العربية Azərbaycan Български 中文 Čeština English Français ქართული Deutsch Magyar हिन्दी Bahasa Indonesia ایرانی Italiano 日本語 한국어 Lietuvių Bahasa Malay اردو Polski Português Română Русский Srpski Slovenský Español ไทย Türkçe Nederlands Українська Vietnamese বাংলা Ўзбекча O'zbekcha Қазақша

Кабинет клиента ИнстаФорекс

  • Персональные настройки кабинета
  • Доступ ко всем сервисам компании
  • Подробная статистика и отчетность по сделкам
  • Полный спектр финансовых операций
  • Система управления несколькими счетами
  • Максимальная степень защиты данных

Кабинет партнера ИнстаФорекс

  • Подробная информация о клиентах и комиссиях
  • Графическая статистика счетов и кликов
  • Необходимые инструменты для вебмастера
  • Готовые веб-решения и широкий выбор баннеров
  • Высокая безопасность данных
  • Новости компании, RSS-ленты и Форекс-информеры
Открыть торговый счет
Партнерская программа
cabinet icon

Ещё один Lamborghini от ИнстаФорекс!И за его рулем можешь оказаться именно Ты!

Просто пополни торговый счет на сумму от 1000 долларов!

Получай лучшие торговые условия и роскошные бонусные предложения! Мы уже вручили 6 легендарных спорткаров! И это далеко не предел! Следующий Lamborghini Huracan последнего поколения может стать твоим!

ИнстаФорекс – инвестируй в свои победы!

Быстрое открытие счета

Получить обучающее письмо
toolbar icon

Торговая платформа

Для мобильных устройств

Для торговли в браузере

Бонусы ИнстаФорекс

Бонусы ИнстаФорекс
Пополнить счет
Снять средства
pay icon
  • Atlanta Fed Index
    Atlantadagi Federal zaxira bankining Omilkorlik faolligi indeksi.
    Atlantadagi ishlab chiqaruvchilardan ularning hozirgi iqtisodiy vaziyatga nisbatan munosabatlari masalasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalarini ifoda etadi. "0" dan past raqamlar iqtisodiyot rivojlanishi sur'atlarining sekinlashuv indikatori bo'lib hisoblanadi. Uning qiymati har oyning 10-sanasidan so'ng soat 14:00 (GMT)da e'lon qilinadi. Bu indeks bozorga cheklangan tarzda ta'sir ko'rsatadi, chunki omilkorlik faolligining indikatori milliy daraja (NAPM index) chiqqandan so'ng e'lon qilinadi. Bu indeks qiymatining o'sishi dollar kursining o'sishi uchun qulay omil bo'lib bo'lib hisoblanadi.
  • Average Earnings Growth / O'rtacha ish haqining o'sishi
    Indikator keyingi uch oy ichida ish haqlarining o'sishini hisobga olish yo'li bilan hisoblanadi (bunda "o'tkazilgan" emas, balki haqiqatan amalga oshirilgan barcha to'lovlar hisobga olinadi). Bu inflyatsiyaning bo'lajak darajasining yaxshi ko'rsatkichidir, chunki agar ish haqining o'sishi mehnat unumdorligining o'sishi bilan qoplanmagan bo'lsa, narxlarning ko'tarilishi sababi hisoblanadi. U muhim indikatorlardan biri hisoblanadi, ularga muvofiq Angliya Banki foizli stavkalar darajasini belgilab beradi. Har oyda chiqadi. Bozorga katta ta'sir ko'rsatadi.
  • Average Hourly Earnings / O'rtacha soatlik ish haqi
    Bu indikator AQShda chiqadi va mutlaq qiymat ko'rinishida va avvalgi ko'rib chiqish davriga nisbatan indeks ko'rinishida ifodalanadi. Uni ishchi kuchi qiymatining o'sishi bilan bog'liq bo'lgan potensial inflyatsiya indikatori sifatida ko'rib chiqiladi. Bozorga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Asosiy foiz stavkalarining oshishini kutish sharoitlarida uning qiymatining o'sishi dollar kursining oshishiga olib kelishi mumkin. Odatda, har oyning birinchi juma kuni soat 13:30 (GMT) da "Nonfarm payrolls" ko'rsatkichi bilan bir vaqtda e'lon qilinadi.
  • Average Workweek / O'rtacha ish haftasi
    Indikator oy davomidagi o'rtacha ish haftasining davomiyligini ko'rsatadi. Odatda, har oyning birinchi juma kuni soat 13:30 (GMT) da "Nonfarm payrolls" ko'rsatkichi bilan bir vaqtda e'lon qilinadi. Bozorga amalda ta'sir ko'rsatmaydi. Mamlakatda bandlikning holatini uzoq muddatli tahlil qilish uchun foydalaniladi. U iqtisodiy siklning turli bosqichlarida mehnat bozori holatining "yaxshi" ko'rsatkichi hisoblandi. U "Industrial production" (Sanoat ishlab chiqarishi) va "Personal income" (Shaxsiy daromadlar) kabi ko'rsatkichlar uchun belgilovchi indikatorlardan biri bo'lib hisoblanda, ularning qiymatlari kechrok e'lon qilinadi.
  • Balance of Payments (Current Account) / To'lov balansi
    Indikator chet eldan keladigan to'lovlarning summasining chet elga ketadigan to'lovlar summasi orasidagi nisbatni ifoda etadi. Agar mamlakatga kirib kelayotgan to'lovlar boshqa mamlakatlarga va xalqaro tashkilotlarga to'lovlardan ortiq bo'lsa, to'lov balansi aktiv (ijobiy saldo) hisoblandi, agar aksincha bo'lsa - passiv (manfiy saldo) bo'lib hisoblanadi. Ijobiy saldo (yoki manfiy saldo kattaligining kamayishi) milliy valyuta kursining o'sishi uchun qulay omil bo'lib hisoblanadi. Har oyda chiqadi. Indikatorni bozor e'tiborga oladi.
  • Balance of trade / Savdo balansi
    Narxlarda ifodalangan eksport va importning orasida farq. Har oyda chiqadi. Bozorga kuchsiz ta'sir qiladi.
  • Beige Book
    AQSh Federal zaxira tizimi (FZT)ning iqtisodiy sharhi. Bu FZT hisobotlarining to'plami bo'lib, u AQShning Iqtisodiy rivojlanishi dinamikasini ifoda qiladi va FZTning kredit-pul siyosati sohasidagi bundan keyingi harakatlarining indikatori bo'lib xizmat qiladi. AQShning o'n ikkita Federal zaxira banklari tomonidan ishlab chiqariladi. Sharh sanomat ishlab chiqarish, xizmatlar, qishloq xo'jaligi, moliya institutlari, mehnat bozori, ko'chmas mulk bozori sohalarini qamrab oladi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi. Bozorda foiz stavkalarining o'zgarishi mumkinligi to'g'risida mishmishlar paydo bo'lganda, bunda sharhning ish haqi va narxlarning holati to'g'risida gap boradigan qismiga e'tibor qilinadi. Sharh iqtisodda qaror topgan yo'nalishni tasdiqlash nuqtai nazaridan foydalidir. Uning qiymati yiliga 8 marta chorshanba kunlari, AQSh Federal zaxira tizimining Ochiq bozor qo'mitasi (FOMC) ning navbatdagi yig'ilishigacha ikki hafta avval soat 19:00 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Budget Deficit - Public sector borrowing requirement - PSBR / Byudjet defitsiti
    Katta byudjet defitsiti davlat qarzining ortishiga olib keladi va inflyatsiyani tezlashtiruvchi katalizator vazifasini bajarishi mumkin. U katta harajatlar, yoki katta bo'lmagan daromadlar tufayli vujudga keladi. Bundan byudjet defitsiti muammosini hal qilishning ikki usuli kelib chiqadi - harajatlarning pasayishi (birinchi navbatda, harajatlarning ijtimoiy moddalari - sog'liqni saqlash, ta'lim va h.k. aziyat chekadi), yoki soliqlarning oshirilishi. Birinchi holda muammo mamlakatning kam ta'minlangan aholisi hisobiga hal qilinadi, ikkinchi holda soliq to'lovchilar hisobiga hal qilinadi. Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham byudjet defitsiti muammosini hal qilish juda orbo'li guruhlar manfaatlariga ta'sir qiladi, bundan uni hal qilishdagi qiyinchiliklar kelib chiqadi. Ikkinchi tomondan, byudjet defitsiti muammosini hal qilmasdan, hukumat inflyatsiyani yuqoriga tomon turtadi, va buning oqibatida foizli stavkalarning ortishi yuzaga keladi. Bu esa mamlakat aholisi (tovarlarni va ko'chmas mulkni kreditga oluvchi xaridorlar bo'lib hisoblangan) va ishlab chiqarish sektorini ko'pchiligining manfaatlariga zid bo'ladi. Uncha katta bo'lmagan byudjet defitsiti yoki hatto uning to'la mavjud bo'lmasligi, odatda yuqori soliqlardan va davlat xarajatlarining pastligidan dalolat beradi (alohida uncha katta bo'lmagan harbiy xarajatlar hisobiga). Birinchi holatda soliq to'lovchilar, ikkinchi holatda - byudjet mablag'lari oluvchilar (ijtimoiy dasturlar va harbiy-sanoat majmuasi) aziyat chekadi. Past byudjet kamomadi inflyatsiyaning pasayishiga, bundan kelib chiqadigan barcha salbiy oqibatlari bilan birga olib keladi. Harbiy-sanoat lobbisining deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarning siyosatiga ancha katta ta'sir ko'rsatishi oqibatida shunday xulosa chiqarish mumkinki, past darajadagi byudjet defitsiti mazkur mamlakatlarning hukumatlari uchun foydali emas. Samarali byudjet defitsiti mamlakat byudjetidan manfaatdor bo'lgan barcha guruhlarning manfaatlariga amal qilganda mo tadil inflyatsiyaga asoslangan. Indikator bozorga katta ta'sir ko'rsatmaydi. Har oyda chiqadi.
  • Building Permits / Qurish uchun ruxsatlar
    Indikator yangi uylarni qurish uchun ruxsatlar miqdorini ko'rsatadi. Indikator asosiy foiz stavkalarining o'zgarishiga juda sezgirdir, chunki qurilishga bank kreditlarini olish kerak. Bu ma'lumotlar ko'chmas mulk bozorining xususiyatlari tufayli mavsumiy tebranishlarga moyildir. Qurilish jarayoni aholining daromadlari bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'langan. Shuning uchun qurilish hajmlarining ortishi uning farovonligining oshganini va iqtisodning sog'lom rivojlanishini ifodalaydi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi. Uning qiymatini o'sishi milliy valyuta kursiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Uning qiymati har oyning uchinchi haftasida soat 13:30 (GMT)da "Housing starts" ko'rsatkichi bilan bir paytda e'lon qilinadi.
  • Business Inventories / Ulgurji omborlardagi zaxiralar
    Ko'rsatkich o'z ichiga barcha ishlab chiqarilgan va omborlarda saqlanayotgan tovarlarni qamrab oladi. Uning o'sishi tovarlarni o'tkazishning susayganidan, iqtisodning salbiy holatidan dalolat beradi, bu esa valyutaning kuchsizlanishiga olib keladi. Har oyning 15-sanasida soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi. Quyidagicha qonuniyat mavjud: bir necha oy mobaynida zaxiralarning ortishi iqtisodiyotda to'xtab qolish hodisalarining mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Bu indikatorning bozorga ta'siri cheklangan. Ammo uning harakatdagi barqaror yo'nalishi bozorga katta ta'sir ko'rsatadi. Indeks qiymatining ortishi dollar kursiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
  • Capacity Utilisation / Foydalanish sig'imi
    Ishlab chiqarish quvvatlarining yuklanganligi ko'rsatkichi. Mahsulotning umumiy ishlab chiqarishining umumiy imkoniyatlariga nisbati. Iqtisodning hozirgi holatini ifodalaydi. Mazkur ko'rsatkich uchun maqbul qiymat 81.5% mavjud. 81.5% dan kamroq qiymat iqtisodning va valyutaning susayganidan dalolat beradi va aksincha. Har oyning 15-sanasida soat 14:15 (GMT)da e'lon qilinadi (avvalgi oy ma'lumotlari).
  • CBI Distributive Trades
    Sharh (raqamlar shaklida) biznesmenlarning savdo sohasiga nisbatan omilkorlik kayfiyatlarini aks ettiradi. Sharhning iqtisod rivojlanishi haqiqiy istiqborlari bilan bevosita aloqasi yo'q. Indikatorni bozor inobatga oladi. Har oyning 15-sanasida soat 14:15 (GMT)da e'lon qilinadi (avvalgi oy ma'lumotlari).
  • CBI Industrial Trends / Brintaniya Ishlab chiqaruvchilari Kofederatsiyasining iqtisodiy sharhi
    Sharh (raqamlar shaklida) biznesmenlarning iqtisodiy ishlab chiqarish sektorining holati masalasidagi omilkorlik kayfiyatlarini aks ettiradi. Sharh iqtisod rivojlanishining haqiqiy istiqborlari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada emas. Har oy chiqadi. Indikatorni bozor e'tiborga oladi. Chain Store Sales Magazin tarmoqlarida sotuvlar harakati to'g'risida ma'lumotlar. Oyning 5-ish kunida 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi, (oldingi oy ma'lumotlari).
  • Chicago PMI Index / Chikagodagi Menejerlar Assotsiatsiyasining ishchanlik faolligi indeksi
    U Chikagodan sanoat sohasidagi xaridlar bo'yicha menejerlardan o'tkazilgan so'rovnoma natijalaridan iborat. Bu indeks ishlab chiqarish buyurtmalarining, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning narxlari va omborlardagi tovar zaxiralarining holatiga tegishlidir. "45-50"dan past raqamlar iqtisodning rivojlanish sur'atlarini sekinlashishi indikatori bo'lib hisoblanadi. Uni yaxshilab kuzatib borishadi, chunki u Menejerlarning Milliy Assotsiatsiyasi (NAPM)ning ishchanlik faolligi indeksi chiqishiga yaqin qolganda e'lon qilinadi. Bu indeks bozorga ancha kuchli ta'sir ko'rsatadi, chunki u milliy darajada (NAPM) omilkorlik faolligi indikatori qanday chiqishi to'g'risida tasavvur berishi mumkin. Indeks qiymatining o'sishi dollar kursining o'sishiga olib keladi. Uning qiymati har oyning oxirgi biznes kunida soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Construction Spending / Qurilish uchun harajatlar
    U shaharda turar joy qurilishiga harajatlarga, shahar tashqarisidagi turar joy qurilishi harajatlariga, shuningdek aholining yangi qurilishga harajatlariga ajraladi. Indikatorning kuchli darajada tebranishlari munosabit bilan uning bozorga ta'siri uncha katta emas - faqat 3 oy va undan ortiq vaqt davomida davom etadigan yo'nalishlargina qarab chiqiladi. Uning qiymatining o'sishi milliy valyuta kursiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Oyning 1-ish kunida soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi. Indikator asosiy foizli stavkalarining o'zgarishlariga juda sezgir, chunki qurilish uchun bank kreditlari olish kerak. Bu ma'lumotlar, ko'chmas mulk bozori xususiyatlari tufayli mavsumiy o'zgarishlarga moyildir. Qurilish jarayoni aholi daromadlarining holatiga bevosita bog'liq. Shuning uchun qurilish hajmining ortirilishi uning farovonligi yaxshilanishini va iqtisodning sog'lom rivojlanishini ifodalaydi.
  • Consumer Confidence / Iste'molchilarning ishonchi indeksi
    Iste'molchilarning kutishlari (kayfiyatlari). Harajatlariga individual moyillikni baholash uchun ishlab chiqilgan uy xo'jaliklari sharhi. U 2 ta indeksostidan iborat - iste'molchilar tomonidan joriy sharoitlarni baholash va kelajakka nisbatan kutishlar (indeksning butun vaznidan 60%). Oyning oxirgi seshanbasida soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi (joriy ma'lumotlari). Bu sharh iste'molchilarning optimizmini o'lchashga urinish hisoblanmoqda.Indeks 1967 yildan beri hisoblab kelinmoqda. Dastlab u "100"ga teng edi. U bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi, chunki u iqtisodning haqiqiy holatini aks ettirmasligi mumkin. Biroq u bandlik sohasida va iqtisodning umumiy holati sohasidagi yo'nalishlarni bashorat qilish uchun an'anaviy tarzda foydalaniladi. Indeks qiymatining o'sishi milliy iqtisodning rivojlanishi uchun ijobiy omil hisoblanadi va dollar kursining o'sishiga olib keladi.
  • Consumer Credit / Iste'molchilar krediti
    Amerikaliklar tomonidan kredit kartochkalari orqali kredit tizimidan foydalanish hajmini, shaxsiy o'zlashtirishni va qarzga xarid qilishni aks ettiradi. Iste'molchilik talabining indikatori bo'lib hisoblanadi. Bunday indikatorning katta ahamiyatga ega bo'lishi iste'molchilarning o'z moddiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun "qarzga botish"dan qo'rqmasliklaridan dalolat beradi. Biroq raqamlar ko'pincha qayta ko'rib chiqiladi va katta mavsumiy o'zgarishlarga ega. Masalan, iste'molchilik kreditining kattaligi Yangi yil arafasida ortadi. Bozorga chekalangan ta'sir ko'rsatadi. Indeks qiymatining o'sishi milliy iqtisodning rivojlanishi uchun ijobiy omil hisoblanadi va dollar kursining o'sishiga olib keladi. Uning qiymati har oyning 7-sanasi atrofida soat 20:00 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Consumer Price Index - CPI / Iste'molchilar narxlarining indeksi
    Bu ko'rsatkich yangi tovarlar va xizmatlarga narxlardan tashqari, iste'molchilarning qayd qilingan korzinasi chakana narxlarining o'zgarishini baholaydi. O'z ichiga import mahsulotlari, doimiy talabdagi xizmatlar (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, yonilg'i, transport, tibbiy xizmat va h.k.)ni va soliqlarni oladi. Tahlilchilar tomonidan "asosiy ko'rsatkich", (Core) CPI yetarlicha tez-tez foydalanib turiladi, u uz ichiga oziq-ovqat va energiya mahsulotlarini olmaydi. Mazkur ko'rsatkichning o'sishi valyuta kursining tushishi vujudga keltiradi. Buyuk Britaniyada u chakana narxlarning indeksi (RPI -Retail price index) deb ataladi. -0.5% dan Q0.5% gacha tebranishlarda bo'ladi. Odatda, kutilayotgan qiymatdan 0.2 ga og'ishlar valyuta bozorining sezilarli darajada aks ta'sirini vujudga keltirish uchun yetarli bo'ladi. Har oyning 13-sanasida soat 15:30 (GMT)da e'lon qilinadi (avvalgi oy ma'lumotlari). CPI ko'pincha inflyatsiya darajasining asosiy indikatori sifatida qaraladi. Shu bilan birga u bir qator kamchiliklarga ega. Ma'nosiga ko'ra, 1993 - 1995 yillar darajasiga me'yorlangan tayanch tovarlar va xizmatlar holatining iste'molchilik narxlari o'lchovidir; bu davrda indeksning qiymati 100 deb qabul qilingan. 171.8% indeksning qiymati mazkur oyda korzinaning narxi tayanch davrdagidan 71.8% yuqori ekanini anglatadi. Jiddiy aytganda, CPU indeksining 2 versiyasi mavjud: CPU-U va CPU-W. Investorlar va treyderlar asosan mamlakatning taxminan 80% aholisini qamrab oluvchi CPU-U indeksiga asosiy diqqat-e'tiborni qaratishadi. Biroq bir qator ijtimoiy va boshqa to'lovlarning o'lchovini hisoblash uchun CPU-W dan foydalaniladi va bu unchalik to'la bo'lmagan mantiqqa to'g'ri keladi. Agar Pi (0) qayd qilingan vaqtda (tayanch davrda) iste'molchilik korzinasidagi tovarning narxi, Pi (t) esa t vaqtdagi (hozirgi) narxi va wi - mazkur tovarga iste'molchilik korzisida biriktirilgan vazn bo'lsa (barcha vaznlar yig'indisi 1 ga teng), u holda indeks I q wi Pi (t) / Pi (0) ko'rinishiga ega bo'lishi mumkin.
    Bandlikni hisobga olish byurosi (Bureau of Labor Statistics) har oyda tayanch iste'molchilik korzinasining narxini aniqlab boradi. Ma'lumotlar butun mamlakat bo'ylab 85 ta shahardan yig'ib olinadi va ularning nisbiy muhimligiga mos holda o'rtachalashtiriladi (o'rtacha qiymati hisoblanadi). Korzinaning tarkibini va nisbiy vaznlarni aniqlash uchun BLS 10 yilda bir marta aholi xarajatlarining tuzilishini tadqiq qiladi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakka, CPI iste'molchilarning narxlari unda hisobga olinadigan tovarlardan ko'ra uncha taniqli bo'lmagan firmalarning arzon mahsulotlarini xarid qilish odatini hisobga olmaydi. Bundan tashqari, u e'lon qilingan narxlarni hisobga olib, har qanday chegirmalarga e'tibor berilmaydi. Bunday omillarning ta'siri 0.5 - 1.5% qilib baholanadi. Unda shuningdek vaqt o'tishi bilan tovar va xizmatlar sifatining yaxshilanib borishi hisobga olinmaydi. Ist'emolchilik korzinasi tarkibini tanlash oson vazifa emas, va u maxsus statistik tadqiqotlarga asoslanadi, chunki u mazkur mamlakat uchun xos bo'lgan iste'molchilik ne'matlari, narxlarning o'zgarishini aks ettirishi kerak bo'lib, ular yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarning yo'nalishini haqqoniy ko'rsatishi kerak. Masalan, AQShda statistika 19000 chakana savdo firmalarini va 57000 uy xo'jaliklarini mamlakatning taxminan 80% aholisidan nufuzli tanlab olingan vakil sifatida qamrab oladi. Iste'molchilik korzinasi tarkibining 44.1%ini tovarlar, 55.9%ini xizmatlar tashkil etadi. Oziq-ovqat mahsulotlari va energiya tashuvchilarning narxlari eng ko'p o'zgarishi sababli (siklik tarzda ham, turli xil iqtisodiy tanazzullar sababi bilan ham) alohida ravishda CoreCPI indikatorda korzina tarkibidan oziq-ovqat mahsulotlari va energiya manbalari (CPI EX FOOD&ENERGY) chiqarib tashalangan.

    CPI holatining asosiy xususiyatlari biznes-siklida:
    - oziq-ovqat mahsulotlari va energiya manbalari narxi eng ko'p o'zgaruvchanlikka ega, narxlarning o'zgaruvchanligi xizmatlar narxlariga qaraganda (bu erda foods&energy hissasi 6% dan oshmaydi) tovarlar narxlarida kattaroqdir (bu yerda foods&energy hissasi 50% gachani tashkil etadi);
    - xizmatlar sohasidagi inflyatsiya tovar bozoridagi inflyatsiyadan taxminan 6-9 oyga kechikmoqda;
    - inflyatsiyaning o'zining xususiy sikli mavjud bo'lib, u iqtisodning umumiy o'sish sikliga nisbatan kechikadi.
    Indeksning o'sishi kursning tushib ketishini vujudga keltirishi mumkin.
  • Consumer Sentiment Index / Michigan Universitetining iste'molchilar kutishlari indeksi
    Iste'molchi kelajakdan xavotirlanishi va ishonchsizlikni sezaboshlaganda u o'z xarajatlarini mablag'larni yig'ish tomoniga o'zgartiradi. Bunday iste'molchilar yetarli darajada ko'p bo'lganda iste'molchilik xarajatlarining qisqarishi umuman iqtisodga ta'sir qila boshlaydi. Iste'molchilik optimizmining bir qancha chegaralari mavjud. Biz Michigan shtati Universitetida hisoblanadigan indeksni qarab chiqamiz, u ilgarilab boruvchi iqtisodiy indikatorlar indeksi (Index of Leading Economic Indicatiors) qatoriga kiradi. Savdo departamenti (Commerce Department) tomonidan o'tkazilgan statistik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bu indeks boshqalarga qaraganda kelajakdagi iqtisodiy faollik bilan yaxshiroq moslashgan. University of Michigan Sentiment Index indeksi har oyda taxminan 500 nafar iste'molchidan telefon orqali so'rovnoma o'tkazish yo'li bilan keltirib chiqariladi. Iste'molchilardan har biriga ularning moliyaviy holatiga tegishli 5 ta savol beriladi va iqtisodning hozirgi ahvoli (2 ta savol) va kelajagi to'g'risida (3 ta savol) fikrlari aniqlanadi. Iqtisodiy vaziyat yaxshilanganini ta'kidlagan respondentlarning foizli ulushi olinadi, ulardan ahvol yomonlashganini aytganlar ulushi ayriladi, hosil bo'lgan songa 100 soni qo'shiladi. Dastlabki 2 ta savolga berilgan javoblardan hozirgi iqtisodiy holat sharhi shakllantiriladi, oxirgi 3 ta savdodan esa iste'molchilarning kutishlari indeksi shakllantiriladi. Shunday qilib, kutishlar indeksining taxminan 60%iga javob beradi. Hisobot oyiga ikki marta chiqadi: hisobot oyining ikkinchi haftasida taxminan 15-sanasida (odatda juma kuni) chiqadi (dastlabki), va ikki haftadan so'ng (yakuniysi) chiqadi. 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi. Indeks qiymatining o'sishi dollar kursining o'sishiga olib keladi.
  • Dow Jones Industrial Average / Dou-Djons sanoat kompaniyalarining aksiyalarining kurslari indeksi
    Amerika aksiyalarining eng mashhur indeksi. U o'z ichiga Nyu-York fond birjasida kotirovka qilinadigan 30 ta aksiyani qamrab oladi. "Dou" deb ataluvchi bu indeks AQShdagi eng yirik kompaniyalarning aksiyalari holatining barometri hisoblanadi. Indeks korporatsiyalarning juda ko'p miqdordagi aksiyalari o'rta arifmetik narxining o'sish (pasayish) sur'atlarini hisoblashga asoslangan.
    Durable Goods Orders - DGO / Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga buyurtmalar. Bu iste'molchilarning kutishlarini va pul mablag'larini sarflash qobiliyatlarini aks ettiruvchi, ularning ishonchi ko'rsatkichidir. Uning o'sishi iqtisodning holatini ijobiy ifodalaydi, valyutaning mustahkamlanishiga yordam beradi. Pastga tushishi esa qarama-qarshi natijalarga olib keladi. Biroq o'sish mudofaa sanoati buyurtmalarining ortishigi hisobiga va boshqalar hisobiga ham yuz berishi mumkin, shuning uchun sanoatning barcha sohalarida buyurtmalarning ortishiga ko'proq e'tibor berish kerak. Har oyning 26-sanasida soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi (oldingi oy uchun ma'lumotlar). DGO indeksi ancha qulay ilgarilab boruvchi indikator hisoblanadi: ko'pchilik ishlab chiqaruvchilar mavjud buyurtmalarga qarab mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishlari sababli DGOning pastga tushishi ishlab chiqarishning tushib ketishidan dalolat beradi va aksincha. Odatda DGO indeksi iqtisodiy tsikl ko'tarilishidan retsesssiyaga tomon burilishigacha 6-8 oy avval va resessiya to'xtaguncha qadar bir necha oy oldin pastga tusha boshlaydi. Kommertsiya departamenti (Department of Commerce)ning hisobga olish byurosi (U.S. Census Bureau) indeksni taxminan 5000 ta ishlab chiqaruvchilarning har oylik sharhlari asosida hisoblab chiqadi. Bitim yoki boshqa hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ijro etish shart bo'lgan buyurtmalar hisobga olinadi.
  • Employment Cost Index / Ishchi kuchining qiymati indeksi
    U o'z ichiga ish haqini va ishsizlik bo'yicha nafaqani qamrab oladi. U mamlakat iqtisodida inflyatsiya jarayonlarining mavjudligini ko'rsatuvchi indikator vazifasini bajarishi mumkin. Ishchi kuchining qiymati indeksi Federal zaxira tizimi o'zining pul siyosatini amalga oshirishda diqqat bilan kuzatib boradigan indikatorlardan biri hisoblanadi (bu ko'p narsa to'g'risida ma'lumot beradi). Asosiy foiz stavkalarining ko'tarilishini kutish sharoitida uning qiymatini o'sishi dollar kursining ko'tarilishiga olib keladi. U o'rtacha va uzoq muddatli bashoratlar uchun foydalaniladi. Uning qiymati har chorakda, e'lon qilingan oyning 20-sanasidan keyin soat 13:30 (GMT)da ma'lum qilinadi.
  • Existing and New Home Sales / Ko'chmas mulning sotuvlari dinamikasi haqida ma'lumotlar
    Ko'rsatkich ko'chmas mulk sektorida talab va taklifni aks ettiradi, ipoteka kreditlari bo'yicha stavkalardan orqada qoladi, yetarlicha nobarqaror hisoblanadi, oyma-oy qayta ko'rib chiqiladi. Tahlilchilar mavjud uylarning sotilishi to'g'risidagi hisobotlarga ko'proq e'tibor beradilar. Har oyning 25-sanasida soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi (oldingi oy ma'lumotlari). U iste'molchilarning optimizmi (xaridorlik ishonchi) to'g'risida va ularning qimmatbaho buyumlarni xard qilish qobiliyati to'g'risida tasavvur berishi mumkin. Bu ma'lumotlar, ko'chmas mulk bozori xususiyatlari tufayli mavsumiy o'zgarishlarga moyildir. Qurilish jarayoni aholining daromadlari holati bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Shuning uchun qurilish hajmlarining ortirilishi uning farovonligi yaxshilanganidan va iqtisodning sog'lom rivojlanishidan dalolat beradi. Uning qiymatining o'sishi milliy valyuta kursiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yangi sotilgan uylarning miqdori ko'chmas mulkni kafil sifatida ssudalar bo'yicha stavkasi o'sganda o'sishga tomon yo'nalish oladi, bu asosan mamlakatdagi foiz stavkalari bilan bog'liq. Bu ma'lumotlar ko'chmas mulk bozorining xususiyatlari tufayli mavsumiy tebranishlashga moyildir. Shuning uchun "New home sales" ko'rsatkichini tahlil qilishda "sirpanuvchi o'rtachalar" (moving average) qiymatlaridan foydalaniladi.
  • Export Prices / Eksportga narxlar
    Indeks bir oylik eksport narxlarining o'zgarishini aks ettiradi. Inflyatsiya indikatori bo'lib hisoblanadi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi. Asosiy foiz stavkalarining oshishini kutish sharoitida indeks qiymatlarining o'sishi dollar kursining ko'tarilishiga olib keladi. Uning qiymati har oyda taxminan 10-sanasida soat 13:30 (GMT)da "Import prices" ko'rsatkichi bilan bir vaqtda e'lon qilinadi.
  • Factory Orders - Manufacturing Orders / Ishlab chiqarish buyurtmalari
    Ikkita ko'rsatkichdan iborat: uzoq muddat yoki uzoq bo'lmagan muddat foydalaniladigan tovarlarga buyurtmalar. Mazkur ko'rsatkichning ortishi ishlab chiqarishning, valyutaning o'sishidan yoki aksincha holat yuz berishidan dalolat beradi. Oyning birinchi ish kuni soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi (avvalgi 2 oy ma'lumotlari).
  • Federal Budget / Davlat byudjeti
    Davlatning daromadlari va uning xarajatlari o'rtasidagi nisbatini ifodalaydi. Davlatning daromadlari darajasi xarajatlaridan ortib ketganda ijobiy saldo (profitsit) paydo bo'ladi. Davlat xarajatlari darajsi uning daromadlaridan ortib ketganda salbiy saldo (defitsit) paydo bo'ladi. Bu ko'rsatkich bozorga arzimas ta'sir ko'rsatadi. Odatda undan iqtisodni uzoq muddatli tahlil qilish uchun foydalaniladi. Byudjet defitsitini boshqa indikatorlar bilan birgalikda qarab chiqiladi: sanoat narxlari indeksi (PPI), iste'mol narxlari indeksi (CPI), pul agregatlari (M1, M2, M3) va boshqalar. Uning qiymati har oyning 20-sanasi atrofida soat 19:00 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Gross Domestic Product - GDР / Yalpi ichki mahsulot (YaIM)
    Mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning bozor narxlarida hisoblangan qiymatini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan biri, biroq xorijda ishlovchi fuqarorlar va korporatsiyalarning daromadi hisobga olinmaydi. Nominal va haqiqiy YaIM mavjud (joriy narxlarda; tayanch yil narxlarida inflyatsiyani (deflyatsiyani) hisobga olib o'zgartirilgan). Oyning 3- yoki 4-haftasida soat 13:30 (GMT)da (oldingi chorak uchun ma'lumotlar, keyin tuzatishlar kiritish bilan), chorakda bir marta oydagi o'zgarishlarni kiritib, oxirgi payshanba yoki juma ish kunida e'lon qilinadi. GDPni hisoblashda 4 ta asosiy komponentlar hisobga olinadi: iste'mol hajmi (C, Consumption so'zidan), investitsiyalar hajmi (I, Investments so'zidan), hukumat xarajatlari (G, Goverment purchases so'zlaridan) va sof eksport, ya'ni to'la eksport minus to'la import (X-M, eXport - iMport so'zlaridan): GDP = C + I + G + (X - M)

    Iste'mol tuzilmasida (C) odatda 3 ta kichik sinf ajratiladi: uzoq muddat (3 yildan ortiq) foydalaniladigan tovarlarni iste'mol qilish (durable goods - avtomobillar, mebel va boshqalar), qisqa muddatli (3 yildan kam) foydalaniladigan (nondurable goods - kiyim-kechak, oziq-ovqat, dori-darmonlar...) va xizmatlar (services). Foiz bilan hisoblanganda durable goods barcha iste'molning 15%ini, nondurables - taxminan 31%ni, services esa - 54%ni tashkil etadi (gap Amerika to'g'risida bormoqda). Umuman olganda C hozirgi vaqtda taxminan 56% YaIMni belgilab beradi va shu tarzda uning eng muhim komponenti hisoblanadi. Investitsiyalar (I) taxminan 14% YaIM uchun javob beradi, hukumat xarajatlari (G) - ijtimoiy to'lovlar, qurollanish, davlat obligatsiyalari bo'yicha foizlar va boshqalar - 17% YaIM uchun, va nihoyat, eksport (X - M) - taxminan 13% YaIM uchun. Shuni ta'kidlab o'tamizki, AQSh uchun YaIMning oxirgi komponentini sof import deb atash mantiqan to'g'ri bo'lar edi, chunki bu mamlakat eksport qilganidan ko'ra nihoyatda ko'p tovar va xizmatlarni mamlakatga olib kiradi (X - M kattalik manfiy).

    GDP o'sganda kurs, odatda ortadi. YaIM bo'yicha ma'lumotlarning valyuta bozoriga ta'siri doim jiddiy bo'ladi. Ba'zida agar e'on qilingan raqamlar tasodifiy bo'lmasa va bozor tomonidan hisobga olingan (diskont qilingan) bo'lsa, u ravshan ifodalangan. Ammo ba'zida mo'ljaldagilardan jiddiy farq qiladigan vva bozor uchun o'ziga xos tasodif bo'ladigan ma'lumotlar chiqqanda u eng keskin shaklni qabul qilishi mumkin. Yaqinda bo'lib o'tgan bu turdagi misol - 1999 yilning birinchi choragi uchun Yaponiyaning YaIM bo'yicha kutilmagan yuqori natijalarining e'lon qilinishi YaIM nominal ko'rinishida ham (joriy narxlarda), qayd qilingan davr narxlarida ham (haqiqiy YaIM, Real GDP) hisoblanadi. Nominal YaIMning haqiqiy YaIMga nisbati YaIMning deflyatori (Implicit Price Deflator)dir, u shuningdek inflyatsiya ko'rsatkichlarining biri sifatida ham e'lon qilinadi. YaIMdan tashqari, ma'nosi bo'yicha unga yaqin bo'lgan yalpi milliy mahsulot (Gross National Product, GNP) ko'rsatkichi ham foydalaniladi, bu ko'rsatkich mazkur mamlakat rezidentlari tomonidan, ular milliy chegaralar doirasida yoki xorijda bo'lishlaridan qat'iy nazar, ishlab chiqarilgan tovorlarning va xizmatlarning yig'indisini hisobga oladi.
  • GDP Advance / Yalpi ichki mahsulot (VVP) - dastlabki qiymat
    Bu indikator har chorakda e'lon qilinadigan YaIM to'g'risidagi uch darajali ma'lumotlarning birinchi bosqichi hisoblanadi. Ular quyidagi ketma-ketlikda chiqadi: advance - provisional (revised) - final. Uning qiymati har chorakda e'lon qilingandan keyingi oyning 20-sanasida soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • GDP Deflator / YaIM deflyatori
    Yalpi ichki mahsulot doimiy narxlarda - bu ko'rsatkich iqtisodda inflyatsiya bosimini aniqlash uchun iste'mol narxlari indeksi (SRI)ga muqobil hisoblanadi. Uning SRIga nisbatan afzalligi shundaki, u tovarlar va xizmatlarning qayd etilgan korzinasi asosida hisoblanmaydi va shu tarzda iste'molchilarning tanlovi o'zgarishi hisobiga yuz beradigan har qanday o'zgarishlarni, shuningdek yangi tovarlar va xizmatlarning paydo bo'lishini nazorat qilishga imkon beradi. Uning o'sishi foiz stavkalarining oshishiga olib keladi. YaIM joriy qiymatining uning tayanch qiymatiga bu nisbati YaIM qiymatida inflyatsion tashkil etuvchining kattaligini aks ettiradi. YaIM bilan bir paytda e'lon qilinadi. Bozorga katta ta'sir ko'rsatadi. Asosiy foiz stavkalarining oshishini kutish sharoitida uning qiymatining o'sishi dollar kursining oshishiga olib keladi.
  • GDP Final / Yalpi ichki mahsulot (YaIM) - yakuning qiymat
    Bu YaIM (provisional)ning "qayta ko'rib chiqilgan qiymatini" yangilashdir. Ko'pincha ular orasidagi farq juda kichik bo'ladi.Shuning uchun bu raqamlar bozorni hayron qoldirmaydi. Uning qiymati keyingi oyda "GDP provisional" e'lon qilingandan keyin 20-sanadan so'ng soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi. Provisional (Revised) / Yalpi ichki mahsulot (YaIM) - qayta ko'rib chiqilgan qiymat. Bu YaIMning "dastlabki qiymati" (advance)ni yangilash (qayta ko'rib chiqish)dir. Keyingi oyda "GDP advance" e'lon qilingandan so'ng 20-sanadan keyin soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Global trade, Non-EU trade balance / Savdo balansi
    Narxlarda ifodalangan eksport va import o'rtasidagi farq. Indeks asta-sekin bozorga ta'sirini yo'qotadi, chunki tovarlar emas, balki kapitallar oqimi katta ahamiyatga ega bo'la boshlaydi. Shu bilan birga importning o'sishi mamlakatda iste'mol darajasi oshganidan, eksportning o'sishi esa - ishlab chiqarish darajasining oshganidan dalolat beradi. Buyuk Britaniyada Evropa Ittifoqiga kirmagan mamlakatlar bilan savdo balansining qiymatini alohida ajratish qabul qilingan. Har oyda chiqadi.
  • Help-wanted index / Talab etalidagan ishchilarning soni indeksi
    Gazetalarda ishchi va xizmatchilarni yollash to'g'risida e'lon qilingan e'lonlarning hajmini ifodalaydi. 1987 yil tayanch yil qilib olindi, o'shanda uning qiymati "100"ga teng bo'lgan edi. Uni tahlil qilishda "sirpanuvchi o'rtachalar" (moving average)dan foydalaniladi. Agar sirpanuvchi o'rtacha qiymat indeks trendining bir necha oy davomida o'zgarishini ko'rsatsa, u holda bu mehnat bozorida vaziyatning o'zgarishi belgisi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek indeks mamlakatning turli hududlarida iqtisodiy vaziyatning o'zgarishi mumkinligi to'g'risida tasavvur berishi mumkin. Bozorga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Uning ta'siri shu bilan cheklanganki, bunda hisob-kitobga cheklangan miqdori qabul qilinadi. Uning qiymati odatda, har bir oyning oxirgi payshanba kuni soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Housing Starts and Permits / Turar joy qurilishining boshlanishi va qurishlish uchun ruxsatnomalar
    Turar joy qurilishining boshlanishi - har oyda paydo bo'layotgan qurilish ob'ektlari soni. Qurilishga ruxsat berish - ekskavatsiya boshlanishiga orderlar miqdori. AQSh uchun qurilish - iqtisodning alohida muhim elementidir. Qurilishda faollikning o'sishi faqat iqtisodning holati yaxshi bo'lgandagina bo'lishi mumkin, u milliy valyutaning mustahkamlanishiga imkon beradi. Oyning 16-sanasida soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi (oldingi oy ma'lumotlari). II jahon urushi vaqtidan beri iqtisoddagi barcha burilishlar shu indeksning holati o'zgarishlari bilan amalga oshirib kelindi. Namunaviy oila byudjetida (AQSh uchun) transport xarajatlari (avtomobil va yonilg'i xarid qilish) 17%ni va turar joy xarajatlari 40%ni (!) (qarzga to'lashlar) tashkil etadi. Xarajatlarning u va boshqa moddasi foiz stavkalari darajasiga sezgirdir. Turar joy xarajatlari bilan uzoq muddat foydalaniladigan boshqa ko'pgina tovarlarga, jumladan mebel, uy joy uchun maishiy texnika va boshqa xarajatlar ham bog'liq. Shunday qilib, turar joy qurilishi darajasining uzoq vaqt tusha borishi susayib borayotgan (balki retsession) iqtisodning kuchli belgisi hisoblanadi va aksincha, uning o'sishi iqtisodiy faolikning o'sishidan dalolat beradi. Xususiy uylarni qurish to'g'risidagi ma'lumotlarni Savdo departamenti (Department of Commerce)ning Hisobga olish byurosi to'playdi. Berilgan ruxsatnomalar to'g'risidagi ma'lumotlar ularni berish huquqiga ega bo'lgan 19000 ta tashkilotda yig'iladi, va yaqin kelajakda boshlanadigan qurilishlar miqdoriga ko'rsatkich sifatida qarab chiqiladi. Bu miqdor iqtisodiy faollikning yaxshi ilgarilab boruvchi indikatori bo'lib hisoblanadi va ilgarilab boruvchi iqtisodiy indikatorlar indeksi (Index of Leading Economic Indicators)ga qo'shiladi.
  • Humphrey-Hawkins testimony
    AQSh Federal zaxira tizimi (Federal Reserve) boshlig'ining AQSh Kongressining ikki bank qo'mitalari oldida chiqishi. Bunday chiqish bir yilda ikki marta: qishda va yozda o'tadi. Kongressning ikki palatasi (The Senate i House) nisbati bilan birinchilar qatori ma'ruzani tinglaydi. Ma'ruza pul siyosatini o'tkazishda Federal zaxira tizimining yangi rejalari va maqsadlariga aniqlik kiritadi. Uni bozorning barcha ishtirokchilari sinchiklab kuzatib turishadi va FZTning kelgusidagi harakatlari uchun asosiy foiz stavkalarining kelgusida o'zgarishida bahona topishga urinishadi. Chiqishlar bozorga ancha katta ta'sir ko'rsatadi. Bu moliya bozori uchun eng muhim va ahamiyatli voqealardan biridir.
  • IFO survey / Nemis tadqiqot instituti IFOning sharhi
    Sharh mamlakatdagi ishchanlik faolligini baholaydi. Indikatorning qiymati 80 dan 120 gacha chegaralarda o'zgarishi mumkin, 1991 yildagi omilkorlik faolligi darajasi 100 deb qabul qilingan edi. Har oyda chiqadi. Bozorga katta ta'sir qiladi.
  • Import Prices / Importga narxlar
    Indeks bir oy ichida importga narxlarning o'zgarishini aks ettiradi. Inflyatsiyaning indikatori hisoblanadi. Iste'mol narxlarining indeksi (CPI)ni hisoblashda import tovarlar va xizmatlar narxlari hisobga olingani uchun, mazkur qiymat tovarlar va xizmatlar "korzinasi"ga chakana narxlarning o'zgarishining umumiy manzarasiga importga narxlar hissasini ifodalaydi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi. Asosiy foiz stavkalarining oshishini kutish sharoitida indeks qiymatining o'sishi dollar kursining oshishiga olib keladi. Uning qiymati har oyda 10-sana atrofida "Export prices" ko'rsatkichi bilan bir paytda soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Industrial Output / Sanoat chiqarishining hajmi
    O'z ichiga ishlov beruvchi sanoat hajmi (manufacturing output)ni qamrab oladi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, kommunal xo'jalik kabi sohalarda ishlab chiqarish hajmlarini hisobga oladi. Iqtisodiy o'sish indikatori bo'lib hisoblanadi. Indikator iqtisodni rivojlantirish yo'nalishi uchun belgilovchi bo'lib hisoblanmaydi, chunki ichki yalpi mahsulotning 60%dan ortig'ini hozirgi vaqtda xizmatlar sohasi ta'minlaydi. Har bir oyda chiqadi. Indikatorni bozor e'tiborga oladi.
  • Industrial Production / Sanoat ishlab chiqarishining indikatori
    Milliy zavodlar, kon mahsulotini umumiy ishlab chiqarishni, kommunal xizmatlarning umumiy hajmini va h.k.larni ko'rsatadi. Ko'rsatkichning ortishi valyutaning ko'tarilishiga imkon beradi. Oyning 15-sanasida soat 14:15 (GMT)da e'lon qilinadi (avvalgi oy ma'lumotlari). Sanoat ishlab chiqarishi AQSh iqtisodining taxminan 40%ini tashkil etadi. Ishlab chiqarish darajasi va YaIM kattaligi o'rtasida nihoyatda yuqori korrelyatsiya mavjud. Bu indikatorning afzalliklaridan biri shundaki, u bilan ishlab chiqarishning pulli ifodasi emas, balki uning hajmi o'lchanadi. Indeks Federal zaxira tizimi (Board of Governors of the Federal Reserve System) tomonidan 1992 yil holatiga foizlarda ifodalanadi. OAVda odatda uning avvalgi oyga nisbatan o'zgarishi e'lon qilinadi. AQSh statistikasida ishlab chiqarishni hisobga olish 255 ta tarmoq bo'yicha guruhlangan korxonalar bo'yicha olib boriladi. 1992 yil ma'lumotlariga ko'ra, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish butun ishlab chiqarish sektorining 84.6%ini, qazib olish 7.3%ini, energiya ta'minoti 8.1%ini tashkil etgan. FED shuningdek o'z ko'rsatkichini - ishlab chiqarishning diffuzion indeksi roduction diffusion index), ni hisoblaydi, u tarmoqlar foiziga teng (255 ta ro'yxatdan) unda avvalgi oy bo'yicha ishlab chiqarish o'sgan. IP ko'rsatkichi omilkor siklni kuzatib borish uchun tushunarli va ishonchli mo'ljal hisoblanadi. AQSh statistikasiga ko'ra (1948 - 1992 yillar), resessiya bosqichida sanoat ishlab chiqarishi oyiga o'rtacha sur'atda 0.8% tushgan, recoveryda ko'tarilish esa oyiga 0.9%ni va o'sish bosqichida (expansion) taxminan 0.4%ni tashkil etgan. Ishlab chiqarish quvvatlari Capacity Utilization, CAPU)dan foydalanish ko'rsatkichi umumiy sanoat mahsulotining tarmoqlarning yig'indi unumdorligi (yashirin mahsulot hajmi) kattaligiga nisbatini ifodalaydi. Bu indikator valyuta bozori uchun uning omilkor sikl dinamikasi bilan yaqin aloqasi oqibatida muhim ahamiyatga ega, shu tufayli markaziy banklarning siyosatida o'zgarishlarni kutishning murakkab paytlarida MBning bo'lajak qarorlarini oldindan aytib turuvchi qo'shimcha mo'ljal bo'ladi. Ma'lumki, iqtisodning faoliyat yuritishning optimal rejimi CAPU darajasiga taxminan 81.5% mos keladi; optimal darajadan katta og'ishlar muvozanatning buzilganligini anglatadi va ularga qarab, pastga ketish yoki tiklanishning yaqinlashib kelayotgan davrlarini bir xillashtirish mumkin. Masalan, CAPU > 85% yuqori qiymat iqtisodning qizib ketganini anglatishi mumkin, undan so'ng inflyatsiyaning o'sishi yuz berishi muqarrar; shuning uchun CAPUning bunday qiymatlari markaziy bankning pul siyosatidagi o'zgarishlarni (rasmiy foiz stavkalarining oshishini) oldindan aytib berish mumkin. CAPU ko'rsatkichi har oyda sanoat ishlab chiqarishi ma'lumotlari bilan bir paytda e'lon qilinadi. Odatda, u recessionda (o'rtacha 80.3%) recoveryga nisbatan (o'rtacha 78.8%) katta qiymatlar qabul qiladi, chunki erta tiklanish bosqichlariga ishlab chiqarish quvvatlarining past darajada yuklangan bo'lishi xosdir. Expansion bosqichida o'rtacha CAPU = 84% va maksimumga 85.4%da erishadi (89.2% daraja cho'qqiga chiqqan paytda ham kuzatilgan).
  • Industrial Production Index / Sanoat ishlab chiqarishining indeksi
    Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishi hajmining o'zgarishini ko'rsatadi. Indeksning boshlang'ich qiymati har oyning oxirida chiqadi. Ikki haftadan so'ng indeksning aniqlashtirilgan qiymati chiqadi. Bu ko'rsatkichning o'sishi milliy valyuta kursining o'sishiga olib keladi. Bozorga katta ta'sir ko'rsatadi.
  • Inflation / Inflyatsiya
    Inflyatsiya indekslari: iste'mol narxlari indeksi (CPI) va ulgurji narxlar indeksi (RRI). Inflyatsiya o'sganda kurs, odatda, pasayadi. Inflyatsiyaning yuqori darajada bo'lishi - bu juda yomon, chunki bunday inflyatsiya davrida muqarrar bo'ladigan yuqori foiz stavkalar ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiradi va kapitalni ishlab chiqarishlardan vositachilarga (savdo va moliya institutlari) qayta taqsimlanishni belgilab beradi. Sanoat guruhlari yuqori inflyatsiyaga qarshi chiqadi. Past inflyatsiya yoki uning to'liq mavjud bo'lmasligi - bu yomon holatdir, chunki bunda vositachilarning manfaatlari aziyat cheka boshlaydi. Savdoda turg'unlik boshlanadi, va hech kim narxi oshmayotgan, balki tushayotgan tovarlarni sotib olishni istamaydi. Moliyaviy vositachilar juda past foiz stavkalari tufayli aziyat chekishadi, Inflyatsiyaning optimal qiymatda bo'lishi - bu yaxshi holat, chunki ishlab chiqarish sektorining samaradorligi barqaror yuqori bo'lganda vositalarda ham, ayniqsa moliya institutlarida ishlarni daromadli olib borish uchun imkonilar qoladi.

    Uncha ko'p bo'lmagan iqtisodiy indikatorlar o'zlarining valyuta bozorlari uchun ahamiyati darajasiga ko'ra inflyatsiya ko'rsatkichlariga tenglashishi mumkin. Treyderlar narxlarning holatini diqqat bilan kuzatib borishadi, chunki inflyatsiya bilan kurashish vositasi markaziy banklar amalga oshiradigan foiz stavkalarini oshirish hisoblanadi, bu valyuta kursiga mustahkamlovchi omil bo'lib ta'sir qiladi. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi foizli stavkalarning haqiqiy qiymatini o'zgartiradi. Shu sababli davlat obligatsiyalari bozorlari inflyatsiya bo'yicha ma'lumotlarga juda sezgir, ularning hajmi ancha katta bo'lganda bu bozorlarning harakati natijasida vujudga kelgan pul oqimlarini qayta taqsimlash valyuta kurslariga ta'sir ko'rsatishi muqarrar.

    Boshqa indikatorlar holidagi kabi, valyuta bozorlarining inflyatsiya bo'yicha ma'lumotlardan ta'sirlanishi mazkur iqtisod turgan biznes-tsikl bosqichiga bog'liq. Agar o'sish bosqichida inflyatsiya belgilari paydo bo'lsa, u holda markaziy bank rasmiy foiz stavkasini biroz oshirib, ogohlantiruvchi choralarni ko'rishi mumkin. Bu holda valyuta bozori nuqtai nazaridan bosh omil mazkur valyuta foydasiga kattalashgan foizli differentsial bo'ladi va valyuta kursi ko'tariladi. Omilkor siklning yuqori bosqichida inflyatsiya tezlasha boshlaganda, iqtisodning tanazzulga yuz tutishi xavfi paydo bo'lgan o'ta qizish haqiqatga aylanganda aks ta'sir butunlay boshqacha bo'ladi. Bunday holatda inflyatsiyaning o'sishiga javoban markaziy bank faollikni sovutish uchun stavkalarni ko'taradi, ammo bozorning bundan ta'sirlanishi qarama-qarshi bo'ladi. Aktsiyalar kurslarining muqarrar tushib ketishi, investitsiyalar hajmlarining kamayishi, tashqi savdodagi muammolar bilan bog'liq mazkur iqtisodda oldinda tanazzul bo'lishini tushungan treyderlar, bu valyutani, shuningdek u bilan bog'liq barcha aktivlarni sota boshlaydilar, buning oqibatida uning kursi pastga tushadi.
  • Interest Rates / Rasmiy hisob stavkalari
    Iqtisod va moliya indikatorlarining birirtasi ham valyuta bozorlari harakatini kuzatib borish uchun foizli stavka kabi qiymatga ega emas. Foizli differentsial (Interest Rate Differential), ya'ni ikki valyuta bo'yicha amal qiluvchi foizli stavkalarning farqi bu vayutalar juftining jozibadorligini bevosita belgilab beruvchi, binobarin, ulardan har biriga bo'lishi mumkin bo'lgan talab - bosh omildir. Boshqa valyutalarga nisbatan mazkur valyuta bo'yicha foiz stavkasi qancha katta (foiz differentsiali katta) bo'lsa, mablag'larni depozitga yuqori foiz stavkasi bilan joylashtirish uchun chet el investorlari orasid mazkur valyutani sotib olishni istovchilar ham shuncha ko'p bo'ladi. Foiz stavkalar har doim o'zaro yaqin aloqada bo'lgani uchun bank bozorining yuqori stavkalarni, shuningdek aktsiyadorlik jamiyatlarning ancha xatarli obligatsiyalari bo'yicha yuqori daromadlilikni anglatadi. Xullas, yuqori foiz stavkalari mazkur valyutani investitsiya vositasi sifatida jozibali qiladi, demak, xalqaro valyuta bozorida unga talab ortadi va bu valyuta kursi ko'tariladi. Umuman olganda, foiz stavkalarining valyuta kurslariga ta'siri etarlicha bir qiymatli: mazkur valyuta bo'yicha foiz stavkalari qancha yuqori bo'lsa, uning almashuv kursi shuncha yuqori bo'ladi. Ammo juda ko'p holatlar mavjudki, ular foiz stavkalarini hisobga olishni noaniq va hatto murakkablashtiradi. Birinchidan, foiz stavkalarining o'zini emas, balki inflyatsiyani hisobga oluvchi haqiqiy foiz stavkalarini e'tiborga olish zarur, chunki inflyatsiyaga juda sezgir bo'lgan valyuta bozori va davlatning qimmatli qog'oz bozorlari (daromadi qayd qilingan vositalar) o'rtasida juda kuchli aloqa mavjud. Agar mazkur mamlakatda inflyatsiya yuqori sur'atlar bilan o'sa boshlasa, bu davlat obligatsiyalarini qadrsizlantiradi, ular bo'yicha daromad qayd qilingan, oldindan belgilangan qiymat bo'yicha to'lanadi, inflyatsiya esa bu daromadni eb qo'yishi mumkin. Inflyatsiyaning dastlabki belgilari paydo bo'lishi bilan davlat obligatsiyalari bozorlari asabiylasha boshlaydi, agar chet el investorlari obligatsiyalarni tushira boshlasalar, u holda FOREXda bu valyuta ortiqcha bo'lib ketadi, buning natijasida uning kursi pasayadi.

    Ikkinchidan, bozor muhim voqealarni kutib yashaydi va ularga tayyorgarlik ko'radi, faqat yuz bergan hodisalarga aks ta'sir ko'rsatibgina qolmaydi. Agar bir valyuta bo'yicha foiz stavkalari ko'tarilishi mumkin degan fikr paydo bo'lsa, u holda dilerlar valyuta kursni ko'tara boshlashadi. Va bozor bu valyuta bo'yicha bunday optimistik kayfiyatda uzoq vaqt bo'lishi mumkin, shu tufayli uning ko'tariluvchi trendi shakllanib olishga ulguradi. Nihoyat, haqiqatan ham stavkalarning ko'tarilishi yuz berganda valyuta o'ta xarid qilingan holatda bo'ladi, stavkalarning oshishi yuz bergandan so'ng unga yuqori tomonga bosim omili qolmagani uchun uning haqiqiy ko'tarilishiga birinchi aks ta'sir kursining pasayishi, ya'ni to'g'ri teskari aks ta'sir bo'lishi mumkin. Shu sababli, pastga tomon bunday orqaga ketish valyuta bo'yicha yangi uzun pozitsiyalarni ochishga (ya'ni uni sotib olishga) yaxshi imkoniyat bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan holatdir.
  • International Trade (Trade balance) / Savdo balansi
    U mazkur davlatdan tashqariga olib chiqib ketilgan tovarlar narxlari yig'indisi bilan bu davlat hududiga olib kirilgan tovarlar narxlari yig'indisi o'rtasidagi nisbatni infodalaydi. Ya'ni bu eksport va import o'rtasidagi farqdir. Agar olib chiqib ketilgan tovarlar narxlari yig'indisidan katta bo'lsa, u holda savdo balansi aktiv (musbat saldo) bo'ladi, agar olib kirish olib chiqishdan yuqori bo'lsa, savdo balansi passif (manfiy saldo) bo'ladi. Musbat saldo (yoki manfiy saldoning kamayishi) milliy valyuta kursining ortishi uchun qulay omil bo'lib hisoblanadi. Bozorga katta ta'sir ko'rsatadi. Uning qiymati har oyning uchinchi hafatasida (odatda payshanba kuni) soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Jobless Claims (Initial Claims) / Ishsizlik bo'yicha nafaqalarga buyurtmalar
    Har payshanba kuni soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi (avvalgi shanba kuni tugagan hafta davomidagi ma'lumotlar). Bu raqamlar har doim ham voqealarning haqiqiy manzarasini aks ettiravermaydi. Ular ba'zida qisqa muddatli omillar, masalan, federal yoki mahalliy bayramlar bilan buzilib turadi. Bu indikator keyingi safar "Nonfarm payrolls" ko'rsatkichi qanday chiqishi to'g'risida tasavvur berishi mumkin. Masalan, agar bir oy mobaynida "Jobless claims" indikatorining qiymati ketma-ket kamaysa, u holda "Nonfarm payrolls" ko'ratkichining qiymati katta bo'lishi ehtimoli yuqori bo'ladi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi. Ishsizlik bo'yicha nafaqaga buyurtmalar miqdorining kamayishi dollar kursining ko'tarilishi uchun qulay omil hisoblanadi.
  • Leading and Coincident Indices of Business Conditions / Yetakchi va mos keluvchi indikatorlarning indekslari
    Yetakchi indikatorlar indeksi 13 ta asosiy indikatorlarning o'rtacha muvozanatli qiymati hisoblanadi. U iqtisodning kelgusi holatini baholash uchun mo'ljallangan. Mos keluvchi indikatorlar indeksi 11 ta indikatordan iborat va iqtisodning joriy holatini baholash uchun mo'ljallangan (indikatorning 50%li darajasi "nol" daraja hisoblanadi. Har oyda chiqadi. Bozorga kuchsiz ta'sir qiladi.
  • Leading Economic Indicators - LEI / Ilgarilovchi iqtisodiy indikatorlar indeks
    LEI indeksi 10 ta vaqtincha qatorlardan shakllantiriladi va global iqtisodiy faollikdagi o'zgarishlarni oldindan aytib berish uchun maxsus ishlab chiqilgan. LEI indeksining maksimum va minimumlari iqtisodning burilib qaytishlaridan oldin kelishi tarixan tekshirilgan. Odatda, LEI indeksining aynan bir yo'nalishda 3 ta ketma-ket o'zgarishlari ancha kuchli signal deb qaraladi. Masalan, -0.5%, -1% va -0.7% oylik qiymatlar resessiya boshlanishi mumkinligini ko'rsatadi. Shuni ta'kidlimizki, bu zarur, lekin etarli bo'lmagan shartdir: masalan, 1952 dan 1998 gacha bo'lgan intervalda LEI 10 ta retsessiyani "bashorat" qilgan bo'lib, ulardan haqiqatda 7 tasi yuz bergan bo'lsin. Yana shu holat aniqlanganki, LEI indeksi iqtisodiy faollikning maksimumi davrlarida minimumi davrlariga qaraganda yaxshiroq ishlar ekan. Indeksning orqaga qaytishi iqtisodning ko'tarilishidan tushishga o'tishgacha o'rtacha 10 oy oldin va teskari yo'nalishda burilishgacha 1-2 oy oldin yuz beradi. LEI indeksining komponentlari ularning iqtisodiy ahamiyati, statistik adekvatligi va tezkor o'lchash imkoniyati mulohazalaridan kelib chiqib tanlandi:
    Ishlab chiqarish sektorida ishchi haftasining o'rtacha davomiyligi.
    Ishsizlik bo'yicha davlat sug'urtasini to'lashga arizalarning o'rtacha haftalik miqdori.
    Iste'mol mollari va materiallariga yangi ishlab chiqarish buyurtmalari (1982 yil narxlarida).
    Etkazib berishlarning samaradorligi (etkazib berishni bajarish muddatlari ortib boradigan firmalar uchun).
    Ishlab chiqarish vositalariga va uskunalarga bitimlar va buyurtmalar (1982 yil narxlarida).
    Turar joyni qurishga olingan ruxsatnomalar.
    Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bo'yicha bajarilmagan ishlab chiqarish buyurtmalari (bir oy ichidagi o'zgarishlar, 1982 yil narxlari).
    Xomashyo va materiallar narxlarining o'zgarishi.
    S&P500 fond indeksi (o'rtacha oylik).
    M2 pul agregati 1982 yil dollarida.

    Iste'molchilik kutishlari indeksi (University of Michigang''s Consumer Expectations Index). Indeks iqtisodda bosh sabab bo'lajak foydani kutishdir degan g'oyaga asoslangan. Foydaning ortishini kutishda kompaniyalar tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni kengaytiradi, yangi zavodlar va qurilmalarga investitsiyalar; mos holda, daromadning pasayishi kutilganda pasayadi. Shuning uchun indeks shunday tarzda loyihalanganki, u omilkorlik faolligining barcha asosiy sohalari va ko'rsatkichlarini qamrab oladi: bandlik, ishlab chiqarish va daromadlar, iste'mol, savdo, investitsiyalar, zaxiralar, narxlar, pul va kredit. Amerika LEI indeksi har oyda, oy oxiriga yaqin e'lon qilinadi.
  • Machinery Orders / Mashina qurilishi mahsulotlariga buyurtmalar
    Indikator firmalarning kapital qo'yilmalari va omilkorlik faollik darajasini aks ettiradi. 300 dan ortiq sanoat ishlab chiqaruvchilarilarining baholari asosida tuziladi. Har oyda chiqadi. Bozorga ancha katta ta'sir qiladi.
  • Manufacturing Orders (GER)
    Indikator nemis ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlariga buyurtmalarning miqdorida o'zgarishlarni ko'rsatadi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini aks ettiradi. Har oyda chiqadi. Indikatorni bozor e'tiborga oladi.
  • Manufacturing Output / Ishlov berish sanoati tomonidan chiqarilgan mahsulotning narxlarda ko'rsatilgan hajmi
    Iqtisodiy o'sish indikatori indikatori bo'lib hisoblanadi. Indikatorning bozor uchun ahamiyati uncha katta emas, chunki ishlov berish sanoatining ichki yalpi mahsulotiga ko'shadigan ulushi keyingi paytlarda 20%dan kam. Har oyda chiqadi.
  • Manufacturing Production
    Ishlov beruvchi sanoat tomonidan chiqarilgan mahsulotning hajmidagi o'zgarishni ko'rsatadi. Har oyda chiqadi. Indikatorni bozor e'tiborga oladi.
  • Michigan Consumer Sentiment Index / Indeks nastroeniya potrebiteley Michiganskogo Universiteta
    Bu indeks iste'molchilar o'rasida joriy iqtisodiy vaziyatga ishonch masalasida so'rovnoma natijalaridan iborat. So'rovnoma AQShning Michigan universiteti xodimlari tomonidan o'tkaziladi. Hisobot oyiga ikki marta chiqadi: ikkinchi haftada (odatda juma kunlari) hisobot yoining 15-sanasi atrofida chiqadi (dastlabki), va ikki haftadan so'ng chiqadi (yakuniy). Soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi. Bu indikator - iste'molchilarning o'z pullarini sarflashdan boshqa narsa emas. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi. Indeks qiymatining o'sishi dollar kursining ortishiga olib keladi.
  • Money supply / Pul massasi
    Mamlakatda pul taklif etish, u M0 = naqd pullar, M1= М0+chek omonatlari, M2= M1+shoshilinch omonatlar, 100.000 AQSh dollaridan ortiq depozitlar, M4 = yig'indi pul agregati. Har payshanba kuni soat 09:30 (GMT)da nashr qilinadi (ikki dushanba avval, tugagan hafta ma'lumotlari. Pul massasining ortishi, odatda, milliy valyuta kursining tushishi bilan kuzatiladi. Biroq ba'zida pul massasining ortishi bo'yicha ma'lumotlar hisob stavkasining ko'tarilishini kutishga, pirovardida, kursning ko'tarilishiga olib keladi;

    Muomalada bo'lgan pul miqdori (Money Supply) vayuta kursini shakllantiruvchi jiddiy omillardan biridir. Bir valyuta ortiqcha bo'lishi uning xalqaro valyuta bozrida yuqori taklifini vujudga keltiradi va boshqa valyutalarga nisbatan uning kursining pasayishiga olib keladi. Mos ravishda valyuta defitsiti, unga talab bo'lib turganda, kursning ko'tarilishiga olib keladi. Muomalada yurgan pullarning miqdorini o'lchovchi ko'rsatkichlar pul agregatlari (Monetary Aggregates) bo'lib, ularni turli ko'rinishdagi pul miqdorini hisobga oladi, va pul tarkibini (pul massasi tuzilmasini) tavsiflaydi. Pul agregatlarining o'zi turli mamlakatlarda turli xilda aniqlanadi, ammo ularning umumiy ma'nosi o'xshashdir. Bu, odatdagidek, bu erda amerika bank tizimida qabul qilingan variantni qarab chiqamiz, bu tizimda to'rtta pul agregatlari bo'yicha ma'lumotlar shakllanadi:
    - M0 - muomaladagi banknotalar va tanganlar;
    - Ml - muomaladagi bankdan tashqarida bo'lgan naqd pullar, yo'l cheklari, talab qilib olinguncha depozitlar, boqa chek depozitlari;
    - M2 = Ml + chekli bo'lmagan depozitlari, banklardan shoshilinch omonatlar, bir kunlik REPO operatsiyalari, AQSh rezidentlarining bir kunlik dollarli depozitlari, o'zaro fondlarning hisob-varaqlaridagi mablag'lar;
    - M3 = M2 + qisqa muddatli davlat obligatsiyalari, REPO operatsiyalari, amerika banklarining xorijiy filiallaridagi AQSh rezidentlarining evrodollarli depozitlari.

    M4 pul agregati muomaladagi naqd valyuta hajmini, banklar bergan kreditlarning umumiy summasini, shuningdek hukumatning o'zlashtirgan summalarini qamrab oladi. M4 inflyatsiya darajasi uchun yaxshi indikator hisoblanadi. AQShda yana bitta, yana ham keng pul agregatidan foydalaniladi, ammo valyuta bozoralari bilan kuchli korrelyatsiyagan asosiy ko'rsatkich bo'lib hisoblanadigani M2 bo'ladi, shuning uchun bundan keyingi tavsilotlarni tashlab o'tamiz. Pul agregatlari bo'yicha ma'lumotlarning valyuta sikliga ta'siri avvalo ularning iqtisodiy sikllar bosqichlari bilan aloqasi orqali baholanadi. Turli xil pul agregatlarining iqtisodiy siklda o'zini tutishi to'la o'xshashdir: ularning hammasi inqiroz boshlanishidan oldin maksimal o'tish sur'atlarini ko'rsatadi va inqiroz oxirida minimal o'sishni ko'rsatadi. Shu sababga ko'ra, M2 agregat, masalan, ilgarilab boruvchi indikatorlarning tarkibiy indeksiga kiritilgan. Barcha agregarlar tiklanish bosqichida eng katta o'sishni sezadilar; M2 o'rtacha inqiroz bosqichida (retsessiyada) va o'sish bosqichida bitta o'sish sur'atiga ega bo'ladi.
  • Money Supply M3 / M3 pul agregati (pul massasi hajmining ko'rsatkichi)
    O'z ichiga muomaladagi naq valyuta hajmini, chek omonatlaridag mablag'larni, qoplash muddatlari 4 yildan kam bo'lgan depozitlarni oladi. Bundesbank va Evropa markaziy banki tomonidan inflyatsiyaning eng muhim indikatori bo'lib hisoblanadi. Odatda indikatorning maksimal darajada ma'qul bo'lgan indikatori o'rtaniladi (inflyatsiyaning ma'qul darajasi aniqlanadi) va indikator bu qiymatdan ortganda odatda foizli stavkalarning ko'tarilishi yuz beradi. Har oyda chiqadi. Indikatorni bozor e'tiborga oladi.
  • Money Supply M4 / M4 pul agregati (pul massasi hajmining ko'rsatkichi)
    Ko'pincha pul massasining o'zgarishi ko'rsatkichidan foydalaniladi. O'z ichiga muomaladagi naqd valyuta hajmini, banklar bergan kreditlarning umumiy summasini, shuningdek hukumat o'zlashtirgan summani qamrab oladi. M4 inflyatsiya darajasi uchun yaxshi indikator hisoblanadi. Har oyda chiqadi. Indikatorni bozor e'tiborga oladi.
  • NAPM index (National Association of Purchasing Managers' index) / Menjerlar Milliy Assotsiatsiyasining omilkorlik faolligi indeksi.
    U sanoat sohasida xaridlar bo'yicha menejerlardan so'rov natijalarini ifoda etadi. Bu indeks yangi ishlab chiqirish buyurtmalari, sanoat ishlab chiqarish hajmi, bandlik, shuningdek tovar zaxiralari va yetkazib beruvchilar ishining tezligi sohasidagi o'zgarishlarni baholash uchun foydalaniladi. "45-50" dan past raqamlar iqtisod rivoji sur'atlarining sekinlashishi indikator hisoblanadi. Ko'pincha bu indeksning kattaligiga ishlarning haqiqiy holati emas, balki ruhiy omillar ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Indeksni hisoblashda Kaliforniya shtati kiritilmaydi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi avtomatik ravishda iste'mol talabi manbai bo'lmaganligi sababli bu indikatorga ehtiyotlik bilan yondashiladi. Uning qiymati har oyning birinchi biznes-kuni soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi. Indeks qiymatining o'sishi dollar kursining ko'tarilishiga olib keladi.
  • NAPM Services Index (National Association of Purchasing Managers' services index)
    U bu sohada yuz berayotgan o'zgarishlarni baholash maqsadida xizmat ko'rsatish sohasidagi menejerlardan so'rov natijalarini ifodalaydi. "45-50"dan past raqamlar iqtisod rivoji sur'atlarining pasayishi indikatori bo'lib hisoblanadi. Ko'pincha bu indeks kattaligiga ishlarning haqiqiy holatidan ko'ra psixologik omillar ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Xizmatlardan foydalanish jarayoni nisbatan o'zgarmas tezlik bilan o'zgarish an'anasiga ega, shuning uchun bu ko'rsatkich qiymatining keskin o'zgarishlariga aynan psixologik omillar ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun indeksni tahlil qilishda bunga alohida e'tibor beriladi. Uning qiymati har oyning dastlabki sanalarida soat 15:00 (GMT)da sanoat sohasidagi Menejder Milliy Assotsiatsiyasining indeksi (NAPM index) e'lon qilingandan so'ng bir kun o'tgach e'lon qilinadi. Bozorga cheklangan holda ta'sir qiladi. Bu indeks qiymatining o'sishi dollar kursining ko'tarilishi uchun qulay omil hisoblanadi.
  • NASDAQ Index / Birjadan tashqari aylanish indeksi
    Fond dilerlarining milliy assotsiatsiyasi birjadan tashqari aylanmani ham, ayrim tarmoqlarning qog'ozlarini ham ifoda etuvchi butun bir qator indekslarni hisoblaydi. NASDAQ indeksi asosiy indeks hisoblanadi, unga komponentlar sifatida taxminan 3500 ta korporatsiyalarning aksiyalari kiritilgan (birjada kotirovka qilinadiganlaridan tashqari). Bu indeks uning tashkil etuvchilarining bozor qiymati bo'yicha muvozanatli ko'rsatkichi hisoblanadi.Birinchi marta 1971 yil fevral oyida hisoblangan edi.
  • Net Consumer Credit / Jismoniy shaxslarga oxirgi oyda berilgan kreditlar summasi
    Indikatorning katta qiymati iqtisodning "o'ta qizib ketganidan" dalolat beradi, bunda iste'molchilar me'yorida hayot darajasi uchun zarur bo'lgandan ko'proq kredit olganlarida yuz beradi. Har oy chiqadi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi.
  • New Home Sales
    Faqat bir oilaga mo'ljallangan uylarning bir yil ichida sotilgan yoki sotuvga qo'yilgan uylarning miqdorini ko'rsatadi. Bu miqdor mamlakatdagi asosiy foiz stavkalari bilan bog'liq bo'lgan ko'chmas mulkni kafillikda ssudalar bo'yicha stavkasi ortganda o'sishga tomon yo'naltirilgan bo'ladi. Bu ma'lumotlar ko'chmas mulk bozorining o'ziga xos xususiyatari tufayli mavsumiy tebranishlarga moyildir. Shuning uchun "New home sales" ko'rsatkichini tahlil qilganda "sirpanuvchi o'rtachalar" (moving average)dan foydalaniladi. Uning qiymati har oyning dastlabki sanalarida soat 17:00 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Nonfarm Payrolls
    Bir oyda iqtisodning qishloq xo'jaligidan boshqa sohalarda yaratilgan yangi ish o'rinlari miqdori. Payroll - bu to'lov xabarnommasi bo'lib, unga ko'ra xodimlarga ish haqi to'lanadi. Bu mamlakatda bandlikni ko'rsatuvchi juda kuchli indikatordir. Bu ko'rsatkichning o'sishi bandlikning ortishini ifodalaydi va dollar kursining ko'tarilishiga olib keladi.Uni bozorlarni harakatga keltiruvchi indikator" deb ataladi. Uning qiymatining bir oyda 200 000 ga ortishi YaIMning 3.0%ga ortishiga tenglashtiriladi. Odatda, har oyning birinchi juma kuni soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Payment Deficit / To'lov balansining defitsiti
    Uning kursga ta'siri xuddi savdo balansining defitsiti kabidir.
    Valyuta bozorining faoliyat yuritishi va valyuta kurslarining harakati savdo sohasidagi xalqaro hamkorlik, madaniy ayirboshlash, davlatlararo o'zaro aloqalar, xalqaro investitsiyalar bilan yaqin bog'liqdir. Moliyaviy jihatdan, mazkur mamlakat global jahon tuzilmasida egallagan o'rnining aks ettirilishi bu mamlakat rezidentlari xalqaro moliyaviy tranzaksiyalari yakunini ifodalovchi uning to'lov balansi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, to'lov balansi (Balance of Payments) xalqaro o'zaro munosabatlarning barcha asosiy turlarining: xalqaro savdo, kapitallar harakati, xalqaro xizmatlar (sayyohlik va boshq.)ning nisbatini qayd qiladi. Uzoq muddatli istiqbolda mazkur mamlakatlarning raqobatbardoshligi uning milliy resurslari, industrial bazasi, ishchi kuchlarining kasb malakasi, narxlarnig tuzilmasi balan belgilanadi. Pirovardida, joriy siyosiy haqiqatlar bilan yanada murakkablashgan bu omillarning o'zaro aloqasi nooshkor xususiyati to'lov balansi o'zining qisqa muddatli valyuta kurslari dinamikasi bilan aloqasini uning tahlili treyderga qaror qabul qilish uchun aniq asos bermaydi. Shuning uchun valyuta bozori odatda to'lov balansining asosiy tarkibiy qismi - savdo balansiga diqqatni qaratadi.
  • Payroll Employment - PE / Ish beruvchi nazaridagi bandlik
    Har oyda "Bandlikni hisobga olish byurosi (Bureau of Labor Statistics, BLS)" deb ataluvchi Bandlik Departamenti (Department of Labor)ning maxsus bo'limi axborot to'playdi va Establishment survey - deb atalgan korxonalardan ishchi haftasining davomiyligi, ish haqi, ishdan tashqari ishlar va h.k.lar to'g'risida so'rovnoma natijasini va Household survey - aholidan so'rovnoma natijalarini shakllantiradi. Shunday qilib, payroll employment statistics - ish haftasining o'rtacha davomiyligi va ishdan tashqari ishlar va ish haqini hisobga oluvchi indeksdir. Birinchi yaqinlashishda u firmalar tomonidan mehnatga haq to'lash ko'rinishida beriladigan mablag'lar miqdorini aks ettiradi deb hisoblash mumkin. Avvalgi oyga nisbatan o'zgarish ko'rinishida e'lon qilinadi. Bandlik to'g'risidagi masala boshqalardan ehtimol eng kuchli "bozorning harakatlantiruvchi kuchi" hisoblanadi. Bu ikkita asosiy sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, aholining bandligi to'g'risidagi ma'lumotlar juda qiyin bashorat qilinadi, shuning uchun e'lon qilingan qiymatlar ko'pincha kutilayotganlardan farq qiladi va darhol tuzatishni talab etadi. Ikkinchidan, bu ma'lumotlar iqtisodning haqiqiy holatini juda yaxshi aks ettiradi. Ularni tez-tez aniqlashtirib turilishiga qaramay, investorlar ularga harakatga darhol amal qilish sifatida munosabatda bo'lishadi, e'lon qilingan ma'lumotlar "yaxshi" yoki "yomon" deb hisoblanishi birinchi navbatda payrollsdagi o'zgarishlarga bog'liq. Shuningdek, ish haftasining davomiyligi va ish vaqti soatiga haq to'lashning o'zgarishi e'tiborga olinadi.
  • Personal Income / Fuqarolarning shaxsiy daromadlari haqida ma'lumotlar
    Barcha manbalardan olingan daromadlar yig'indisi, shu jumladan ish haqi, ijara haqidan daromadlar, davlat subsidiyalari dividend daromadlari va sh.k. Kelgusi iste'mol talabining ikkinchi darachasi ko'rsatkichi. Boshqa bir Personal Spending indeksi bilan birga qarab chiqiladi. Ko'rsatkichning o'sishi valyuta kursining ko'tarilishiga imkon beradi. Oyning birinchi ish kuni soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi (avalgi ikki oylik ma'lumotlar).
  • Personal Spending - Personal Consumption / Fuqarolarning harajatlaridagi o'zgarishlar dinamikasi haqida ma'lumotlar
    Indeks shaxsiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun mablag'larni sarfining o'zgarishini aks ettiradi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi. Uning qiymati har oyning 20-sanasidan so'ng soat 13:30 (GMT)da "Personal income" ko'rsatkichi bilan bir vaqtda e'lon qilinadi. Indeks o'z ichiga uchta tashkil etuvchini qamrab oladi: uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni sotib olish harajatlari, qisqa muddatli foydalaniladigan tovarlarni va xizmatlarni sotib olish harajatlari. Uzoq muddatli va qisqa muddatli tovarlarni iste'mol qilish to'g'risidagi tasavvurni "Retail sales" (Chakana sotuvlar) beradi. O'z navbatida, xizmatlardan foydalanish jarayoni nisbatan o'zgarmas tezlikda o'zgaradi, shuning uchun bu ko'rsatkichning kattaligini ko'pincha oldindan aytish mumkin. Shunday qilib, bu ko'rsatkichning oldindan aytib qo'yiladigan qiymatlaridan ancha katta miqdorga og'ishi milliy valyuta kursiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Uning qiymatining o'sishi milliy iqtisodni rivojlantirish uchun ijobiy omil hisoblandi va dollar kurslarining ko'tarilishiga olib keladi.
  • Philadelphia Fed Index / Filadelfiyadagi Federal zaxira bankining omilkorlik faolligi indeksi
    U Filadelfiyada ishlab chiqaruvchilarning joriy iqtisodiy vaziyatga munosabati masalasida so'rov natijalarini ifodalaydi. "0" dan past raqamlar iqtisodning rivojlanish sur'atlari sekinlashuvi indikatori bo'lib hisoblanadi. Uning qiymati har oyning uchinchi payshanbasi kuni soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi. Bozorga cheklangan holda ta'sir ko'rsatadi. Uni diqqat bilan kuzatishadi, chunki bu indeks "NAPM" indeksidan oldin e'lon qilinadi va milliy darajada omilkorlik faolligi qanday bo'lishi to'g'risida tasavvur berishi mumkin. Bu indeks qiymatining o'sishi dollar kursining ko'tarilishiga olib keladi.
  • Producer Price Index - PPI / Sanoat narxlari indeksi
    Mahsulotning tayyorlashning barcha bosqichlarida aniqlanadigan narxlarning o'rtacha o'zgarishini baholaydi; o'z ichiga import mahsulotlari, xizmatlar va soliqlarni olmaydi. Indeksning alohida qiymati emas, balki uning ma'lum vaqt oralig'idagi o'zgarishi kuzatiladi. Indeks bo'lajak inflyatsiya ko'rsatkichi hisoblanadi. Indeks yadrosi (core)ga alohida e'tibor qqaratish kerak, bunda oziq-ovqat mahsulotlari va energoresurslar chiqarib tashlanadi. Har oyning 11-sanasida soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi (avvalgi oy ma'lumotlari). PPIga qo'shgan ulushi taxminan bunday: iste'mol tovarlari, asosan, avtomobillar - 40%, oziq-ovqat mahsulotlari - 23%, energiya tashuvchilar, asosan benzin va boshqa yonilg'i - 14%. Qolgan 23% turli xil qurilmalar, mashinalar va avtomobillarga ketadi (ular, shu tarzda, ikki marta kiradi: iste'mol tovari tarzida va ishlab chiqarish vositasi sifatida). Hisobotda, tayyor mahsulot indeksidan tashqari, yana xomashyo narxlari indeksi va tugallanmagan mahsulot narxlari indeksi ko'rsatiladi (masalan, mikrosxemalar va mexanizmlarning ayrim qismlari). Bozorlar asosan tayyor mahsulotlar narxlari indekslariga ahamiyat beradi, ulardan eng ko'p o'zgaradiganlari oziq-ovqat mahsulotlari va energiya tashuvchilardir. Iqtisodiy siklda PPIning umumiy xossalari:
    - CPIga (unda food& energy taxminan 36%, CPI esa taxminan 23%ni tashkil etadi) qaraganda ko'proq o'zgaruvchandir;
    - umumiy iqtisodiy sikl nisbatan kechikuvchi xususiy siklga ega, CPI sikliga o'xshash;
    - PPIning cho'qqi qiymatlari (yillik foizlarda ifodalangan) iqtisodiy faollikning umumiy cho'qqilaridan odatda 3-6 oy kechikadi, uning minimumlari esa iqtisodiy faollikning minimumlaridan 9 oyga kechikadi;
    - ko'pincha PPI va CPI ekstremumlariga bir chorakda erishiladi va deyarli har doim ko'pi bilan bir chorakka uzoqlashgan bo'ladi.
  • Producer Input Prices (PPI Input) / "Kirishdagi" sanoat narxlari
    Sanoat narxlar darajalarida o'zgarish sifatida aniqlanadi. ("kirishdagi" narxlarning o'sishi inflyatsiya indeksida aks etmasligi mumkin, chunki ishlab chiqarish jarayonida harajatlar pasayishi mumkin). Inflyatsiyaning kuchli indikatori. Indikatorning umumiy qiymatidan, odatda, oziq-ovqat mahsulotlari, alkogol, tamaki mahsulotlari va yonilg'i narxlarini hisobga olmaydigan qismi ajratib olinadi (bu mahsulotlarning narxlari juda o'zgaruvchan kattalik hisoblanadi). Har oyda chiqadi. Indikatorni bozor e'tiborga oladi.
  • Producer Output Prices (PPI Output) / "Chiqishdagi" sanoat narxlari
    Sanoatda tovarlarni chiqarish narxlari darajasining o'zgarishi tarzida belgilanadi. Inflyatsiyaning kuchli indikatori. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan iqtisodga inflyatsion bosimni ask ettiradi ("chiqishdagi" narxlarni o'sishi inflyatsiya indeksida aks etmasligi mumkin, chunki savdo sohasida harajatlar pasayishi mumkin). Indikatorning umumiy qiymatidan odatda oziq-ovqat mahsulotlari, alkogol, tamaki mahsulotlari va yonilg'i narxlarini hisobga olmaydigan qismi ajratiladi (bu tovarlarning narxlari juda o'zgaruvchan kattalik hisoblanadi). Har oyda chiqadi. Bozorga ancha katta ta'sir ko'rsatadi.
  • Productivity and Costs / Ishlab chiqarish va harajatlar indeksi haqida ma'lumotlar
    Chorakdagi ikkinchi oyning 7-sanasida soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi (oldingi chorak ma'lumotlari) Ish unumining pasayishi kursning tushib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Indeks bitta ishlovchiga to'g'ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o'zgarishini ko'rsatadi. Mehnat unumdorligi iqtisodning holatini tahlil qilish uchun juda muhim indikator hisoblanadi. Bozorga ancha katta ta'sir ko'rsatadi. Biroq uning ketidan sinchiklab kuzatish kerak, chunki u vaqti-vaqti bilan yanglishtishi mumkin. Masalan, iqtisodda turg'unlik davrida ishlab chiqarishda band bo'lganlar sonining kamayishi unumdorlikning o'sishiga olib keladi. Bu ish tashlashlar oqibatida ham yuz beriish mumkin. Indeks qiymatining o'sishi milliy iqtisodning rivojlanishi uchun ijobiy omil hisoblanadi va dollar kursining ko'tarilishiga olib keladi. Uning qiymati har chorak hisobot davri oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha e'lon qilinadi.
  • Purchasing Managers Index / Omilkorlik faolligi indeksi
    Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning sanoat sektorining omilkor faollik darajasini aks ettiradi. Keyingi yillarda iqtisodiy statistikada diffuzion indekslar deb ataluvchi qurilish metodikasiga asoslangan indikatorlar nihoyatda ommabop bo'lib qoldi. Bunga o'xshash indekslar o'z tabiatiga ko'ra biznes ishtirokchilarining omilkor optimizmi ko'rsatkichlari bo'lib hisoblanib, AQSh, Angliya va Germaniyada (PMI nomi bilan) muntazam e'lon qilib boriladi, bu yerlarda ular biznesmenlarning tegishli assotsiatsiyalari tomonidan yaratiladi, ular jamoat fikrining yo'naltirilganligini baholash uchun ham, ob'ektiv ko'rsatkichlar dinamikasini o'lchash uchun ham qo'llaniladi.Yaponiyada esa shunga o'xshash TANKAN indeksi Yaponiyaning Markaziy banki tomonidan pul siyosati sohasida qarorlar qabul qilish uchun iqtisodiy jarayonlar dinamikasini tahlil qilish vositasi sifatida qabul qilingan.
  • Diffuzion indekslar ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning boshqa indikatorlaridan farqli ravishda sof sub'ektiv ko'rsatkichlar hisoblanadi.
    Ular ishlab chiqarish hajmini, buyurtmalar miqdori, daromadlar va h.k.larni o'lchaydi, lekin iqtisodiy jarayonlar ishtirokchilari yuz berayotgan o'zgarishlarni yaxshilikka qabul qilishlarini yoki ularning yomonlashuviga olib kelishini (ularning fikricha) idrok etishlarining faqat aksi hisoblanadi. Bunday sub'ektivlikka qaramay, aniqrog'i uning tufayli bu indekslar oldindan ma'lumot beruvchi xossalariga ega bo'ladilar, ular ilgarilab boruvchi, iqtisodiy sikllarning asosiy parametrlari bilan kuchli korrelyatsiyalanuvchi hisoblanadi. Diffuzion indeks juda ko'p miqdordagi ishtirokchilarni so'rash natijalari bo'yicha qurilib, ularning har biri "Sizning biznesingiz sharoitlari yangi buyurtmalar, narxlar, mehnat bozori, buyurtmalar, narxlar, mehnat bozori, buyurtmalarni bajarish muddatlari, yangi eksport buyurtmalari va h.k. masalasida yaxshilandimi" degan savolga javob beradi; bunda u javobning uchta variantidan birini tanlaydi: "ha", "yo'q", "o'zgarishsiz". Diffuzion indeksning qiymati aniq savol uchun DI = ("ha" javobini berganlar, %) + 0.5 *("o'zgarishsiz" javobini berganlar, %") yig'indi sifatida hisoblanadi; har bir savol uchun shunday diffuzion indekslarni hisoblab, ularning o'rtachalari olinadi, bunda PMI yoki TANKAN turidagi tajribiy o'rtacha indekslar olinadi. Ular ilgarilab boruvchi ko'rsatkichlar hisoblanib, iqtisodiy sikl dinamikasini kuzatib boriladi: o'sish davridan keyin indeksning tushib ketishining boshlanishi biznes-siklning o'sshishi (expansion) bosqichidan pastga tushish (recession) bosqichiga o'tishini bashorat qiladi, pastga ketishdan so'ng yuqoriga burilish esa tiklanishning (recovery) boshlanganini bashorat qiladi. Ko'p yillik statistik ma'lumotlar bo'yicha baholangan diffuzion indekslarning iqtisodiy dinamika bilan yaqin korrelyatsiyasi ulardan xatto YaIMning bo'lajak qiymatlarini (juda bo'lmaganda bir chorak ishlgani) bashorat qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Bunday indekslarni hozirgi kunda Katta Ettilikdagi deyarli barcha mamlakatlar e'lon qiladi, masalan, Angliyada ular 1991 yildan qurilmoqda. Germaniyaning PMI 1998 yildan chiqarila boshladi, unga 350 ta kompaniyaning quyidagi beshta masala: ishlab chiqarish (output), yangi buyurtmalar (new orders), bandlik (employment), buyurtmalarni etkazib berish vaqti (supplierg's delivery times), тovar zaxiralari (stocks of goods purchases)ni xarid qilishni o'z ichiga oladi. 1999 yildan beri yagona evrovalyutasiga ega 11 davlatni qamrab evro-hudud bo'yicha birlashtirilgan (EU PMI) ham chiqadi. Biznes statistikasini eng kuchli tarzda qamrab olish (34 000 ishtirokchilar bo'yicha) NAPM (National Association of Purchasing Managers) milliy assotsiatsiyasining Purchasing Managers' Index (PMI), NAPM amerika indeksi tomonidan amalga oshiriladi, u 1931 yildan beri olib borilmoqda, statitsikani ta'minlovchi xodimlar shtatining o'zigina 300 kishiga yaqinni tashkil etar edi. Omilkor optimizm indekslarining tuzilmasi va xossalari to'g'risida mufassalroq biz Purchasing Managers' Index (PMI), NAPM amerika indeksi misolida ko'rib chiqamiz. PMI indeksi asosida yotuvchi NAPN amerika assotsiatsiyasining sharhi o'z ichiga anketa ishtirokchisiga taklif etilgan savollarga javob berish taklif etiladi - o'tgan oy mobaynida uning biznesi sharoitlari yaxshi tomonga o'zgardimi (javob "higher"), yomon tomonga o'zgardimi ("lower"), yoki quyidagi omillarga nisbatan o'zgarishsiz qoldimi ("unchanged"):
    - bandlik (employment),
    - narxlar (commodity prices),
    - etkazib berish vaqti (vendor deliveries),
    - ishlab chiqarish (production),
    - zaxiralar (inventories),
    - mijozlarning yangi buyurtmalari (new orders from customers),
    - yangi eksport va import buyurtmalari (new export and import orders),
    - to'planib qolgan ijro etilmagan buyurtmalar (order backlogs, bu band 1993 yilda Federal Zaxira Tizimining hozirgi raisi A.Grinspenning taklifiga ko'ra kiritilgan).
    Anketaning har bir bandi bo'yicha diffuzion indeks aniqlanadi ("higher deb javob berganlar foizi plyus unchanged deb javob berganlar foizining yarmi), keyin esa ulardan PMIning o'rtachalashtirilgan indeksni ifodalovchi muvozanatli yig'indi quriladi; 1994 yilda PMI uchun formula quyidagicha tarzda bo'lgan edi: PMI = 0.30 х DI(new orders) + 0.25 х DI(production) + 0,20 х DI(employment) + + 0.15 х DI(deliveries) + 0.10 х DI(inventories)
    PMIning asosiy xossasi - omilkor siklning ilgarilab boruvchi indikatori. Talqin qilish uchun indikatorning bir qator darajalari ajratiladi:
    - siklik maksimum va siklik minimum;
    - 50% - daraja;
    - 44% - daraja.

    Agar o'sish davridan so'ng PMI pastga tomon burilsa, bu omilkor siklning pastga burilishidan dalolat beradi. Aksincha, agar tushib ketgandan so'ng PMI minimumga etib, yuqoriga tomon burilsa, bu bo'lajak tiklanish belgisi hisoblanadi. AQShning 40 yillik statistikasiga ko'ra PMI o'sish sikllarining maksimumini o'rtacha 7 oy oldin va o'sish siklining minimumini 3 oy oldin bashorat qiladi. PMIning 50 darajadan pastga tushishi retsessiyani o'rtacha ikki oy oldin bashorat qiladi, 44 dan pastga tushishi esa doim iqtisodiy faollikning mutlaq pasayishini bashorat qiladi. Tushish davrlarida PMI ga etib boruvchi minimumlar o'rtacha 35ni, minimumdan burilgandan so'ng esa u o'rtacha 4 oyda 44 darajaga etar edi, bu doim iqtisodiy siklning minimumi bilan mos kelar edi. Umuman olganda, PMI o'sish tsiklining burilish nuqtalarini (ya'ni iqtisodning o'sish bosqichida siklik o'zgarishlarni) ishonchli aytib beradi, ammo uning yordamida o'sish tsiklini umumiy global iqtisodiy sikldan ajratish qiyin (AQSh statistikasiga ko'ra Ikkinchi Jahon Urishidan so'ng omilkor siklning barcha cho'qqilarining 82%ida resessiya kuzatilgan, ya'ni o'sish sikli - juda etarlicha kamdan kam bo'ladigan hodisadir). Statistik tadqiqotlarda PMIning iqtisodning sanoat ishlab chiqarishi va umuman YaIM parametrlari bilan juda kuchli korrelyatsion aloqasi isbotlangan. Masalan, 1980-1992 yillardagi ma'lumotlarga asosan juda yuqori aniqlik darajasida PMIning qiymatini sanoat ishlab chiqarishi (IP - industrial production) ko'rsatkichi bilan ikki oydan so'ng bog'lovchi forumula keltirib chiqarilgan edi: IP = 0.52 х PMI[-2] - 23.4; undan shu narsa ko'rinadiki, PMI = 45.9 qiymat barqaror sanoat ishlab chiqarishi (1R=0)ga mos keladi. Xuddi shunga o'xshash formula PMIning bir chorak orqali YaIM ko'rsatkichi bilan aloqasini ko'rsatadi: GDP = 0.317 х PMI[-1] - 13.9. Яna shu ta'kidlanadiki, Dl(prices) narxlarining diffuzion indekslari inflyatsiya siklida burilish punktlarining ilgarilab boruvchi indikatori hisoblanadi. Shuni ta'kidlash lozimki, omilkor optimizm indekslarini o'qishda Siz manfiy qiymatlarni uchratishingiz mumkin, holbuki yuqorida aniqlangan indekslar atayin [0.100] oraliq bilan chegaralangan. Bu ayrim statistika tashkilotlari indeksini aniqlashning ancha boshqacha ta'rifidan foydalanadi, aynan, "higher minus lower javobini berganlar foiziga teng NPR (net percentage rising)ni olishadi, u DI bilan ravshan NPR = 2 x (DI - 50) munosabat bilan bog'langan. PMI turidagi indekslar har oylik hisoblanadi va oyning birinchi ish kunida e'lon qilinadi. Bundan Yaponiya TANKAN - har chorakligi istisno tariqasida. Yaponiya indeksi boshqa mamlakatlar kabi biznesning noprofessional assotsiatsiyasi tomonidan emas, balki, davlat organi - Markaziy bank tomonidan yaratiladi va pul siyosatiga tegishli qarorlarni qabul qilishda rasman e'lon qilingan mo'ljal hisoblanadi. Shuning uchun yapon indeksi TANKANni e'lon qilingan mo'ljal hisoblanadi. Real Earnings (Real Average Weekly Earnings) / Bir hafta ichidagi o'rtacha ish haqi. Indeks inflyatsiyani hisobga olgan (inflyatsiya ta'siridan tozalangan) holda hisoblanadi. Inflyatsiyani ta'sirini yo'qotish uchun hisob-kitob tayanch yilga nisbatan amalga oshiriladi, buning uchun 1982 yil qabul qilingan. Mutlaq qiymat ko'rinishida va ko'rib chiqishning oldingi davriga nisbatan indeks ko'rinishda ifodalanadi. U ishchi kuchi qiymatining o'sishi bilan bog'liq inflyatsiya jarayonlarini rivojlantirish indikatori bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi. Asosiy foiz stavkalarining o'sishini kutish sharoitida uning qiymatining o'sishi dollar kursining ko'tarilishiga olib kelishi mumkin. Odatda, har oyning o'rtasida saot 13:30 (GMT)da "CPI" (Iste'mol narxlari indeksi) ko'rsatkichi bilan bir paytda e'lon qilinadi.
  • Redbook Index / "Redbuk" chakana savdolarining haftalik sharhi
    U yirik supermarketlarning chakana savdolari hajmlarini tadqiq etish natijalari ifodalaydi. Har haftada seshanba kunlari soat 15:30 (GMT)da e'lon qilinadi. Oyning birinchi sharhi (oyning birinchi seshanba kuni) joriy oyning birinchi haftasini oldingi oyning dastabki ikka haftasi bilan taqqoslaydi va h.k. Shunday qilib, sharhning to'la manzarasi oyning oxirgi (oxirgi seshanba kuni) sharhi e'lon qilingan paytdagina shakllanadi. Bozorga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Buning sababi, raqamlar qiymatlarining ancha tarqoqligi (o'zgaruvchanligi) va sharhda cheklangan miqdordagi magazinlar ishtirok etadi.
  • Retail Price Index (RPI) / Chakana narxlar indeksi
    Narx darajasining iste'mol tovarlari "korzinasiga" o'zgarishiga ta'sirini belgilab beradi. Inflyatsiya darajasining ko'rsatkichi bo'lib ko'chmas mulk (RPI-X) sotib olishga kreditlar bo'yicha foizli to'lovlarni hisobga olmasdan Chakana narxlar indeksi xizmat qiladi. Yagona formula bo'yicha hisoblangan Chakana narxlar indeksi boshqa mamlakatlardagi shunga o'xshash indekslar bilan taqqoslash uchun uyg'unlashgan (HICP) deb aytiladi. Agar indeksning o'sish sur'atlari rejalashtirilgan qiymatdan yuqori bo'lsa, u holda odatda Angliya banki foizli stavkalarni oshiradi. Har oyda chiqadi. Bozorga kuchli ta'sir ko'rsatadi.
  • Retail Sales (UK) / UK bo'yicha chakana sotuvlar
    Iste'mol darajasi ishlab chiqarish darajasidan yuqori bo'lsa, u holda bu odatda inflyatsiyaning ortishiga olib keladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bir oydagi chakana sotuvlar indeksi juda o'zgaruvchan kattalik hisoblanadi. Indeksning oldingi uy oy ichidagi o'rtachalashtirilgan qiymati yuz berayotgan xodisalarni yaxshiroq tavsiflaydi. Har oyda chiqadi. Indikatorni bozor e'toborga oldai.
  • Retail Sales (JPN) / JPN bo'yicha chakana sotuvlar
    Indikator sotuvlar darajasining o'zgarishini aks ettiradi. Statistika univarsal magazinlarni va supermarketlarni qamrab oladi. Iste'mol xarajatlari va talablari darajasini ko'rsatadi. Har oyda chiqadi. Bozorga kuchsiz ta'sir ko'rsatadi.
  • Retail Sales (US) / US bo'yicha chakana sotuvlar
    Indeks chakana savdo sohasida sotuvlar hajmining o'zgarishini ko'rsatadi. Chakana savdo hajmlari - iste'molchining ishonchi indikatorining ko'rsatkichi; shuning uchun iste'molchining talabi va ishonchi sifatida valyuta bozori uchun iqtisodiy siklning burilish nuqtalarining mo'ljali bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bunday indikatorlar AQSh iqtisodini kuzatib borish uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'ladi, chunki iste'molchilik talabi uning bosh harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Agar iste'molchi foydalaniladigan katta daromadga ega bo'lsa, u holda tovarlar ko'proq ishlab chiqarila boshlaydi va ko'proq import qilinadi. Bu indikator "avtomobillarni sotish" va "qolgan barcha narsani sotish" qismlariga ajratiladi. Sotilgan avtomobillar miqdori juda ham o'zgaruvchan kattalik bo'lgani uchun indikatorning "avtomobillarning sotilishi" hisobga olinmaydigan qismida eng to'g'ri axborot bo'ladi. Chakana sotuvlar hajmining ortishi milliy iqtisodni rivojlantirish uchun ijobiy omil bo'lib hisoblanadi va milliy valyuta kursining oshishiga olib keladi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi (asosan o'rta va uzoq muddatli masalada). Ko'rsatkich iste'molchilik talabining kuchini ifodalaydi. Uning o'sishi tovarlar ishlab chiqarishning ortishini, iqtisod va valyutaning mustahkamligini ko'rsatadi. Oyning 13-sanasida soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi (avvalgi oy uchun). RS - iste'molchilar harajatlari e'lon qilinish tartibi bo'yicha birinchisi, chunki u YaIMni hisoblash formulasiga kiradi (C harfining qismi ko'rinishida): GDP = C + I + G + X - M, unda C belgisi barcha YaIMning 2/3 qismi uchun javob beradi. Chakana sotuvlar to'g'risidagi ma'ruzada eng muhim axborot iste'molchilik tovarlarini sotishda foizli o'zgarish hisoblanadi, avtomobillar bundan mustasno. Iste'molchilik harajatlarining bu qismi butunning taxminan 40%ini tashkil etadi. RS bo'yicha ma'lumotlarning 2 ta kamchiligini aytib o'tamiz: birinchidan, ular tovarlarni sotib olishga harajatlarnigina aks ettiradi, bundan xizmatlarni sotib olish mustasno; ikkinchidan, aholining harajatlari bo'yicha ma'lumotlar nihoyatda o'zgaruvchan, ularni oldindan bilish qiyin, ular tez-tez qayta ko'rib chiqiladi. Ma'lumotlar har oyda Tijorat Departamenti (Department of Commerce)ning maxsus bo'limi tomonidan butun mamlakat bo'yicha barcha miqyosdagi chakana savdo tashkilotlaridan tasodifiy so'rov o'tkazish yo'li bilan to'planadi, bu bo'lim "Ro'yxatga olish bo'yicha Byuro" deb ataladi. S&P 500 / "Stendard end purz" indeksi. Bu indeks mustaqil "Stendard end purz" kompaniyasi tomonidan e'lon qilinadi. U ikki xil variantda tuziladi - 500 ta korporatsiyalarning aksiyalari bo'yicha va 100 ta korporatsiyalarning aksiyalari bo'yicha. S&P - 500 bozor qiymati bo'yicha muvozanatlangan 500 ta korporatsiya aksiyalari indeksii ifodalab, ular unda quyidagi nisbatda ifodalangan: 400 ta sanoat korporatsiyalari, 20 ta transport, 40 ta moliyaviy va 40 ta kommunal kompaniyalar. Unga asosan Nyu-York fond birjasida ro'yxatga olingan kompaniyalarning aktsiyalari kiritilgan, biroq shuningdek Amerika fond birjasida va birjadan tashqari aylanmada kotirovka qilinadigan ayrim kompaniyalarning aktsiyalari ham ishtirok etadi. Indeks Nyu-York fond birjasida kotirovka qilinadigan barcha chiqarishlarning bozor qiymatining taxminan 80%ini ifodalaydi. Bu indeks Dou-Djons indeksiga nisbatan ancha murakkab, lekin u unda ko'p miqdordagi korporatsiyalarning aksiyalari taqdim etilgani uchun har bir korporatsiya aktsiyalari atsiyadorlarini qo'lidagi barcha aktsiyalarning qiymati kattaligiga o'lchangani uchun ancha aniq hisoblanadi. Ular bo'yicha fyucherslar va optsionlar Chikago tovar birjasida sotiladi. Tankan report

    Yaopniya Bankining tadqiqotlar va statistika departamenti tomonidan e'lon qilinadigan har choraklik iqtisodiy sharhdir.
    Sharh 8000 dan ortiq kompaniyalar, firmalar va institutlarni baholash asosida qo'yidagi iqtisodiy parametrlar bo'yicha tuziladi:
    - biznesni yuritish shartlari;
    - ishlab chiqarish va o'tkazish;
    - talab va taklif, narxlar darajasi;
    - daromadlar;
    - to'g'ri investitsiyalar;
    - bandlik;
    - soliq sharoitlari.
    Tankan eng muhim yapon indikatori hisoblanadi. Omilkorlik optimizmi indekslarning xossalari nima uchun bozorlar ularning e'lon qilinishini juda diqqat bilan kutadilar, shuningdek PMI indekslar statistikasini yig'ish va tahlil qilish treyder uchun juda ko'p foydali axborot berishi mumkinligini ko'rsatadi.
  • Trade Balance / Savdo balansi
    Mamlakat eksporti va importi hajmlari o'rtasidagi mavsumlikka tuzatish kiritilishi bilan bilan dollar hisobida ifodalangan farq. Har oyda eksport va import hajmi bo'yicha ma'lumotlarni Statistika byurosi (U.S. Census Bureau) to'plab boradi. AQSh savdo defitsitining kamayishi dollarni tutib turuvchilar uchun yaxshi yangilik hisoblanadi: amerika eksporti xaridorlari dollar sotib olishga majburdirlar, importni sotuvchilar esa ularni sotishga majburdirlar. Obligatsiyalar bozori bilan vaziyat ancha murakkabdir: defitsit kamayganda obligatsiyalarni o'zida tutuvchilar eksport o'sishidan ko'ra importning tushishini ko'rishni afzal ko'rishadi. Buning sababi ularning kuchli iqtisod oldida va yuqori inflyatsiya oldida doimiy qo'rquvga tushishlaridir.

    Savdo balansi (Merchandise Trade Balance, TV) mazkur mamlakat uchun eksport summasi va import summasining farqidir. Savdo balansi, eng avval, mazkur mamlakat tovarlarining chet elda raqobatbardoshligini aks ettiradi. U milliy valyuta kursining darajasi bilan yaqin bog'liq savdo balansining katta musbat kattaligi, uning musbat saldosi (eksportning importdan ustunligi) mazkur mamlakat tovarlarining tashqi bozorlardan chet el valyutasini keliishini, bu esa milliy valyuta kursining o'sshiini bildiradi. Savdo balansining manfiy kattaligi (savdo balansining defitsiti - import eksportdan ko'pligi) raqobatbardoshligi past ekanini ko'rsatadi; bu tashqi qarzning ortishiga va milliy valyuta kursining pasayishiga olib keladi. Boshqa tomondan, milliy valyuta kursining o'z-o'zidan o'zgarishi xalqaro savdoning natijalariga, binobarin, savdo balansiga ham ta'sir ko'rsatadi. Aksincha, milliy valyuta kursining o'sishi sababli tashqi bozorlarda milliy tovarlarning narxi ko'tariladi, bu esa ularing boshqa mamlakatlarning ancha arzon tovarlari tomonidan siqib chiqarilishiga olib keladi. Shuning uchun tushunarliki, markaziy banklarning milliy valyuta kurslarini pasaytirish bo'yicha ko'pgina harajatlari milliy eksportchilarga raqobatda afzallikni bilan bog'liqdir. 1999 yilning birinchi yarmida bu Britaniya funtini va Evroni kuchsizlantirishning eng muhim omillaridan biri bo'ldi, shuningdek Yaponiya bankining ienaning dollar oldida vaqtidan avval kuchli mustahkamlanishining oldini olish uchun intilayotgan Yaponiya Bankining ko'p karra interventsiyalarining sababidir. Savdo balansi bo'yicha ma'lumotlar har oyda, odatda oyning 3-haftasida soat 13:30 (GMT)da e'lon qilinadi. Ma'lumotlarni taqdim etish shakli - ham nominal, ham qayd etilgan narxlarda mavsumiy teksilashlar bilan. Savdo natijalari tovarlarning oltida toifasi bo'yicha (oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo va sanoat zaxiralari, iste'mol tovarlari, avtomobillar, ishlab chiqarish vositalari, boshqa tovarlar) va ayrim mamlakatlar bilan savdo qilish bo'yicha guruhlanadi. Odatda valyuta bozori mamlakatning savdo balansiga turli xil mamlakatlar bilan alohida ikki tomonlama savdo balanslariga emas, balki butunicha qaraydi. Ammo istisnolar ham mavjud: AQShning Yaponiya bilan savdo balansi uning defitsiti an'anaviy tarzda katta bo'lganidan va u yuzaga keltirgan siyosiy muammolar savdo sanktsiyalari va h.k.larni vujudga keltirishi alohida ko'rib chiqishning mavzusi hisoblanadi.

    Almashinuv kurslari va savdo balansining o'zaro aloqasi namunasi bo'lib beshta asosiy industrial davlatlar rahbarlarining muvofiqlashtirilgan harakatlari hisoblanadi - Plaza Accord, Nyu-York, 1985 yil sentyabr oyi. O'sha davrda amerika dollari evropa valyutalari va yapon ienasiga nisbatan urushdan keyingi eng yuqori darajada bo'lganligi sababli Amerika eksportchilari zararli sharoitlarda qoldilar. Savdo nomuvozanatsizligini tekislash usuli sifatida dollarning devalvatsiyasi tanlandi, bu foizli stavkalarni tegishlicha o'zgartirish yo'li bilan bajarilgan edi. Biroq dollar kursining savdo balansiga jiddiy pasayishidan samara (o'sha vaqtda dollar iena va nemis markasiga nisbatan ikki baravar tushib ketdi) minimal bo'lib qoldi: savdo balansi 1990 yilga kelib biroz tekislanib, 1993 yilda avvalgi darajasiga tushib ketdi, chunki AQShda import o'sib boruvchi sur'atlar bilan o'sib borar edi. Haqiqatan ham, savdo ma'lumotlarining aniq muhimligiga qaramay, ularning valyuta kurslari nuqtai nazaridan talqini oddiy ish bo'lib hisoblanmaydi. Eksport va importning hajmlari ularing iqtisodiy ahamiyati masalasida teng huquqli deb qaralmaydi. Eksport mamlakatning iqtisodiy o'sishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun moliya bozorlari eksporti bo'yicha ma'lumotlarga katta ahamiyat beradi. Ikkinchi tomondan, importning o'sishi mamlakat ichida kuchli iste'molchilik talabini aks ettirishi, xomashyo zaxiralari hajmining ortishida ma'noga ega bo'lar edi, va bu holatlarda iqtisodiy oqibatlar turlicha bo'ladi.

    Valyuta bozorlarining savdo ma'lumotlariga aks ta'sirining qarama-qarshiligi birinchi navbatda bozorning valyuta kursi o'z-o'zidan pul siyosati rahbarlarining alohida diqqat-e'tibori mavzusi hisoblanadimi yoki yo'qmi ekanligi to'g'risida tasavvur bilan bog'liq. Agar dollar moliya hokimiyatlarining diqqat-markazida bo'lsa, u holda defitsit ortganda va eksport hajmi kamayganda bozorlar esportchilar muammolarini engillashtirish uchun dollar kursi tushishi kerakligini hal qiladi. Kurs harakatining bunday kutishning inflyatsion oqibatlari daromadi qayd etilgan qimmatli qog'ozlar (davlat obligatsiyalari) bozorni ishtirokchlari uchun salbiy bo'ladi. Agar investitsion portfellar tarkibini qayta taqsimlash boshlansa, u holda u almashuv kursiga ta'sir ko'rsatadi. Ammo agar dollar kursi va inflyatsiya hozir birinchi navbatdagi muammo hisoblanmasa, u holda esport hajmi tushib ketishining o'zi ko'pgina aktsiyalarni pastga surishi (eksport korporatsiyalari aktsiyalarini), obligatsiyalarning narxlarini esa ko'tarishi mumkin. Shunday qilib, aynan bir xil iqtisodiy ma'lumotlar valyuta bozori uchun qarama-qarshi oqibatlarni keltirib chiqarishi mukmin. Iqtisodiy statistikaning boshqa qatorlaridan farqli ravishda savdo balansi bo'yicha ma'lumotlar ishchan sikl bosqichlari bilan yaqqol ifodalangan korrelyatsiyaga ega emas, chunki mamlakatning ichki iqtisodiy dinamikasiga o'zgarishlar fazasi va amplitudasiga ko'ra o'zining xususiyatlariga ega bo'lgan boshqa mamlakatlarning iqtisodiy sikllari qo'yiladi. Savdo ma'lumotlarini tahlil qilishda yuqorida keltirilgan grafiklarda yaxshi ko'rinuvchi ochiq ifodalangan ularning mavsumiy bog'lanishini ham hisobga olish kerak.
  • Unemployment rate / Ishsizlik darajasi
    Har oyda Bandlik departamenti (Department of Labor)ning "Bandlikning hisobga olish (Bureau of Labor Statistics, BLS)" deb ataluvchi maxsus bo'limi axborot to'playdi va Household survey - deb ataluvchi aholidan so'rovlar natijalarini shakllantiradi. Taxminan 60 000 ga yaqin oilalar olinadi. Faqat ish bilan band bo'lmagan va uni faol qidiruvchilar, ya'ni ro'yxatga olingan ishsizlar hisobga olinadi. Natijada hosil qilingan son so'ralganlarning to'liq soniga bo'linadi, 100 ga ko'paytiriladi va unemployment rate deb ataladi. Bandlik to'g'risidagi ma'ruza ehtimol barcha "bozorning harakatga keltiruvchi kuchlari" ichida eng kuchlisi hisoblanadi. Bu ikkita asosiy sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, aholining bandligi to'g'risidagi ma'lumotlar juda qiyin bashorat qilinadi, shuning uchun e'lon qilingan qiymatlar ko'pincha kutilayotganidan farq qiladi va darhol tuzatish kiritilishni talab etadi. Ikkinchidan, bu ma'lumotlar iqtisodning haqiqiy holatini juda yaxshi ask ettiradi. Ular tez-tez aniqlashtirib turilishiga qaramay, investorlar ularga harakat qilishga darhol ko'rsatma degan munosabatda bo'lishida. Ishsizlikning ortishi (bandlikning pasayishi), odatda milliy valyuta kursining pasayishi bilan birga kuzatiladi. Biroq bugungi kunga har bir mamlakat uchun samarali ishsizlik bo'yicha rasmiy tarqatilgan ma'lumotlar mavjud. Ya'ni iqtisodning gullab-yashnashi uchun kerak bo'ladigan ishsizlikning yo'l qo'yiladigan va xohishdagi o'lchamlari bo'yicha. Bugungi kunga kelib bu o'lchamlar mamlakatga bog'liq holda aholining barcha ishlash qobiliyatiga ega bo'lgan miqdorining 3 dan 7 foizgacha qismini tashkil etadi. Yuqori darajadagi ishsizlik - bu juda yomondir. U ijtimoiy tanglikning ortishiga, o'rta sinfdagi odamlar miqdorining (demokratiya tayanchining) kamayishiga va aholining haqiqiy daromadlari sof massasining pasayishiga imkon beradi. Ishsizlik darajasining past bo'lishi bu yaxshi emas, chunki ishchilarda yaxshi mehnat qilishga turtki beruvchilar yo'q bo'ladi va ish beruvchilarning manfaatlari aziyat cheka boshlaydi. Ishsizlikning optimal qiymati ikki yirik guruhlarning manfaatlari ish beruvchilar va ishchilar kesishgan joyda bo'ladi. Ular orasida ziddiya bo'lishi muqarrar, aks holda guruhlardan birining aziyat chekuvchi qiziqishlari masalaning revolyutsion yo'li hal qilinishiga olib kelishi mumkin.
  • Unit Labour Cost / Chiqarilgan mahsulot birligining narxi
    Indeks mahsulot birligining ishlab chiqarish bilan bog'liq harajatlarni tavsiflaydi. U mamlakat iqtisodinin rivojlanishi samaradorligini ifodalovchi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Bozorga katta ta'sir ko'rsatadi. U ish haqining oshishi bilan bog'liq inflyatsiya jarayonlarini rivojlanishining yaxshi indikatori bo'lib xizmat qiladi. Odatda, bu indeksni tahlil qilishni "Productivity" (Mehnat unumdorligi) ko'rsatkichining kattaligini aks ettiruvchi raqamlab bilan birga o'tkaziladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi qiymatining mehnat unumdorligi o'sishi bilan birga ortishi asosiy foiz stavkalarining oshirilishi zaruriyatiga olib kelishi mumkin, bu esa dollar kursining o'sishi uchun ijobiy omil bo'lib xizmat qiladi. UNing qiymati har chorakda e'lon qilinadigan oyning 10-sanasigacha, soat 13:30 (GMT)da "Productivity" ko'rsatkichi bilan vaqtda e'lon qilinadi.
  • Unit Wage Costs / Ish kuchining qiymati
    Agar ishchi kuchi qiymatining o'sish sur'atlari mehnat unumdorligining o'sishi sur'atlaridan yuqori bo'lsa, u holda bu iqtisodga inflyatsion bosimni vujudga keltiradi. Har oyda chiqadi. Bozorga cheklangan holda ta'sir ko'rsatadi.
  • Wholesale Inventories / Tovarno'e zapaso' na skladax optovoy torgovli
    Indeks ulgurji va chakana savdo o'rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Bozorga cheklangan ta'sir ko'rsatadi, biroq iqtisodning bu sektorlaridagi yo'nalishlar to'g'risida tasavvur beradi, ular iqtisodga to'la proektsiyalanishi mumkin. Omborlarning mahsulotga "to'lib toshishi" iqtisodda turg'unlik holatlari mavjudligini ko'rsatishi mumkin. Uning dinamikasidagi barqarorlik bozorga katta ta'sir ko'rsatadi. Indeks qiymatining o'sishi dollar kursiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Uning qiymati har oyning 10-sanasida soat 15:00 (GMT)da e'lon qilinadi.
  • Wholesale Price Index (WPI) / Ulgurji narxlar indeksi
    Yirik tovarlar partiyasining narx darajasi o'zgarishini aks ettiradi. Uchta tashkil etuvchining o'rtacha muvozanatli qiymati sifatida hisoblanadi: ichki ulgurji narxlar va importga ulgurji narxlar. WPI indikatori CPI ga qaraganda inflyatsiyaning yaxshi indikatori bo'lib hisoblanadi, chunki biznes sektoridagi holatni bevosita aks ettiradi. Indikatorni bozor e'tiborga oladi.
Начни торговлю
без вложений и риска
С новым STARTUP бонусом $1000
Получи бонус
55%
от ИнстаФорекс
на каждое пополнение