatini yaxshilash) bilan shug'ullanuvchi kompaniyalarini ham kiritish mumkin.

Birjalar

Ayrim mamlakatlardagi eng yirik birjalarda qimmatbaho metallar va xususan, oltin savdosi bilan shug'ullanuvchi alohida sektsiyalar bor.

Investorlar

Bozorda ishtirok etuvchi investorlarning turli xil manfaatlari bo'lib, o'z navbatida, bu oltin bilan bog'liq bo'lgan vositalarga turli xil shaklda mablag' kiritishlariga olib keladi. Odatda, oltin bozoridagi investorlar o'rtasida eng ommabop vosita valyutalarning farqiga asoslangan (CFD) bitimlar hisoblanadi.

Bank sektori

Markaziy banklar qimmatli metallar bozorida ko'p qirrali o'rinni egallaydi. Ular oltin bozoridagi eng yirik operatorlar bo'lib hisoblanadi va bir vaqtda bu oltin bilan savdo qilish qoialarini belgilab beradi. Shuni ham ta'kidlash zarurki, zaxira oltinni faol sotish bosh maqsad bo'lib hisoblanmaydi, ammo zaxiralardan oqilona foydalanishga intilishni namoyish qiladi. Markaziy banklar bozor kon'yunkturasiga katta ta'sir ko'rsatadi, bu ayniqsa XX asrning 90-yillarida sezilarli bo'ldi.

Vositachilar va dilerlar

Oltin bozorida ixtisoslashgan kompaniyalar va tijorat banklari professional vositachilar va dilerlar bo'lib hisoblanishadi. Bozorga kelib tushayotgan oltinning deyarli hammasi ularning qo'lidan o'tgani uchun ularning o'rni muhimdir.

Tabiiy metall bozori

Tabiiy oltin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning eng katta hajmi London va Syurixga to'g'ri keladi. Dastlab oltin bilan savdo qilishning katta qismi Londonga to'g'ri kelar edi, bunga, xususan, metallni Britaniya Hamkorlik mamlakatlaridan (avvalo, JARdan) yetkazib berilishi imkon bergan bo'lib, bu mamlakatlarni qimmatbaho metall bilan savdo savoli tarzda tashkil etilgani jalb qilar edi. Oltin Londondan Yevropa qit'asiga, u yerdan Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlariga ko'chirilar edi.

Davomida o'qing

Orqaga