Сайт харитаси
العربية Български 中文 Čeština English Français Deutsch हिन्दी Bahasa Indonesia Italiano Bahasa Malay اردو Polski Português Română Русский Srpski Slovenský Español ไทย Nederlands Українська Vietnamese বাংলা Ўзбекча O'zbekcha Қазақша

InstaForeks mijozining kabineti

  • Kabinetning shaxsiy sozlanmalari
  • Kompaniyaning barcha servislariga kirish
  • Batafsil statistika va bitimlar bo'yicha hisobot
  • Moliyaviy operatsiyalarning to'liq to'plami
  • Bir qancha hisob-varaqlarini boshqarish tizimi
  • Ma'lumotlarni himoya qilishning maksimal darajasi

InstaForeks hamkorining kabineti

  • Mijolar va komissiyalar to'g'risida batafsil ma'lumot
  • Hisob-varaqlari va kliklarning grafik statistikasi
  • Vebmaster uchun kerakli vositalar
  • Tayyor veb-echimlar va bannerlarning keng tanlovi
  • Ma'lumotlarning yuqori xavfsizligi
  • Kompaniya yangiliklari, RSS-tasmalar va Foreks-informerlar
Savdo hisob-varag'ini ochish
Hamkorlik dasturi
cabinet icon

InstaForeksdan yana bir Lamborghini!Rulda aynan Sen bo'lishingi mumkin!

Savdo hisob-varag'ini 1000 dollardan boshlab summaga oddiy to'ldir!

Eng yaxshi savdo sharoitlari va hashamatli bonus takliflarini ol! Biz 6 ta afsonaviy sportkarlarni topshirishga ulgurdik! Va bu chegaradan ancha uzoq! Navbatdagi oxirgi avloddagi Lamborghini Huracan seniki bo'lishi mumkin!

InstaForeks – o'z g'alabangga investitsiya kirit!

Hisob-varag'ini tez ochish

O'rgatuvchi xatni olish
toolbar icon

Savdo platformasi

Mobil qurilmalar uchun

Brauzerda savdo qilish uchun

InstaForex Loprais Team на Ралли Дакар 2018

Лучшие моменты юбилейного 40-го ралли-рейда «Дакар».

Лучшие моменты юбилейного 40-го ралли-рейда «Дакар».

Dakar 2018 oldidan sinovli yurishlar

Peru, Boliviya va Argentina hududlarida bo'lib o'tadigan afsonaviy "Dakar-2018" ralli-marafonining boshlanishiga bir oydan kam vaqt qoldi. Bu safar bizning InstaForex Loprais Team jamoasi trassaga "Ipak yo'li 2017", hamda "Chexiya va Polshaning cho'l yer maydonlarida o'zini yaxshi ko'rsatgan...

Peru, Boliviya va Argentina hududlarida bo'lib o'tadigan afsonaviy "Dakar-2018" ralli-marafonining boshlanishiga bir oydan kam vaqt qoldi. Bu safar bizning InstaForex Loprais Team jamoasi trassaga "Ipak yo'li 2017", hamda "Chexiya va Polshaning cho'l yer maydonlarida o'zini yaxshi ko'rsatgan TATRA Queen 69 ReBorn yuk avtomashinasida 504 raqam ostida chiqadi.

Dakar 2017: eng yaxshi daqiqalar

InstaForex Loprais Team jamoasi Dakar 2017 ralli-marafonida 7-oʹrinni egalladi. Sayyoramizdagi koʹp, toqatsizlik bilan kutilgan ralli poygasi Asunson shahrida 2 yanvar kuni start oldi va 12 kun davom etdi. Shu vaqt ichida Loprays jamoasi 12 ta eng murakkab bosqichni bosib oʹtdi, bunda u Paragvay,...

InstaForex Loprais Team jamoasi Dakar 2017 ralli-marafonida 7-oʹrinni egalladi. Sayyoramizdagi koʹp, toqatsizlik bilan kutilgan ralli poygasi Asunson shahrida 2 yanvar kuni start oldi va 12 kun davom etdi. Shu vaqt ichida Loprays jamoasi 12 ta eng murakkab bosqichni bosib oʹtdi, bunda u Paragvay, Boliviya va Argentinadagi bosib oʹtish qiyin boʹlgan va xavfli maxsus hududlarni bosib oʹtdi. Sadoqatli muxlislar poyga ishtirokchilarini Buenos-Ayresda finish chizigʹida kutib olishdi. Jamoa tarixidagi navbatdagi Dakar maxsus ralli uchun qurilgan Tatra Phoenix evolyutsion modelidagi yangi yuk mashinasida bosib oʹtilgan edi. Bu poygada Alesh Loprays va Martin Koloma InstaForex Tatra Buggyra Racing Formation tandemni yaratib, oʹz kuchlarini birlashtirishdi. Buenos-Ayresga yetib borish yoʹlida texnik nosozliklar ham uchradi: rul gidrokuchaytirgichi taʹmirlandi, orqa amortizatorlardagi muammolar bartaraf etildi. Yomon ob-havo sharoitlari bilan birgalikda, bularning hammasi ishtirokchilarning ruhiy holati va ularning natijalariga salbiy taʹsir koʹrsatdi. Biroq, qiyinchiliklarga qaramay, jamoa poyganing oxirgi bosqichlarini yengib oʹtib, finalgacha yetib kelish imkoni boʹldi. InstaForex Loprais Team marafon yakunlariga koʹra yaxshi natijalar koʹrsatib, 14-oʹrindan 7-oʹringa koʹtarilishiga imkon yaratdi.

Merry Dakar Christmas

Rojdestvo bayramida biz mashhur Malika 69 bilan loygarchilikda, qorda va sovuq mashroitlarda qishki test sessiyasini suratga oldik! Yangi yil va Rojdestvo muborak boʹlsin!

Rojdestvo bayramida biz mashhur Malika 69 bilan loygarchilikda, qorda va sovuq mashroitlarda qishki test sessiyasini suratga oldik! Yangi yil va Rojdestvo muborak boʹlsin!

Dakar-2017 - Pragadgi matbuot-konferensiyasi

Alesh Loprays bo'lajak Dakar-2017 rallisiga o'zining yangi poygachi yuk mashinasi Tatra Feniksni taqdimotini o'tkazdi. Eng keng miqyosli ralliy poygasi 2 yanvarda Asunsonada start oladi va 14 yanvarda Buenos-Ayresda tugaydi.

Alesh Loprays bo'lajak Dakar-2017 rallisiga o'zining yangi poygachi yuk mashinasi Tatra Feniksni taqdimotini o'tkazdi. Eng keng miqyosli ralliy poygasi 2 yanvarda Asunsonada start oladi va 14 yanvarda Buenos-Ayresda tugaydi.

Tatra Buggyra sinov sessiyasi/DAKAR-2017

InstaForex Loprais Team Дakar-2017ga o'zining yangi yuk mashinasi - Tatra Buggyra bilan tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu videotasvirda Siz yangi Tatra Phoenixni sinov sessiyasini ko'rasiz.

InstaForex Loprais Team Дakar-2017ga o'zining yangi yuk mashinasi - Tatra Buggyra bilan tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu videotasvirda Siz yangi Tatra Phoenixni sinov sessiyasini ko'rasiz.

Dakar 2016ning eng yaxshi onlari

Bu yil Dakar 2016 ralli-marafoni 2-16 yanvarda Argentina va Boliviya hududlarida bo’lib o’tdi, bu poyga InstaForex Loprais Team - Alesh Loprays jamoasi uchun haqiqiy sinov bo’ldi. 9 ming kilometrlik marshrut texnik muammolar sababli, baxtga qarshi, to’liq bosib o’tilmadi. To’rtinchi bosqichda...

Bu yil Dakar 2016 ralli-marafoni 2-16 yanvarda Argentina va Boliviya hududlarida bo’lib o’tdi, bu poyga InstaForex Loprais Team - Alesh Loprays jamoasi uchun haqiqiy sinov bo’ldi. 9 ming kilometrlik marshrut texnik muammolar sababli, baxtga qarshi, to’liq bosib o’tilmadi. To’rtinchi bosqichda jamoa dengiz sathidan 4000 m balandlikda yuk mashinasini ta’mirlash uchun zarur qurilmalarsiz va aloqasiz to’xtab qolishdi. Natijada, yetarlicha ko’p vaqtni yo’qotib, Loprays keyingi bosqichga kira olmay qoldi. Mag’lubiyatga qaramay, jamoa tushunlikka tushmayapti va navbatdagi poygacha tayyorgarlik ko’rishga kirishdi. Dakar 2016ning yodda qoladigan yorqin onlari - yangi videorolikda.

InstaForex Loprais Team. Dakar 2016

16 yanvarda Dakar 2016 ralli-reydining oxirgi 13-bosqichi yakunlandi, unda poyga texnikasining to'rtta sinfida: avtomobillar, yuk mashinalari, kvadrotsikllar va mototsikllarda sportchilar ishtirok etishdi. InstaForex Loprais Team jamoasi poygachi kononlar, qumliklar va o'tish qiyin bo'lgan...

16 yanvarda Dakar 2016 ralli-reydining oxirgi 13-bosqichi yakunlandi, unda poyga texnikasining to'rtta sinfida: avtomobillar, yuk mashinalari, kvadrotsikllar va mototsikllarda sportchilar ishtirok etishdi. InstaForex Loprais Team jamoasi poygachi kononlar, qumliklar va o'tish qiyin bo'lgan qumliklarni engib o'tishga qodir bo'lgan IVECO yuk mashinasida kirishdilar. Bu yil Alesh Loprays Dakarda o'zining hamkori gollandiyalik Jerar de Roy bilan birga ishtirok etib, yuk mashinalari sinfidagi ralli-marafonning mutlaq g'olibi bo'ldi.

Marokko 2015 rallisi

Marokkoda 3-9 oktyabrda ralli-reydlar bo'yicha FIA Jaxon kubogining navbatdagi bosqichi - OiLibya of Morocco 2015 bo'lib o'tdi. Marafonning yuk mashinalar sinfidagi beshti bosqichidan uchtasida Alesh Lopraysning InstaForex Loprais Team jamoasi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi, butun poyga...

Marokkoda 3-9 oktyabrda ralli-reydlar bo'yicha FIA Jaxon kubogining navbatdagi bosqichi - OiLibya of Morocco 2015 bo'lib o'tdi. Marafonning yuk mashinalar sinfidagi beshti bosqichidan uchtasida Alesh Lopraysning InstaForex Loprais Team jamoasi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi, butun poyga natijalari bo'yicha esa ikkinchi o'rinni egalladi. Muqaddas finish yo'lida jamoa yangi Iveco Torpedoda juda murakkab qum tepaliklarini, daryolarning qurib qolgan o'zanlarini, Atlas tog' yon barg'irlarini va Qora qit'aning boshqa xavfli qismlarini engib o'tishdi.

Afrika sahrosida ikkinchi test-drayv

Mazkur videoda jamoaning yangi ralliy mavsumiga va "Dakar 2016" marafoniga tayyorgarligi to'g'risida hisobot taqdim etilgan. Bu safar sinovlar uchun poligon sifatida Marokkoning cho'l tekisliklari tanlandi. Alesh Loprays o'zining hamkasbi - taniqli ralliy poygachisi Jerar de Roy bilan birga...

Mazkur videoda jamoaning yangi ralliy mavsumiga va "Dakar 2016" marafoniga tayyorgarligi to'g'risida hisobot taqdim etilgan. Bu safar sinovlar uchun poligon sifatida Marokkoning cho'l tekisliklari tanlandi. Alesh Loprays o'zining hamkasbi - taniqli ralliy poygachisi Jerar de Roy bilan birga texnikani test sinovlaridan o'tkazdi.

InstaForex Loprais Team: Afrika sahrosida o'tishni sinab ko'rish

Jamoa yangi yuk mashinasining Saxara sahrosidagi ekstrimal sharoitda o'tuvchanligini va kuchini sinab ko'rdi. Afrikadagi yo'lsiz joylardagi safarda biz "jangovor mashinani" faqat test sinovlaridan o'tkazibgina qolmay, balki poyga vaziyatida jamoaning birdamligini ham sinovdan o'tkazidik. Oldin...

Jamoa yangi yuk mashinasining Saxara sahrosidagi ekstrimal sharoitda o'tuvchanligini va kuchini sinab ko'rdi. Afrikadagi yo'lsiz joylardagi safarda biz "jangovor mashinani" faqat test sinovlaridan o'tkazibgina qolmay, balki poyga vaziyatida jamoaning birdamligini ham sinovdan o'tkazidik. Oldin ma'lum bo'lganidek, "Dakar" rallisining ikki mashhur ishtirokchisi - Alesh Loprays va Jerar de Roy - bo'lajak musobaqalarda birga ishtirok etish niyatlari bor ekan.

Dakar 2015ning eng yaxshi onlari

Mazkur videorolikda "Dakar 2015" ralli-marafonining eng yaxshi va eng o'ziga tortuvchi onlarining retrospektivasi taqdim etilgan. Yetti minut mobaynida Siz "Dakar"ning eng yorqin va yodda qoladigan voqealari: InstaForex Loprais Team jamoasining taqdimoti, poyga starti va Buenos-Ayresdagi finish...

Mazkur videorolikda "Dakar 2015" ralli-marafonining eng yaxshi va eng o'ziga tortuvchi onlarining retrospektivasi taqdim etilgan. Yetti minut mobaynida Siz "Dakar"ning eng yorqin va yodda qoladigan voqealari: InstaForex Loprais Team jamoasining taqdimoti, poyga starti va Buenos-Ayresdagi finish bo'ylab sayoxat qilasiz. Jazirama, cheksiz sahro, qum uyumlari, qoyalar, Tinch okeani sohillari, tekisliklar va maxsus asfaltlangan hududlar - bularning hammasi "Dakar 2015"dir. Ralli avtosportining jahondagi 1-raqamli voqeasi navbatdagi marta barcha ishqibozlarga musobaqa shukuhiga to'la bo'lgan unutilmas kunlarni, har bir soniya uchun kurashni va sportchilarning bukilmas xarakterini sovg'a qildi. Bu yil Alesh Loprays jamoasi uchta Kamazga o'rin berib yana birini orqada qoldirib 4-o'rinni egalladi. Bu jamoaning qay darajada ko'p texnik muammolarga duch kelganini hisobga olib, bu ancha yaxshi natijadir.

Jamoaning bosh sahifasi
Ko'proq ko'rsatish
loader